13-modda. Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat qimmatli qog‘ozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi mumkin.
14-modda. Depozit sertifikatlarini va veksellarni chiqarish
Depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Veksellarni chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi
15-modda. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi shartlari
Qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish hamda muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
(15-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarning qiymati, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |