Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

20.1-jadval 
Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi 
AUD 
Avstraliya dollari 
BRL 
Braziliya reali 
BYR 
Belorussiya rubli 
CAD 
Kanada dollari 
CHF (SFR) 
Shveytsariya franki 
CNY 
Xitoy yuani (renminbi) 
EUR 
Evro 
GBP (STG) 
Angliya funt sterlingi 
ILS 
Isroil shekeli 
INR 
Hindiston rupiyasi 
JPY 
Yaponiya ienasi 
KZT 
Qozog’iston tengesi 
MXP 
Meksika pesosi 
NZD 
Yangi Zelandiya dollari 
RUR 
Rossiya rubli 
SGD 
Singapur dollari 
TRL 
Turkiya lirasi 
UAH 
Ukraina grivnasi 
USD 
AQSh dollari 
UZS 
O’zbekiston so’mi 
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida 
amalga oshirilishini inobatga olib, so’mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan 


255 
almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo’ljal sifatida so’mning AQSh 
dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi.
Shunga muvofiq, so’mning AQSh dollaridan tashqari boshqa xorijiy 
valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta 
bozorlaridagi AQSh dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta 
bozorida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida 
shakllandi.
Jahon amaliyotida moliyaviy bozorlar faoliyatida standartlashtirish xalqaro 
tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, lotin tilidagi uchta harfdan iborat 
valyutalarning quyidagi belgilanishlari qabul qilingan bo’lib, ular xalqaro va 
mahalliy amaliyotda keng qo’llaniladi (ISO 4217 standarti – International 
Organization for Standartization): 
O’z navbatida, 2020 yilda so’mning hamkor davlatlar va boshqa asosiy 
xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursining qadrsizlanishi mamlakatimiz 
eksport qiluvchi korxonalari raqobatbardoshligining 2018-2019 yillardagi 
kuchsizlanishidan keyin tiklanishiga xizmat qildi.
Jahon amaliyotida qabul qilingan tartibga asosan, barcha davlatlarni milliy 
valyutalari 3 xarf bilan belgilanadi. Bu xarflarni boshidagi 2-tasi mamlakatni, 
so’ngi 3-chisi esa valyuta nomini bildiradi. Masalan, USD - AQSH dollari, ya’ni 
US - ko’shma Shtatlar, D - dollar yoki GBP - Buyuk Britaniya funt tserlinigi, GB - 
Buyuk Britaniya, P - (point) funt tserling va shu kabi. 
Qavslar ichidagi valyutalarning belgilanishi SWIFT tizimi foydalanuvchilari 
tomonidan qabul qilingan kodirovka bo’yicha amalga oshiriladi. Qisqacha 
aytganda, banklar tomonidan foydalaniladigan mazkur axborot tizimi xizmat 
xabarlarining xavfsiz yetkazilishini ta’minlaydi. 
Ba’zi bir davlatlarni milliy pul birliklarini, mazkur dalatlarda valyuta 
munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan qonun qoidalarga asosan, 
xorijga chiqishi va u erda muomalada bo’lishi chegaralanadi. Shunga ko’ra, 
muomaladagi valyutalar turli maqomlarga, ya’ni erkin muomalada yuradigan, 
muomalasi qisman va butunlay cheklangan, yopik yoki ekzotik valyutalarga 
bo’linadi. 
Ekzotik valyutalar toifasiga quvayt «dinori», Grek «draxmasi» va shu 
kabilar kiradi. 
Joriy konversion operatsiyalari uchun spot almashuv kursi qo’llaniladi. Spot 
kursi joriy valyuta kursi hisoblanadi va u doimo gazetalar sahifalarida, axborot 
agentliklari ekranlarida e’lon qilib turiladi. 
Bank amaliyotida valyutalar kurslarining quyidagi belgilanishlari amal 
qiladi: masalan, AQSh dollarining Shveytsariya frankiga nisbatan kursi - USD

ChF 
kabi, dollarning rublga nisbatan kursi - USD

RUR kabi belgilanadi, va aksincha, 
yevroning dollarga nisbatan kursi - EUR

USD, funt sterlingning dollarga nisbatan 
kursi - GBP

USD kabi belgilanadi. 
Mazkur belgilanishlarda chap tomonda kotirovka asosi (baza valyutasi yoki 
asosiy savdolanadigan valyuta), o’ng tomonda kotirovka valyutasi yoki 


256 
kotirovkalanadigan valyuta (shu jumladan, kontrvalyuta atamasi ham qo’llaniladi) 
turadi: 
Bu yozuv bir birlik baza valyutasiga nisbatan kotirovkalanadigan 
valyutaning mos keladigan miqdorini anglatadi (ya’ni 1 Amerika dollari uchun 
1,7525 Shveytsariya franki). 
Nominal almashuv kursi – Markaziy bank tomonidan valyuta bozorini 
tartibga solish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida so’mning almashuv 
kursi belgilangan maqsadli koridor doirasida bo’ldi. 2008 yilda AQSh dollarining 
so’mdagi nominal qiymati yil boshidagi 1290 so’mdan 1393 so’mga yetdi. 
Kross-kurs (cross-rates) bu – ikki valyuta o’rtasidagi ayirboshlash kursidir, 
AQSh dollari bundan mustasno. Kross-kurs bo’yicha eng faol konversion 
operatsiyalar bozoriga yapon ienasiga nisbatan yevro EUR

JPY, yevroga nisbatan 
funt sterling EUR

GBP, Shveytsariya frankiga nisbatan yevro EUR

ChF va boshqa 
valyutalar kurslari kiradi. Kross-kurslarga shuningdek, rublning (dollardan 
tashqari) boshqa valyutalarga nisbatan kurslarini EUR

RUR, GBP

RUR ham 
kiritish mumkin. Savdo hajmi uncha katta bo’lmagan valyutalar bo’yicha kross-
kurslarni yaxlit tarzda olish ba’zida mushkul bo’ladi, bunday vaziyatda bitimlarni 
AQSh dollari orqali amalga oshirish qo’l keladi. Umuman olganda, kross-kurslar 
bilan bo’ladigan savdo hajmi salmoqli miqyosga ega emas va ularning ulushi 10% 
ni tashkil qiladi, dollardagi kotirovkalar bo’yicha aylanmalarning ulushi esa mos 
ravishda 90% dan iborat. 
Kross-kurslarning xususiyatli jihatlaridan biri shundaki, valyutalar 
o’rtasidagi kurslarning kotirovkasi qaysi bank kotirovkani o’tkazishiga qarab 
turlicha bo’lishi mumkin. Aytaylik, funt sterling va yapon ienasi o’rtasidagi kross-
kurs uning Britaniya banki yoki Yaponiya banki kotirovkalashiga qarab turlicha 
bo’ladi. Masalan, Londonda Barclays Bank funtning ienaga nisbatan to’g’ri 
kotirovkasini 100 iena uchun JPY

GBP 

0,5990 funt ko’rinishida amalga oshirishi 
mumkin, shu bilan bir vaqtda Tokiodagi bank 1 funt sterling uchun GBP

JPY 

166,94 iena ko’rinishida ienaning funtga nisbatan to’g’ri kotirovkasini beradi.
Jahonning asosiy kross-kurslari Reyter WX

agentligining sahifalarida 
to’g’ri va teskari kotirovkalar ko’rinishida taqdim qilinadi va doimiy ravishda 
avtomatik tarzda bir necha daqiqada joriy to’g’ri dollar kursi asosida yangilanib 
turadi.
Valyuta kurslari kotirovkasi to’g’ri va teskari turlarga bo’linadi. 
To’g’ri kotirovka – bir birlik xorijiy valyuta uchun zarur bo’ladigan milliy 
valyuta miqdori. Odatda ko’pincha valyutalar Amerika dollari bilan solishtiriladi: 1 
AQSh dollariga to’g’ri keladigan milliy valyuta miqdori (bu yerda dollar bazaviy 
valyuta hisoblanadi). To’g’ri kotirovka sifatida jahondagi ko’pgina valyutalarning 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish