18-modda. Qimmatli qog‘ozlar muomalasi
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunda aksiyalarning oldi-sotdi bitimlari qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida amalga oshiriladi, bundan aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyalarning aksiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar mustasno.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
19-modda. Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish va ularning muomalasi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish va ularning muomalasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Depozit sertifikatlarini va veksellarni joylashtirish hamda ularning muomalasi
Depozit sertifikatlarini joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Veksellarni joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21-modda. Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari quyidagilardir:
fond birjasi;
fond bo‘limini tashkil etgan valyuta birjasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari rioya etilishi shart bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlaydi.
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari o‘z faoliyatini tegishli litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari sotuvchidan sotuvga qo‘yilayotgan qimmatli qog‘ozlarni oldindan baholash o‘tkazilishini talab qilishga, agar bunday talab qonunchilikda belgilanmagan bo‘lsa, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni ularning nominal qiymatidan past narxda realizatsiya qilishga taqiq belgilashga haqli emas.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |