Tijorat banklarida kassa operastiyalarini amalga oshirish tartibi va uning hujjatlashtirish
Tijorat banklari kassasining kirim va chiqim operastiyalarini tashkil qilish uchun hisobvaraqalar rejasining «Aktivlar bo’limida bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. Kassa operastiyalari «Naqd pullar va kassa hujjatlari» 10100 asosiy hisobvaraqasida kassa operastiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisobvaraqa bo’yicha bir nechta yordamchi hisobvaraqa - subschet ochilgan:
10101
|
- Aylanma kassadagi naqd pullar
|
10102
|
- Naqd pullar zaxirasi
|
10103
|
- Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
|
10107
|
- Bankomatlardagi naqd pullar
|
10109
|
- Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to’lov hujjatlari
|
10111
|
- Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar
|
10307
|
- Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar - Naqd pullar
|
10311
|
- Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo’lgan mablag’lar
|
10507
|
- Boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar - Naqd pullar
|
16101
|
- Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag’lar - Naqd pullar
|
16103
|
- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar
|
16103
|
- Markaziy bank/filial/agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lari (Markaziy bank)
|
17301
|
- Tranzit hisobvaraqlari
|
19903
|
- Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
|
19935
|
- Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar
|
21008
|
- Boshqa banklarga berilishi lozim bo’lgan - Naqd pullar
|
21307
|
- Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag’lar (Markaziy bank)
|
21314
|
- Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar (Markaziy bank)
|
22202
|
- Bosh bank/filiallarga to’lanadigan mablag’lar - Naqd pullar
|
29804
|
- Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
|
29816
|
- Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar
|
Ushbu hisobvaraqlardan mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari bilan buxgalteriya o’tkazmalarini amalga oshirishda foydalaniladi. Bu hisobvaraqlar ham mazmun jihatidan aktivdir, ularda qoldiq va mablarlarning ko’payishi debit tomonida, mablag’larning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi.
Naqd pulni operastiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi.
Pul quyidagi hujjatlar bo’yicha qabul qilinadi:
a) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001-shakldagi badalnoma (ob’yavlenie)lar bo’yicha 0402001-shakldagi kvitanstiyalar berish bilan. Fuqarolar omonatga pul qo’yganlarida omonat daftarchasiga shu to’g’rida yozib qo’yiladi, daftarcha ko’rsatilmagan taqdirda pul qo’yuvchiga 0402004-shakldagi kvitanstiya beriladi;
b) kinofilmlar ko’rsatilgani uchun kinoteatrlar va boshqa tashkilotlardan 0402002-shakldagi badalnomalar bo’yicha, 0402002-shakldagi kvitanstiyalar berish bilan;
v) transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402001-shakldagi naqd pul badalnomalari bo’yicha, 0402001-shakldagi kvitanstiyalar berish bilan;
g) O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadiga o’tkaziladigan soliqlar va boshqa to’lovlarni to’lashda, yakka tartibdagi qarzdorlardan qarzni uzish uchun to’lovlar qabul qilishda - bildiruvnomalar bo’yicha, 0402005-shakldagi kvitanstiyalar berish bilan;
d) mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlaridan ilova qaydnomalari bo’yicha 0402004-shakldagi kvitanstiyalar berish bilan;
e) xayriya fondlari hisobiga o’tkaziladigan naqd pulli badallar 0402001-shakldagi badalnomalar bo’yicha 0402004-shakldagi kvitanstiyalar berish bilan. 0402001-shakldagi badalnomada mas’ul ijrochining imzosidan tashqari bosh buxgaltep (uning o’rinbosari), operastiya bo’limi boshlig’i (bank muassasasi boshqaruvchisi) yoxud bank bo’yicha chiqarilgan buyruqqa ko’ra ushbu operastiyalarni nazorat qilish topshirilgan xodimning yozma ruxsati bo’lishi kerak. Mazkur operastiyalar buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarda ro’yxatga olinishi lozim.
j) boshqa barcha pul tushumlari - 0482005-shakldagi kirim kassa orderlari bo’yicha 0402004-shakldagi kvitanstiyalar berib qabul qilinadi.
Endi kirim kassa operastiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz. Kirim kassa operastiyalarini bajarish»idagi asosiy hujjat bu badalnoma -ya’ni pul topshirganlik haqidagi elondir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma (ob’yavlenie) rasmiylashtiriladi.
Hujjatning uchchala qismida ham bir xil ko’rsatkichilar to’ldirilishi shart. ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi,uning hisob-kitob ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqasi nomeri, operastiya mazmuni,ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi ,pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi pul summasi to’liq ko’rsatilishi va imzo quyish kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni kayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Mijozlardan qabul qilingan naqd pullar bank aylanma kassasiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali kirim qilinishi lozim:
Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun naqd pul topshirildi.
|
Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"
|
|
Kredit "Mijozlarning depozit hisobvarag’i"
|
Kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirildi:
|
Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"
|
|
Kredit "Mijozlarning tegishli kredit hisobvarag’i"
|
Olingan kreditlar bo’yicha foizlar to’lovi naqd pulda amalga oshirildi.
|
Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"
|
|
Kredit 16309 - "Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar"
|
Do'stlaringiz bilan baham: |