3. Banklararo hisob-kitoblarning elertron to‘lov tizimini tashkil qilish va ularning hisobi
Banklararo to‘lov tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shaxsiy mulki hisoblanadi. ABM va MB HKM banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari MB HKMda vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.
Markaziy bankning ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limi – bu Buxgalteriya hisobi, hisoboti va Davlat byudjetining kassa ijrosi departamentining bo‘limi bo‘lib, uning vazifasiga Markaziy bank YAgona balansida Markaziy bankning banklararo va filiallararo to‘lovlarini o‘tishini ta’minlash kiradi.
2-rasm. To‘lov tizimi.
Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (ABM) – amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz. Banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar o‘tkazish uchun esa – ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida tartibga solinadi (2-rasmga qarang).
Banklararo to‘lov tizimida uzatish uchun mo‘ljallangan pul-hisob-kitob hujjatlarining to‘g‘ri to‘ldirilishi bo‘yicha javobgar bank mijozi bo‘ladi (3-rasmga qarang).
3-rasm. Banklararo to‘lov tizimi sub’ektlari va ularning asosiy vazifalari.
Mablag‘larni hisobvaraqlarga o‘tkazish, hisobdan chiqazish hamda MB HKMga qayta ishlash uchun uzatiladigan ETHning shakllantirilishi to‘g‘riligi uchun javobgarlik tashabbuskor bankka, MB HKMdan qabul qilinadigan ETH uchun javobgarlik esa – benefitsiar bankka yuklatiladi.
Banklararo to‘lov tizimi bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarning saqlanishi, banklarning vakillik hisobvaraqlariga mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishi hamda hisobdan chiqarilishi uchun, shuningdek, ETHning qabul qilinganligi va qayta ishlanganligi (ETH raqamiga, operatsiya summasiga, operatsiyani amalga oshirish sanasi va tugatish vaqtiga asoslanishlarni hisobga olgan holda) to‘g‘risidagi tasdiqnomani, vakillik hisobvarag‘idan (oraliqdagi va yakuniy) ko‘chirmani shakllantirish uchun javobgarlik ABM va MB HKMga yuklatiladi.
To‘lov tizimidan banklar ham foydalanadilar. Banklar to‘lov tizimidan o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha pul o‘tkazishda, shu bilan birga mijozlarning operatsiyalari bo‘yicha pul o‘tkazishda foydalanadilar. Qanday shaklda foydalanishdan qat’iy nazar to‘lov tizimi o‘z ichiga 4 bosqichni oladi.
1-bosqich - to‘lovning boshlanishi, ya’ni to‘lovchi o‘z bankiga pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida topshiriq beradi.
2-bosqich - to‘lov tizimining ishtirokchi banklari o‘rtasida to‘lov hujjatlarining almashishi, ko‘pincha bu operatsiya kliring deb yuritiladi.
3-bosqich - to‘lov tizimining ishtirokchi banklari o‘rtasida hisob-kitob o‘tkazish, ya’ni to‘lovchi banki pul o‘tkazib berishi lozim. Bundan tashqari, banklar uchinchi ishtirokchi orqali, unda o‘z hisobvaraqlarini ochish orqali hisob-kitob qilishlari mumkin. Bu holda ko‘pincha uchinchi tomon rolini Markaziy bank bajaradi.
4-bosqich – to‘lovlarni qabul bilan bog‘liq operatsiyalarni yakunlash.
To‘lov tizimi turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Naqdsiz pullardan foydalaniladigan to‘lov tizimida ma’lum bir to‘lov vositalari ishlatiladi, ya’ni mablag‘larni o‘tkazish uchun qog‘oz hujjatlar yoki elektron hujjatlar ishlatiladi. Jahon banki mutaxassislari Kris Dj. Barltrop, Diana MakNotonlar to‘lov tizimiga quyidagicha ta’rif bergan. «To‘lov tizimi bu - pul mablag‘larini o‘tkazish mexanizmidir»14.
To‘lov tizimiga yana bir ta’rif Rossiyaning taniqli iqtisodchisi O.I. Lavrushin tomonidan berilgan bo‘lib, unga ko‘ra «mamlakatning to‘lov tizimi - bu iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga keluvchi qarz majburiyatlarining bajarilishini ta’minlovchi, qonuniy boshqariluvchi elementlar yig‘indisi»15.
Bu ta’rif mazmunan V.I.Belotserkovskiy, E.A. Fedorovalar tomonidan berilgan ta’rifga yaqinroq ekanligini ko‘rish mumkin, ya’ni bu ikki ta’rifda «... yuzaga kelgan majburiyatlar...» degan tushuncha ishlatilgan16.
Demak, bu ta’riflarda tovar va xizmatlar qiymatini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlar, shu bilan birga moliyaviy majburiyatlar ham ko‘zda tutilgan. Moliyaviy majburiyatlar davlat byudjeti oldidagi yuridik va jismoniy shaxslarning majburiyatlaridir deb qaraydigan bo‘lsak, unda barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar, jumladan, banklarning davlat byudjetini kassaviy ijro etish operatsiyalarining bajarilishini to‘lov tizimi orqali amalga oshirilishini ko‘rishimiz mumkin.
Bir qator ta’riflarni ko‘rib, ular to‘g‘risida mushohada yuritish natijasida to‘lov tizimiga umumiy qilib quyidagi ta’rifni beramiz: «To‘lov tizimi - iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha sub’ektlar o‘rtasida pul mablag‘larining qonun-qoidalar asosida harakatlanishini ta’minlovchi dastur yoki mexanizmdir». Bizning fikrimizcha, bu mexanizmni harakatga keltirish uchun ishtirokchilar, mexanizm oldiga qo‘yilgan huquqiy talablar, to‘lov vositalari yoki qurollari kerak bo‘ladi.
To‘lov tizimining ishtirokchilari bo‘lib jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, hukumat, banklar va boshqa moliyaviy institutlar bo‘lishi mumkin. Jismoniy shaxslar to‘lov tizimini boshqarib turuvchi Markaziy bank bilan bevosita aloqada bo‘lmasalarda ular to‘lov tizimida qatnashadilar. Bu qatnashuv bilvosita bo‘ladi, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvaraqalaridagi pul mablag‘larini boshqa bankka o‘tkazib berish bo‘yicha topshiriq beradilar. Bu topshiriqni bajarish uchun tijorat banklari to‘lov tizimiga bog‘lanadi. Agar ushbu ishtirokchilar bo‘lmaganda edi tijorat banklarining o‘zi to‘lov tizimining to‘laqonli ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas edi.
SHu bilan birgalikda hukumat hamda turli moliyaviy institutlar ham to‘lov tizimida qatnashadilar. Bu qatnashuv ham tijorat banklari orqali bo‘ladi. CHunki ularning hisobvaraqalarini tijorat banklari yuritadilar. Demak, hozirgi kunda respublikamiz to‘lov tizimining asosiy va bevosita ishtirokchilari tijorat banklardir.
To‘lovni o‘tkazishni boshlash aynan to‘lov vositalarini tanlashdan boshlanadi. To‘lov vositalariga kredit instrumentlari sifatida to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, inkasso topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, debet instrumentlari sifatida esa cheklarni kiritish mumkin. Hozirgi kunda magnit, plastik kartochkalar ham to‘lov vositalari sifatida keng ishlatilmoqda.
Banklararo to‘lov tizimida uzatish uchun mo‘ljallangan pul-hisob-kitob hujjatlarining to‘g‘ri to‘ldirilishi bo‘yicha javobgar bank mijozi bo‘ladi. Mablag‘larni hisobvaraqlarga o‘tkazish, hisobdan chiqazish hamda MB HKMga qayta ishlash uchun uzatiladigan ETHning shakllantirilishi to‘g‘riligi uchun javobgarlik tashabbuskor bankka, MB HKMdan qabul qilinadigan ETH uchun javobgarlik esa - benefitsiar bankka yuklatiladi.
Banklararo to‘lov tizimi bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarning saqlanishi, banklarning vakillik hisobvaraqlariga mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishi hamda hisobdan chiqarilishi uchun, shuningdek, ETHning qabul qilinganligi va qayta ishlanganligi (ETH raqamiga, operatsiya summasiga, operatsiyani amalga oshirish sanasi va tugatish vaqtiga asoslanishlarni hisobga olgan holda) to‘g‘risidagi tasdiqnomani, vakillik hisobvarag‘idan (oraliqdagi va yakuniy) ko‘chirmani shakllantirish uchun javobgarlik ABM va MB HKMga yuklatiladi. Banklararo to‘lov tizimiga ulanishning uchta varianti mavjud:
1) bankning to‘lov (hisob-kitob) markazini ulanishi;
2) filialga ega bo‘lmagan banklarni ulanishi (elektron to‘lovlar bankning amaliyot boshqarmasi orqali amalga oshiriladi);
3) bank filialini ulanishi17.
Banklararo to‘lov tizimida qo‘llaniladigan ETH-shakllarining tarkibi va tuzilishi quyidagi ifodalanadi:
1) Banklararo to‘lov tizimida ETH qo‘llaniladi.
2) Har bir ETH tashabbuskor bank tomonidan jo‘natish uchun tayyorlangan hujjatni va benefitsiar bankda elektron usul bilan olingan hujjatni identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan tegishli kod (operatsiya turi- OT) bilan belgilanishi kerak. Quyida operatsiyalar turi kodlari keltirilgan.
3) Mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish maqsadida bankning mas’ul xodimi ETH-shakllarini tayyorlashda pul-hisob-kitob hujjatlarining barcha rekvizitlarini to‘g‘ri kiritishi;
4) To‘lov topshiriqnomasini (OT 01), to‘lov talabnomasini (OT 02), memorial orderni (OT 06) va inkasso topshiriqnomasini (OT 11) kiritishda rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi;
5) Akkreditiv uchun ariza (OT 05) ni kiritishda rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi;
6) Tijorat bankining hisob-kitob chekini (OT 14) kiritishda rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi (1-jadvalga qarang).
T/r
|
Hujjatlarning nomi
|
operatsiya turi
|
1.
|
To‘lov topshiriqnomasi
|
01
|
2.
|
To‘lov talabnomasi
|
02
|
3.
|
Akkreditiv uchun ariza
|
05
|
4.
|
Memorial order
|
06
|
5.
|
Inkasso topshiriqnomasi
|
11
|
6.
|
Tijorat bankining hisob-kitob cheki
|
14
|
O‘zaro yoki filiallararo hisob-kitoblar bu O‘zbekiston Respublikasidagi banklar o‘rtasida bo‘ladigan hisob-kitoblardir. Banklar o‘rtasidagi vakillik munosabatlari - shartnomaviy munosabatlar bo‘lib, ularga ko‘ra, bir bank (vakil bank) boshqa banklarning tegishli depozitlarini saqlaydi va ularga to‘lov bilan bog‘liq hamda boshqa operatsiyalar yuzasidan xizmatlar ko‘rsatadi. O‘zaro hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobvaraqlar rejasidagi 16103-«Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar» va 27406- "Filiallararo aylanmalar tranzit hisobvaraqlari" hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
4-rasm. Elektron to‘lov hujjatlarining o‘tish schemasi.
Bank filiallari o‘zining mijozlari o‘rtasidagi barcha to‘lovlarni bank xizmatini ko‘rsatish uchun tuzgan shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi. Bankning mas’ul xodimi pul-hisob-kitob hujjatlarini olishda barcha majburiy rekvizitlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi bo‘yicha vizual tekshirish o‘tkazadi. ETHlarida banklar va ularning filiallari vakillik hisobvaraqlari raqamini, shuningdek, MB HKM kodini qo‘yish taqiqlanadi. Bank filialida debet hujjatlari (tijorat bankning hisob-kitob cheklari, emissiya to‘lovlari)ni rasmiylashtirishda quyidagi tartib mavjud:
1) Emissiya operatsiyalarida memorial order rasmiylashtiriladi:
Debet 20102, 20106,
Kredit 17301 - Tranzit hisobvaraqlari.
2) tijorat bankning hisob-kitob cheklari bo‘yicha operatsiyalar uchun:
Debet 20206- “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” yoki 29896 – “Boshqa majburiyatlar” hisobvaraqlar,
Kredit 19903 - Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar.
3) Banklar bank qonunchilik hujjatlari, o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga rioya qilmagan hollarda, Markaziy bank debet memorial orderlarni shakllantirish yo‘li bilan banklarning vakillik hisobvaraqlaridan jarima undirish huquqiga ega. Kiritilgan pul-hisob-kitob hujjati asosida bankning filialida dasturiy ravishda ETH shakllantiriladi, u ichki nazoratdan o‘tadi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bankning to‘lov (hisob-kitob) markaziga uzatiladi.
Tashabbuskor bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi o‘tkazilganidan so‘ng, banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
1)Tashabbuskor bankning to‘lov (hisob-kitob) markazida filiallardan olingan ETHlariga asosan:
Kredit operatsiyalari (OT - 01, 02, 05, 06, 11) bo‘yicha:
Debet 22204-“Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i,
Kredit 10301 –“Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro” hisobvarag‘i.
Debet operatsiyalari (OT - 14) bo‘yicha:
Debet 10301 –“Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro” hisobvarag‘i, Kredit 22204-“Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i,
2) Markaziy bankning ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limida Markaziy bankning Hisob-kitob-kassa markazlaridan olingan ETHga asosan: Kredit operatsiyalari (OT - 01, 02, 05, 06, 11) bo‘yicha:
Debet 22204-“Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i,
Kredit 11005 –Markaziy bank hisobvarag‘i.
Debet operatsiyalari (OT - 06) bo‘yicha:
Debet 11005 –Markaziy bank hisobvarag‘i,
Kredit 22204-“Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i.
Benefitsiar bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi o‘tkazilganidan so‘ng, banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
3). Benefitsiar bankning to‘lov (hisob-kitob) markazida bankka ETH kelib tushganda:
Kredit operatsiyalari (OT - 01, 02, 05, 06, 11) bo‘yicha:
Debet 10301 –“Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro” hisobvarag‘i,
Kredit 22204-“Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i.
Debet operatsiyalari (OT - 14) bo‘yicha:
Debet 22204-“Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i,
Kredit 10301 –“Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro” hisobvarag‘i.
4). Markaziy bankning ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limida ETH kelib tushganda:
Kredit operatsiyalari (OT - 01, 02, 05, 06, 11) bo‘yicha:
Debet 11005 -Markaziy bank hisobvarag‘i,
Kredit 22204- “Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i,
Debet operatsiyalari (OT - 06) bo‘yicha:
Debet 22204-“Bosh bank/filiallarga filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar” - tegishli hisob-kitob-kassa markazi hisobvarag‘i,
Kredit 11005 –Markaziy bank hisobvarag‘i.
Benefitsiar bankning to‘lov (hisob-kitob) markazidan kelib tushgan ETHlari filialda ichki nazorat va elektron raqamli imzosi tekshiruvidan o‘tadi. Ijobiy natija olinganda, o‘tkazmalar filial va uning mijozlarining tegishli hisobvaraqlari bo‘yicha aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
Agar mijozning hisobvaraq raqami noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu holda mablag‘lar oluvchi uchun 23206 -«Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar» hisobvarag‘iga yoki to‘lovchi uchun 17305 - «Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, undan uch ish kuni mobaynida maqsadi bo‘yicha hisobdan o‘chirilishi kerak. Banklardan ETH kelib tushganidan keyin, MB HKMda ularni avtomatlashtirilgan qayta ishlash tashkil etiladi. Har bir ETH qayta ishlash jarayonida MB HKMda to‘lov o‘tkazmalari 11001, 11003, 21302, 21304 va 27416 hisobvaraqlarida aks ettirilgan holda amalga oshiriladi (5-rasmga qarang).
5-rasm. ETT bo‘yicha yagona vakillik hisobvarag‘i orqali banklararo hisob-kitoblarniamalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |