Bank ishi va investitsiyalar


partner bilan hamkorlikka kirishishni ko‘zda tutadi( hamkor bank ulushini asta-



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov


partner bilan hamkorlikka kirishishni ko‘zda tutadi( hamkor bank ulushini asta-
sekin sotib olish huquqi bilan)
.
Bunda bank ulushi va uning hamkori ulushi 
foydada umumiy koeffitsiyent bo‘lib, kelishuvlar bilan qayd etiladi, lekin bu 
tomonlarni kapital qo‘yilmasi ulushini anglatmaydi.
ITB tomonidan ishlatiladigan ikkinchi tamoyil (mudaraba)-bu bank va 
sanoat kapitalining qo‘shilishini anglatadi. Bunda, bank kapital taklif etadi, hamkor 
esa g‘oya va loyihani tayyorlashni; foyda va ziyon ular o‘rtasida oldindan 
kelishilgan shartnoma asosida bo‘linadi. 
Uchinchi tamoyil (murabaxa)-bank hamkor uchun tovar sotib oladi va 
ma’lum kommissiyaga asosan uni hamkorga sotish uchun.
O‘z faoliyati davomida islom banklari quyidagi moliyaviy instrumentlaridan 
foydalanadi: 

Musharaka 
– (muntazam hamkorlik) – faoliyat shartlari va muddatlariga 
rozi bo‘lgan holda biznesning barcha qatnashchilari biznesga qo‘yilgan 
boshlang‘ich qo‘yilma kapitallaridagi foyda va zararlarni proporsional bo‘lib 
oluvchi hamkorlar sifatida harakat qiladilar. 

Mudoraba 
– (ixtisoslashgan hamkorlik) – bu ishonchli moliyalashtirish 
bo‘lib, pul mablag‘laridan foydalanishdagi eng to‘g‘ri va samarali bitim 
hisoblanadi. Bunday holatda bank omonatchilar mablag‘lari bilan ishlaydigan 
bo‘lsa trast boshqaruvchisi sifatida yoki loyihani moliyalashtirish bo‘lsa mijoz 
bilan harakat qiladi. Sun’iy tarzda foizli pullarni shakllantirish evaziga emas, balki 
tuzilgan bitim har tomonlama real holatda bo‘lgani uchun samara to‘g‘ri 
aniqlanadi. AQSh va Yevropa davlatlarida bu tizimga o‘xshashlar keng tarqalgan 


248 
bo‘lib, ular korxonalar va venchur fondlar bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z o‘rniga 
ega. 
-
Murabaxa- 
(savdoni moliyalashtirish) – bank va uning mijozi o‘rtasida 
tovarlarni maxsus narxlar bo‘yicha sotuvi haqidagi o‘zaro kelishuvini bildiradi. Bu 
narxda oldindan kelishilgan bank foydasini tashkil etuvchi marja yotadi. Bank 
mijozining talabi bo‘yicha xorijdan yoki ichki bozordan tovar xarid qiladi, keyin 
bitim shartlariga ko‘ra uni yoki bir vaqtda sotadi, yoki muddatini uzaytirishi 
mumkin.

Ijara – 
(lizing)- mijoz uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish ehtiyojlari 
uchun bank tomonidan ijaraga beriluvchi uskunadan foydalaninishdatuziladigan 
shartnoma. Lizingga olish rivojlangan davlatlarda kreditlashning eng samarali 
shakllaridan biri sifatida keng tarqalgan. Bunda ijara muddati tugashi bo‘yicha 
uskunani keyinchalik sotib olish varianti ko‘rilgan. 

Kard ul-Xasan- 
(hayriya krediti)- tashkilot yoki shaxslarga taqdim 
etiladigan foizsiz ssudalar. Agar shaxsning berilgan ssudaning qaytara olmasligi 
avvaldan aniq bo‘lsa, pullar majburiyat yoki ixtiyoriy hayriya shaklida taqdim 
etilishi mumkin.
Islom banklari deyarli barcha an’anaviy bank operatsiyalarini olib boradi: 
depozit, kredit, akkreditivli, veksellarni hisobga olish, barcha turdagi hisob va 
to‘lov operatsiyalari, qishloq xo‘jaligi va sanoatga mablag‘lar investitsiya qilish, 
savdoni kreditlash, xizmatlar sferasi, ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish. Ular 
musulmon davlatlari iqtisodiyotida o‘z o‘rnini mustahkam egallashgan. So‘nggi 
yillarda islom banklari xalqaro moliya bozorlarida mijozni jalb etish va yaxshi 
foyda 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha an’anaviy banklar bilan muvaffaqiyatli 
raqobatlashmoqda. 
Ma’lumki, mamlakat bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirish maqsadida mamlakat xom-ashyo potensialidan foydalanish bo‘yicha 
loyihalarni amalga oshirishda birinchi navbatda iqtisodiyotning real sektoriga 
kapitallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilma qilishi zarur. Ushbu yo‘nalishda bo‘yicha 
ba’zi islom banklari ishlab chiqarish sferasiga mablag‘larni investitsiya qilish 
bo‘yicha yetarli darajada keng shug‘ullanadilar, jumladan, mahalliy sanoatga. 
Albatta bu ishlar oldindan olib borilgan investitsion loyihaning har tomonlama 
tahlillari asosida amalga oshiriladi. Chunki o‘tish davrlarida tadbirkorlik 
potensialiga ega bo‘lgan kredit to‘loviga layoqatsiz mijozlarning kredit 
mablag‘larida ulushi ko‘p bo‘ladi. Odatiy banklar yuqori foyda kutilayotgan juda 
yaxshi fikrlar berilgan loyihalarni ko‘rib chiqmaydi. Islom moliyalashtirish usullari 
o‘z tajribalaridan foydalangan holda tadbirkorlarga xususiy biznesni 
tashkillashtirish imkoniyatini beradi. 
KPMG xalqaro konsalting firmasi 2010 yilning aprel oyida Islom bank va 
moliya tizimiga bag‘ishlangan o‘zining ilmiy qidirish yakunlarini keng matbuotda 
chop etishdi. Ekspertlarning ma’lumoti bo‘yicha bu moliya institutlarining dunyo 
iqtisodiyotiga ta’siri yilma-yildan oshib bormoqda. Musulmon banklarining yanada 
intensiv rivojlanishi AQSh va Buyuk Britaniya davlatlarida faol kuzatilmoqda, 
G‘arb firmalarining Sharq investorlarini jalb qilish uchun Islom standartlarini 
o‘zlashtirishga nima majbur qilmoqda? 


249 
Yaqin Sharq kredit muassasalarining rivojlanish tarixi 30 yildan ozgina 
oshiq davrga to‘g‘ri keladi. Mana shu qisqa muddat ichida Islom moliya institutlari 
muhim yutuqlarga erishishdi. KPMG ma’lumotiga qaraganda hozirgi paytda ular 
dunyoni 75 davlatida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ularning umumiy aktivi 300 
milliard dollardan oshib ketdi. Dunyoning turli iqtisodiyotiga kiritilgan Islom 
investitsiyasi miqdori 400 milliard dollardan oshib ketgan. Ilmiy tatqiqotchilarning 
hisob-kitoblariga qaraganda, barcha ushbu ko‘rsatgichlar o‘rtacha yiliga 15 foizdan 
o‘sib bormoqda. “Yaqin yilllarda bu bozorning o‘ta sezilarli darajada o‘sishi 
musulmon davlatlarining katta qismi neft boyligi bilan ta’minlansa, yana shariat 
qonuniga muvofiq beriladigan investitsiyaga yashirin talab borligi oqibatida sodir 
bo‘ladi ” deb KPMG ilmiy tatqiqotchilari qayd etmoqda.
Musulmon moliya tashkilotlari, asosan, Yaqin Sharq, Malayziya va Buyuk 
Britaniya davlatlarida to‘planganiga qaramay, ularning xizmatlariga talab butun 
Osiyo, Yevropa va AQSh bo‘yicha mavjuddir. Shuni alohida qayd etish lozimki, 
RBK 
daily 
ekspertlarining 
so‘ralgan fikrlari xulosasiga ko‘ra, Islom 
moliyachilarining bosh ob’ekt bo‘lib AQSh sarhisoblanadi. “Biz Yaqin Sharqdan 
Buyuk Britaniya va Lyuksemburg orqali AQSh sari juda katta kapital oqimini 
kuzatmoqdamiz” – deb qayd etdi. RBK dailyning Yevropa iqtisodiy ilmiy bo‘lim 
boshlig‘i Societe Generale Veronik Rish-Flor. 
Hozircha musulmon moliya tashkilotlarining bosh mijozlari-eng avvalo, 
musulmonlar hisoblanadi, butun Jahon bo‘yicha ularni soni 1.6 milliard kishini 
tashkil etadi. Ammo Yaqin Sharq investitsiyasiga qiziqishni Eski va Yangi 
Jahonning boshqa din vakillari ham bildirishmoqda. Vaholanki, bu yo‘lda hali 
ancha-muncha to‘siqlar ham mavjud. Xususan Sharq xazinasiga yo‘l topishni 
shariat tizimi va normalari ancha-muncha qiyinlashtiradi, chunki Islom banklari 
pul mablag‘larini unga muvofiq berishadi. 
Kredit berish tartibining juda keng tarqalagan chizmalaridan biri “sukuk” 
deb ataladi. Uning mazmuni shundan iboratki, musulmon kredit tashkilotining 
g‘arb kredit muassasasidan farqi, berilgan summadan foiz olmaydi, balki qarzdor 
kompaniyaning daromadidan ulush oladi. 2006 yilni 1-chi choragida shunga 
o‘xshash kreditning hajmi 18 milliard dollarni tashkil etgan, shundan davlat 
tashkilotlariga bor-yo‘g‘i 6 millirad dollari to‘g‘ri kelgan. “Sukuk” tizimi 
analitiklarning baholashiga qaraganda, sinditsirovanlashgan moliyalashtirishga 
alternativ sifatida butun jahon bo‘yicha keng tarqalmoqda. 
Barcha holatlarga qaramay G‘arb, Sharqdagi pul mablag‘larini jalb qilishdan 
aniq manfaatdordir. Misol uchun, 2004 yilda Germaniya yerlaridan biri - 
Saksoniya – “sukuk” sharti bilan 120 million dollardan oshiq kredit mablag‘larini 
jalb qilganlar. AQSh da “sukuk” asosida, Meksika bo‘g‘ozidagi o‘zining 
uglevodorod zaxirasi kafolati ostida qazib olish bilan shug‘ullanadigan East 
Cameron Gas Companiy- kompaniyasi 165 million dollar miqdorida birinchilardan 
bo‘lib mablag‘ olgan.
RBK dailyning ekspertlari o‘tkazgan so‘rovnoma baholariga qaraganda, 
shariat tizimi bo‘yicha kredit olishni yana ham faol
rivojlanishiga 
qator 
siyosiy omillar ham to‘siq bo‘lmoqda. “Yaqin Sharqda mavjud bo‘lgan siyosiy 
beqarorlik Islom investitsiyasini jalb qilishni keskin o‘sishiga halaqit bermoqda. 


250 
Bularni hammasi musulmon moliya institutlaridan Yevropa biznesiga kreditlarni 
jalb etishning qiyinlashtirmoqda”, - deb hisoblaydi Rish-Flor. Ammo ehtimoldan 
holi emas, yaqin vaqtlarda jahon biznesi, xuddi yaqinsharq neftisiz 
yashaolmaganidek, Islom investitsiyasisiz faoliyatini rivojlanishi mushkil masalaga 
aylanishi tabiiy holdir. O‘z navbatida jahonda sodir bo‘layotgan yangi iqtisodiy 
realliklar G‘arb davlatlarini ularni nafaqat arzon xom-ashyo bilan, balki moliyaviy 
mablag‘lar bilan ta’minlayotgan davlatlarga o‘z munosabatini juda jiddiy qayta 
ko‘rib chiqishga majbur qilmoqdalar.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish