3 – bo‘lim. Tijorat banki va/yoki bank filialining kredit bo‘limi (bo‘linmalari) faoliyati bilan tanishish.
Amaliyot ishlari kredit bo‘limi xodimlarining vazifalari bilan tanishishdan boshlanadi. Bo‘lim ish jarayonini o‘rganish amaliy hujjatlar va kreditlash jarayoni asosida tashkil etiladi.
Amaliyotchi o‘rganish davrida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishi zarur:
1. Tijorat banki 2020 va 2021 - yilga mo‘ljallangan kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish;
2. Tijorat banki va/yoki bank filiali tomonidan kredit portfelini shakllantirish xususiyatlarini o‘rganish.
3. Tijorat banki va/yoki bank filiali tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qisqa va uzoq muddatli kreditlash tartibini o‘rganib chiqish.
4. Tijorat banki va/yoki bank filiali tomonidan jismoniy shaxslarga kreditlarini berish tartibini o‘rganish.
5. Kreditga qobillikni baholash mezonlari va bank mijozlarining asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatgichlari bo‘yicha to‘lovga qobiliyatini hisob-kitob qilishni o‘rganish.
6. Garov ob’ektlariga qo‘yilgan talablar, ularni baholash va rasmiylashtirish tartibini o‘rganish.
7. Kredit shartnomasi tuzish va rasmiylashtirish tartibi.
Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun):
1. 2020 va 2021 yillarga mo‘ljallangan kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
2. 2021- yilga mo‘ljallangan kredit siyosatiga ilovalar, jumladan mijozlarning kreditga qobillik darajasini aniqlash tartibi.
3. Tijorat bankining foiz siyosati.
4. Kreditlash amaliyotining amalga oshirilishi yuzasidan tahliliy materiallar.
4 – bo‘lim. Tijorat banki va/yoki bank filialining valyuta operatsiyalari (xalqaro hisob – kitoblar) bo‘limi faoliyati bilan tanishish.
Amaliyotchi avvalambor valyuta opeatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan mavjud qonun va normativ hujjatlari bilan tanishib chiqadi hamda bu jarayonda qo‘llaniladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini o‘rganadi.
Ajratilgan davr ichida amaliyotchi quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishi zarur:
1. Tijorat banklari (jumladan xorijiy banklar va ularning vakilliklari) o‘rtasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan vakillik (korrespondentlik) munosabatlarini tashkil etish tartibi.
2. Banklararo vakillik (korrespondentlik) hisobvaraqalarini ochish tartibi va ularning turlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari jismoniy va yuridik shaxslarga valyuta hisob raqamlarini ochish, yuritish va yopish tartibi.
4. Bank va\yoki bank filialida xorijiy valyutada konversiya bo‘limi operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.
5. Xorijiy valyutada omonatlarni qabul qilish tartibi.
6. Banklarda ishlayotgan xalqaro pul o‘tkazmalarini (“Manigram”, “Vestern yunion”, “Kontakt”, “Anelik”, “Migom” va boshqalar) amalga oshirish tartibi.
Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun):
1. Vakillik munosabatlarini o‘rnatishga doir hujjatlar (jumladan, shartnomalar va boshqalar).
2. Valyuta hisobvaraqlarini ochish va yuritish yuzasidan hujjatlar (jumladan, ariza, shartnoma va boshqalar).
3. Xalqaro pul o‘tkazmalarida pulni qabul qilish va berishda ishlatiladigan hujjatlar.
4. Xorijiy valyutadagi omonatlarning qabul qilinishi shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |