Bank ishi va investitsiyalar


Muomala to‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Muomala to‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi.
 
Bu funksiyaning amalga oshish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki 
pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to‘lovlar 
aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi 
doirasiga veksellar, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-
kitoblarni naqd pulsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro 
bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu 
masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashishining kerakli elementi 
sifatida muhim o‘rin tutadi. 
Fan texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kredit orqali samarali amlaga 
oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti har bir 
mamlakat yoki alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiy rivojining hal qiluvchi 
omiliga aylangan. Kreditning fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishdagi rolini fan-
texnika bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirishda kredit 
resurslari ishlatilishi mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi markazlarning 
normal ishlab turishini ta’minlash uchun ham, ular faoliyatini moliyalashtirishda 
kredit resurslari ishlatilishi mumkin. Shuningdek, kredit innavatsion jarayonlarda 
ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish va ishlab chiqarish 
texnologiyasini o‘zgartirish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur. 
10.6 Kredit nazariyalari tanqidi 
Turli davrlardagi yashab ijod qilgan iqtisodchilar kreditni iqtisodiyotda, 
hamda takror ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga turlicha baho berib kelganlar, 
ularning ayrimlari kreditga yuksak baho berganlar, ikkinchi guruh iqtisodchilari 
uni o‘rnini keyingi darajaga qo‘yib kelganlar.


126 
Kredit to‘g‘risidagi nazariyalarni ikki guruhga bo‘linadi. Ularning birinchisi 
kreditning naturalistik nazariyasi deb nomlanadi. Bu nazariyaning asoschilari 
bo‘lib A.Smit va D.Rikardolar hisoblanadilar. 
Bu nazariyaga asosan kreditning ahamiyati pasaytiriladi, ya’ni kredit faqat 
jamiyatda taqsimlangan kapitalni alohida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qayta 
taqsimlash shakli bo‘ladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish omili bo‘la 
olmaydi.
Bu nazariyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
- kredit moddiy qiymatliklarni bir qo‘ldan ikkinchisiga o‘tkazishda texnik 
vosita (qurol) bo‘lib hisoblanadi; 
- kredit ob’ekti bo‘lib natural (ishonchsiz) ashyoviy boyliklar hisoblanadi; 
- ssuda kapital haqiqiy kapitalga tenglashtiriladi va uni harakati ishlab 
chiqarish kapital harakatiga mos keladi; 
- banklar moddiy qiymatliklarni bir mulk egasidan ikkinchi mulkdorga 
o‘tkazib beruvchi vositachi sifatida ishtirok etadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan kredit nazariyasi yo‘nalish namoyondalari 
tomonidan kredit to‘g‘risida va uni takror ishlab chiqarish jarayonida noto‘g‘ri 
xulosaga kelganliklarini bildiradi. Chunki, ular kreditni (ssuda kapitalini) 
harakatini, ishlab chiqarish kapitali, tovar kapitalini harakatini noto‘g‘ri ko‘rsatib 
beradilar. Xattoki kreditni qayta taqsimlash funksiyasini ham oxirigacha olib bera 
olmaydilar. Bu nazariya tarafdorlarining kamchiligi shunki, ular kreditni ishlab 
chiqarishga bevosita bog‘liq, lekin ishlab chiqarish u hech qanday ijobiy ta’sirini 
ko‘rsatib bera olmaganlar. Xaqiqatda esa kredit ssuda kapitalining harakatini 
natijasi bo‘lib, ikki xususiyatga ega, ya’ni kredit kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishga ta’sir ko‘rsatishi, yoki unda qarama - qarshiliklarni ham vujudga 
keltirishi mumkin. 
Ammo naturalistik nazariyotchilarning kamchiliklariga qaramay ularning 
qarashlarida ham nozitiv fikrlar (mulohazalar) bor. Masalan, bu nazariya 
tarafdorlari fikriga ko‘ra kredit haqiqiy kapitalni yaratmasligi, balki faqat ishlab 
chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni kreditni bevosita ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq ekanligini bilib bera olganlar. 
Kreditni rolini (o‘rnini) bo‘rttirib ko‘rsatadigan nazariya bu - kreditni 
kapitalini yaratish nazariyasidir. Bu nazariya asoschilari - ingliz iqtisodchilari Dj. 
Lo (XVIII) va G. Makleod (XIX) hisoblanadilar. Bu nazariyaning negizi shuki-
kredit hech qanday ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq emas va u iqtisodiyotda hal 
qiluvchi o‘rinni egallaydi. Ular kreditni pul va boyliklar bilan bir qatorga 
qo‘yadilar. Kapitalni yaratish nazariyasining asl ma’nosi bo‘yicha banklar kreditni 
berish orqali kapital yaratadilar, kredit hajmi banklarning o‘zlari ishlab 
chiqaradigan kredit siyosatiga bog‘liq. Shuning uchun banklar qanchalik 
chegaralanmagan miqdorda kreditni kengaytirishlari va bu yo‘l bilan ishlab 
chiqarishni kengaytirishga asos yaratishlari mumkindir. 
Banklar “kredit fabrikasi” degan tushuncha shu nazariya tarafdorlari 
tomonidan vujudga keltirilgandir. 
Kreditning kapitalini yaratish nazariyasi tarafdorlari banklar tomonidan 
berilayotgan kredit hajmi bank hohishiga emas balki, takror ishlab chiqarish 


127 
jarayonining ob’ektiv zaruriyatidan (xoxishidan) kelib chiqishi, hamda kreditni 
haqiqiy kapital bilan almashtirib yuboradilar. 
Kreditning bu nazariyasining davomchilari bo‘lib, avstraliya professori I. 
Shumeter, nemis bankiri A. Tan va ingliz iqtisodchilari Dj. M.Keyns va R. Xoutri 
hisoblanadilar. 
Shumeter va Tanlar banklarning kuch - kudratini oshirib yuboradilar, va 
hech qanday chegarasiz beriladigan kreditlar takror ishlab chiqarish jarayonini 
hamda iqtisodiy usishning asosiy kapitali bo‘lib hisoblanadilar deb qaraydilar. 
Shunga ko‘ra bu qarashlar kreditning “ekspansion kredit nazariyasi” nomi bilan 
olamga mashhurdir. Ushbu nazariya orqali iqtisodchilar mamlakatdagi inflatsiyani 
oqlamoqchi bo‘ladilar. 
Biroq kreditning bu nazariya bo‘yicha davomchisi bo‘lgan Dj. Keyis o‘zida 
kerakli bo‘lgan qarashlardan yaxshi (ijobiy) tomonlarini olgan holda kreditni 
iqtisodiyotni tartibga solish vositasi deb qaraydi va isbotlab beradi. Chunki banklar 
tomonidan kreditlash iqtisodiyot talabiga asosan berilishi, talab oshsa taklif ham 
oshishi mumkinligini e’tirof etadi. Bunga tarixiy misollar yetarli. Masalan, 
mamlakatda iqtisodiy rivojlanish o‘zgarishi natijasida kreditga bo‘lgan talab ham 
oshadi va aksinchadir. Kreditning ortiqcha berib yuborilishi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida qo‘shimcha kreditlarning inflyatsiyaning vujudga kelishiga sababchi 
bo‘lib kelishi mumkindir.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish