Talabaning malakaviy amaliyotni o‘tish davridagi vazifalari.
Malakaviy amaliyotni o‘tish davrida talabaning burchlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi, ya’ni;
- malakaviy amaliyotni o‘tishda taqvimiy ish rejasida keltirilgan ish turlari va mavzu yo‘nalishlariga, ular uchun ajratilgan muddatlarga rioya etishda;
- institut yo‘llanmasi bo‘yicha birkitilgan sub’ektga belgilangan muddatda yetib borish, rahbariyatni bu haqda bildirish orqali ro‘yxatdan o‘tish va malakaviy amaliyotni o‘tish maqsadida ruxsatnoma olishda;
- amaliyotdan tayinlangan rahbar bilan amaliyot ob’ekti va mavzulari, amaliyotni o‘tish joylari bo‘yicha taqvim rejasini tuzishda;
- amaliyotdan tayinlangan rahbar bilan shu bankning barcha bo‘lim boshliqlari va ularning vazifalari bilan tanishishi ularning ishini o‘rganish haqida ma’lumotlarni kundalik daftarida ro‘yxatga tushirish va rasmiylashtirib borish (1- ilovada keltirilgan shakl asosida). Shuningdek alohida amalga oshiriladigan ishlarni ilova 2 da keltirilgan kundalik asosida yuritishda;
- ichki tartib qoidalariga rioya etishda amaliyot xodimlari kabi huquq va mas’uliyatga ega bo‘lish. Amalga oshirgan ishlari yuzasidan javobgar bo‘lishda;
- istisno tariqasida kuzatuvchi sifatida amaliyot xodimlari bilan nazariy ishlarda ishtirok etish (buyruqsiz) va nazorat natijalari bo‘yicha dalolatnomalardan nusxa olish va hisobotga ilova qilishda;
- kredit, kassa va hisob – kitob munosabatlarining shakllantirilishi bilan bog‘liq operatsiyalar va hisob – kitoblar amalga oshirilganda, unda bir nusxa hisobiga ilova qilish, agar maxsus shakllar bo‘lmagan taqdirda uning nusxasini mustaqil qo‘lda chizish va to‘ldirilishda;
- mustaqil ravishda amaliyot faoliyatini tashkil etuvchi hujjatlar bilan tanishishda (yo‘riqnomalar, tavsiyalar va hokazolar) hisob kitoblarni o‘rganish orqali mustaqil fikr yurgizishda;
- malakaviy amaliyotini o‘tish davrida ilmiy rahbar bilan uchrashishi va u bilan amaliyot doirasida yechilishi qiyin muammolarni muhokama qilishda va hisobotni yozilish strukturasi bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlar (ko‘rsatmalar) olishda;
- malakaviy amaliyotning tugatilishi bilan talaba tomonidan yozilgan va tartibga keltirilgan yozma hisobotiga amaliyot rahbaridan taqriz olishda;
- malakaviy amaliyot hisobotini belgilangan muddatda ilmiy rahbariga ko‘rsatish orqali kafedraga taqdim etishda.
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, malakaviy amaliyot hisobotining yozilishi bilan, uning sifatiga berilgan amaliyot rahbarining xulosasi, kundalik daftariga imzo va muhr bosilishini, talaba haqidagi tavsifnoma (bo‘lim rahbarining imzosi bilan) ish ham hisobot bilan birga kafedraga taqdim etish shart.
Hisobotda amaliyot o‘tilgan bank va/yoki uning filiali tomonidan malakaviy amaliyot o‘tishi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi lozim.