oddiy foizlar
(simple interest) deb ataladi
Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan
bo‘lib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga
hisoblangan. To‘langan foizlarga hisoblangan foizlar
murakkab foizlar
(compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210
dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat.
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar.
Uch yildan so‘ng ushbu summa
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar.
11.2 Ssuda kapitallari va pul bozorida kreditlar bahosining
shakllanishi
Kredit resursovlari bozori
bu – turli to‘lov vositalariga talab va taklif
mavjud bo‘lgan bozorlarning umumiy belgilanishidir. Kredit bitimlari qoidaga
ko‘ra, pul qarz oladigan va qarz beradigan kredit institutlari (banklar va b.) yoki
qimmatli qog‘ozlar bozorida sotiladigan va sotib olinadigan turli qarz
majburiyatlari harakati vositasida ifodalanadi.
132
Demak, kredit resurslari bozori korxonalar tasarrufiga investitsiyalar uchun
mablag‘lar taqdim etadi va aynan shu yerda iqtisodiyotning pul mablag‘lari
ortiqcha bo‘lgan sektorlaridan ularning yetishmovchiligi his etilayotgan sektorlarga
pul mablag‘lari ko‘chib o‘tishi ro‘y beradi. Kredit bozorida korxonalar o‘z
investitsiyalarini moliyalashtirish uchun pul qarz oladi; ba’zida korxonalar pulni
qarz beradi, lekin qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish sektori berishdan ko‘ra ko‘proq
oladi.
Shu sababli aytish mumkinki, kredit resurslari bozorining asosiy
vazifalaridan biri – aholining jamg‘armalari va bo‘sh mablag‘larini vositachi
shaxslarga investitsiyaga yo‘naltirish hisoblanadi.
Kredit bozorining rivojlanish qonuniyatlari, foydalanish xarakteri va
mazmuni ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadi.
O‘z navbatida, ushbu bozorning mohiyati u davlat-monopolistik kapitalizmi
zamonaviy mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi.
Kredit bozori ishlab chiqarish va tovar aylanmasining o‘sishiga, mamlakat
ichkarisida kapital harakatiga, pul jamg‘armalarining kapital qo‘yilmalarga
aylanishiga, ilmiy-texnika inqilobini amalga oshirishga, asosiy kapitalni
yangilashga xizmat qiladi. Bu ma’noda bozor turli ishlab chiqarish bosqichlarini
bilvosita ifodalaydi, u yerdan qo‘shimcha pul resurslarini oladigan moddiy ishlab
chiqarish sohasining o‘ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi.
Pul kapitali jamg‘arilishi va harakatini aks ettirar ekan, kredit bozori uning
pul shaklidagi qiymati harakati, kredit resurslari va qimmatli qog‘ozlar
ko‘rinishida turli pul fondlari hosil bo‘lishi va foydalanilishi bilan uyg‘unlikda
bog‘langan bo‘ladi.
Bozor vositasida kapitalistik ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga,
uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’siriga sarflanadigan pul fondlari
harakati, hajmi va yo‘nalishini aniqlash va o‘lchash mumkin.
Kimoshdi savdolari turli usullar bilan: amerikacha va gollandcha tizim,
shuningdek, qat’iy belgilangan foiz stavkasi bilan o‘tkazilishi mumkin.
Kimoshdi savdosi o‘tkazishning amerikacha usulida talabnoma banklar
tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari bo‘yicha qondiriladi. Ayrim davlatlarda
bank talabnomalarida taklif etilayotgan foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan
taklif etilgan minimal stavkadan past bo‘lishi mumkin emas. Bunda foiz stavkasi
minimal stavkaga teng bo‘lgan talabnoma sotilmagan kreditlar qoldig‘iga
proporsional ravishda qondiriladi.
Gollandcha usulda barcha talabnomalar qondirilgan talabnomalar ro‘yxatiga
kiritiladigan oxirgi foiz stavkasi bo‘yicha qondiriladi. Qat’iy belgilangan foiz
stavkali kimoshdi savdosida barcha talabnomalar qondiriladi. Biroq, bunday
stavkada talabnomalar umumiy miqdori kimoshdi savdosiga taklif etilgan kredit
hajmidan oshib ketganida talabnomalar qisman qondiriladi. Qondirilgan
talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy hajmining talabnomalar
miqdoriga nisbatiga mos keladi.
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim
vosita bo‘lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo‘yilgan mablag‘larga
daromad olish mijozlarning qo‘yilma qo‘yishga undovchi muhim omil hisoblanadi.
133
Depozit foiz stavkalari darajasini har bir tijorat banki O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o‘zining depozit
siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi.
Depozit hisob varaqlarining alohida ko‘rinishlari bo‘yicha daromad hajmi
qo‘yilma muddati, summasi, hisobvarag‘ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi
va xarakteri va, nihoyat, mijozning qo‘yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga
bog‘liq.
Talab qilingungacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqalari egalari
tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular
qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday hisob
varaqlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga
ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag‘lar qoldig‘i bo‘yicha foizlar
umuman to‘lanmasligi mumkin.
Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to‘lov
mablag‘larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag‘larni minimallashtirish
va ortiqcha summalarni qo‘yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga
undaydi.
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo‘yicha
foizlar deyarli majburiy tartibda o‘rnatiladi, ammo u bo‘yicha daromad hamisha
muddatli qo‘yilmalarga qaraganda pastroq bo‘ladi. Muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha
foiz stavkasi hajmini o‘rnatishdagi muhim omil bo‘lib, mablag‘lar joylashtirilgan
muddat hisoblanadi.
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul
aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining
ular tomonidan jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy
ravishda tartibga solib turadi.
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning
rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real
depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida
shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka
o‘tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni
cheksiz oshirish imkoniyati mavjud.
Xorijiy
nazariyada
bu
jarayon
depozit
multiplikatsiyasi
(ya’ni
mablag‘larning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda o‘tkazilishi) va kredit
ekspansiyasi deb nom olgan.
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zahira talablari bank
tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo‘lib xizmat
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1996 yil
20 apreldagi 41-sonli Kredit resurslari kimoshdi savdosini o‘tkazish Tartibiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida (O‘zRVB) moliyaviy
vositalarni so‘mda va xorijiy valyutada joylashtirish bo‘yicha kimoshdi savdolari
o‘tkazish tartibi belgilangan.
Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi:
134
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyin - Markaziy
bank) kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;
- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;
- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish.
Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki
moliya bozorini sog‘lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |