Banklarda buxgalteriya fanidan


Majburiyatlarni tan olish



Download 10,6 Mb.
bet75/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Majburiyatlarni tan olish. Majburiyat, hozirgi paytda mavjud bo‘lgan majburiyatni so‘ndirish natijasida iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlagan resurslarning chiqib ketishi ehtimoli bor bo‘lganida va so‘ndiriladigan summani ishonchli baholash mumkin bo‘lganida, buxgalteriya balansida tan olinadi. Amalda, shartnomalar bo‘yicha teng proporsional ravishda bajarilmagan majburiyatlar (masalan, buyurtma qilingan, ammo shu paytgacha olinmagan tovar-moddiy zaxiralar bo‘ycha majburiyatlar) odatda moliyaviy hisobotlarda majburiyat sifatida tan olinmaydi. Ammo, bunday majburiyatlar majburiyat ta’rifiga javob berishi mumkin va ma’lum vaziyatlarda tan olish mezonlari bajarilishi sharti bilan tan olinishi mumkin. Bunday vaziyatlarda, majburiyatlarning tan olinishi ular bilan bog‘liq bo‘lgan aktivlar yoki xarajatlarning tan olinishiga olib keladi.
Daromadlarni tan olish. Daromadlar, kelgusi iqtisodiy nafnining aktiv ko‘payishi yoki majburiyat kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘sishi yuzaga kelganda va ushbu o‘sish ishonchli baholanishi mumkin bo‘lganida, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinadi. Bu degani, amalda, daromadning tan olinishi aktivlar ko‘payishi yoki majburiyatlarning kamayishini tan olish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishini anglatadi.
Daromadni tan olish bo‘yicha odatda amaliyotda qabul qilingan tartiblar, masalan daromadni u ishlab topilganida tan olish talabi, tan olish mezonlarining qo‘llanilishini ifoda etadi. Odatda bunday tartiblar, aniqlikning etarlicha darajasiga ega bo‘lgan va ishonchli baholanishi mumkin bo‘lgan moddalarnigina daromad sifatida tan olishga qaratilgan.
Xarajatlarni tan olish. Xarajatlar, kelgusi iqtisodiy naf aktivning kamayishi yoki majburiyatning ko‘payishi bilan bog‘liq holda kamayganida va bunday kamayish ishonchli baholanishi mumkin bo‘lganda, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinadi. Bu degani, amalda, xarajatning tan olinishi, aktivlar kamayishi yoki majburiyatlarning ko‘payishini tan olish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishini anglatadi.
Xarajatlar qilingan sarflar va ma’lum daromadlar ishlab topilishi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik asosida foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinadi. Bu jarayon, odatda daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi deb nomlanib, aynan bir bo‘lgan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida bevosita va birgalikda paydo bo‘ladigan daromadlarni va xarajatlarni birgalikda yoki bir paytda tan olishni qamrab oladi. Ammo, muvofiqlik tamoyilining qo‘llanilishi, aktivlar yoki majburiyatlar ta’rifiga to‘g‘ri kelmaydigan moddalarni buxgalteriya balansida tan olinishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Iqtisodiy naf bir necha hisobot davrlari davomida hosil bo‘lishi kutilayotganda va daromad bilan bog‘liqlik faqat keng ma’noda yoki bilvosita aniqlana olinganida, xarajatlar foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda sistematik va ratsional ravishda taqsimlanishi asosida tan olinadi. Bu ko‘pincha asosiy vositalar, gudvil, patentlar, savdo belgilari kabi aktivlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni tan olishda zarurdir. Bunday holatlarda xarajat eskirish yoki amortizatsiya deb nomlanadi. Ushbu taqsimlash amallari xarajatlarni mazkur aktivlar bilan bog‘liq iqtisodiy naf ishlatilgan yoki tugagan hisobot davrlarida tan olishga qaratilgan.Xarajat, agar qilingan sarflar kelgusi iqtisodiy nafni olib kelmasa, yoki kelgusi iqtisodiy nafni aktiv sifatida buxgalteriya balansida tan olish to‘g‘ri kelmasa yoki uning tan olinishi to‘xtatilsa, darhol foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinadi. Xarajat, shuningdek, aktiv tan olinmasdan majburiyat paydo bo‘lgan holatlarda, masalan mahsulot kafolati bo‘yicha majburiyat paydo bo‘lganida, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinadi (Moliyaviy hisobotning kontseptual asosi. 2010 yil sentyabr).

Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish