6.5. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
XX asr o‘rtalarida keng tarqalgan maxsulotlar va xizmatlarni, kapital va
ishchi kuchini, ilmiy-texnik axborotlar va boshqarishning yangi usullarini xalqaro
ayirboshlash qator davlatlarning o’zaro kelishilgan harakatlari asosida xal etilish
77
kerak bo’lgan bir qancha muammolarni yuzaga keltirdi. Boshqacha qilib aytganda,
turli mamlakatlar o‘rtasida jahon xo’jalik aloqalari barqarorligi va o‘sishni
ta’minlash, ayirboshlash uchun teng huquqli sharoitlarni yaratish va uning
yo‘lidagi barcha to‘siqlarni yo‘qotish maqsadida makroiqtisodiy munosabatlarni
tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarga ehtiyoj sezildi.
Yevropa hamjamiyati «Umumiy bozor» iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni
birgalikda hal etish maqsadida davlatlarning birlashuvini jahon amaliyotidagi
birinchi
yirik
tajribasini
o’zida mujassamlashtirgan. G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarining bu birlashgan guruhi 1967 yilda uchta yirik Yevropa iqtisodiy
tashkilotlarining qo’shilishi natijasida tashkil topdi:
1958 yilda tuzilgan va keyinchalik Yevropa hamjamiyatiga kirgan 15
mamlakatni birlashtirgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati;
Ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa birlashmasi;
Atom energetikasi bo’yicha Yevropa hamjamiyati.
YeH ga a’zo davlatlarda jahon aholisining 7% i yashab jahon savdosining
deyarli 41%i, valyuta zaxiralarining 36%idan ortigi to’g’ri keladi.
YeH ning rahbar tashkilotlari bo’lib Yevropa Kengashi, Vazirlar Kengashi,
YeH komissiyasi, yevropa parlamenti, YeH sudi, Iqtisodiy va ijtimoiy qo’mita
hisoblanadi. Ular milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining ichki muammolarini
muvofiqlashtiradi, barcha a’zo mamlakatlar uchun yagona tashqi iqtisodiy
siyosatni amalga oshiradi. 1985 yilda bu tashkilot tomonidan maxsulotlar, kapital,
xizmatlar va ishchi kuchini yagona ichki bozorini yaratishning 7 yillik dasturi
qabul qilindi. Bunda ularning faoliyatidagi barcha to’siqlar, ya’ni chegara va
bojxona nazorati, milliy andozalardagi soliq farqlari, valyuta tizimlaridagi turli-
tumanlik va boshqalar bosqichma-bosqich yo’qotiladi.
1998 yil 2 mayda YI hukumati yagona valyutaviy munosabatlarni amalga
oshirish to’g’risidagi kelishuvga imzo chekdi. YeVT ga a’zo davlatlar aniqlandi,
valyuta pariteti belgilandi. Yevrohududda valyuta bilan bog’liq masalalar xal etildi.
Yevropa valyuta tizimining vujudga kelish tarixiga nazar tashlaydigan
bo’lsak, 1958 yil «Umumiy bozor» tashkil etilgandan so’ng, yagona bozor uchun
yagona valyutaga ehtiyoj sezildi. Shunday sharoitda umumiy valyuta o’rnini
oltinga erkin almashinuvchi va dunyoning qariyb barcha davlatlarida rezerv
valyuta sifatida saqlanadigan AQSH dollari bosdi. Valyuta tizimining boshqaruvi
esa XVF tomonidan boshqarildi.
1969 yilga kelib, AQSH dollari inqirozga uchradi. Bu holatning asosiy
sababchilari AQSH va Fransiya bo’lib, Fransiya prezidenti de Goll siyosati
bo’yicha dollardagi valyuta rezervlarini oltinga almashinish jarayoni boshlandi. Bu
esa dollar inflyatsiyasini yuzaga keltirib, AQSH hukumatining dollar standartidan
voz kechishga olib keldi. Endilikda, yevropa davlatlari oldida dollar o‘rnini
bosuvchi barqaror valyuta instrumentini yaratish muammosi vujudga keldi.
1972 yil o‘zaro munosabatlarda dollar bilan bog‘liq bo‘lgan valyutalarning
parallel tebranishiga asoslangan «valyuta iloni» nomini olgan mexanizm yaratildi.
Bu tizimda yetakchi valyuta rolini nemis markasi o‘ynadi. Ammo ma’lum davr
davomida dalatlarning iqtisodiy salohiyatining turlichaligi 1978 yilga kelib
78
faqatgina Germaniya, Daniya va Benilyuks davlatlarini yuqoridagi valyuta
mexanizmi doirasida o‘z valyuta siyosatini yuritishga olib keldi.
1979 yilga kelib, «valyuta iloni» mexanizmi o‘rnini yevropa valyuta tizimi
(YeVT) bosdi. Bu tizimga a’zo davlatlar uchun maxsus tebranish kursi ± 2,5%
miqdorida belgilandi. O’sha yillari Italiya nisbatan pastroq darajadagi iqtisodiyotga
ega bo’lgani uchun bu tebranish foizi ± 6 qilib belgilandi. Keyinchalik YVT ga
Buyuk Britaniya, Ispaniya va Portugaliyaning a’zo bo‘lish munosabati bilan ko‘p
o‘zgarishlar kiritildi. Yagona valyuta tizimi yuzaga kelgandan so’ng «Bretton
Vuds shartnomasi» tizimi bo’yicha rivojlangan Yevropa mamlakatlari o’rtasida
kapital oqimi ustidan konvertatsion nazorat o‘rnatildi. Bu davrgacha har bir
davlatda turlicha valyuta siyosati mavjud edi. Fransiya simmetrik usulni yoqlab
chiqqan bo’lsa, Germaniya nosimmetrik yo’lni afzal ko’rdi. Simmetrik tizim
mavjud bo’lgan davlatlarda shunday valyuta tizmi mavjud bo’ldiki , almashinuv
kursi past bo’lgan davlatlarda qattiq valyuta siyosati, almashuv kursi yuqori
davlatlarda esa erkin valyuta tizimi yuzaga keldi. Germaniya pul emissiyasi yuqori
darajada bo’lgan va yuqori inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi simmetrik usulni qabul
qilmadi.
Nihoyat 1979 yil murosaga kelindi va xar bir davlat o’zining ichki valyuta
siyosatini o’zgartirgan holda almashinuv kursiga ta’sir etish javobgarligini oldi.
Germaniya davlati buning uddasidan chiqdi. 1980 yilga kelib Germaniyada
inflyatsiya darajasi pasaydi va Germaniya markasi Yevropa mamlakatlari uchun
«valyuta langari» nomini oldi. 1983 yil navbatdagi neft inqirozi yuzaga keldi.
Fransuz franki kuchli qorabozor ta’siriga kirib qoldi. YVT da vujudga kelgan bu
holat GFR ning kansleri G.Kollning noroziligiga sabab bo’ldi. Bryussel
uchrashuvidan so’ng, Fransiya hukumati YVT doirasida qolishi kelishib olindi.
Fransiya Moliya Vaziri Delor frankni markaga nisbatan maxsus paritetini o’rnatish
orqali, revalvatsiya qilmoqchi bo’ldi. Ammo Koll qarshi chiqdi, sabab marka
allaqachon umumvalyutaga aylangan edi. Fransiya valyuta siyosati esa haqiqatda
Bundesbank tomonidan boshqarildi. Orqaga yo’l yo’qligini bilgan Fransiya
hukumati yagona valyuta tizimi sari harakat qildi va bu orzu 1985 yildan 1994
yilgacha bo’lgan davrni oralig’ida, Fransiya Moliya vaziri Delorning YI
boshqaruvi a’zosi bo’lgandan so’ng ushaldi.
1998 yil YeH sammitida YeH komissiyasining prezidenti Jakus Delor
boshchiligidagi komitet tuzildi. Bu komitetning asosiy maqsadi YVT ini barpo
etishdir. 1989 yili ushbu komitet 1991 yilning dekabr oyida «Maastrix
shartnomasi»da qabul qilinadigan takliflar e’lon qilindi.
Delor YeVT ga utishni 3 bosqichi orqali amalga oshirilishini ta’kidladi.
1-bosqichda, 1990 yil kapital ustidan nazoratni ya’ni cheklashlardan voz
kechish orqali erkin almashuv kursi mexanizmini yaratish.
2-bosqich, 1994 yilning 1-yanvaridan boshladi va bu davrda YeH moliyaviy
institutlarining YeVT ga tayyorgarlik jarayoni yuz berdi. 2-bosqichda davlatlarning
budjet defitsitini oldini olishga harakat qilindi, ammo bu urinishlar zoye ketdi.
3-bosqichda (muddati belgilangan) YeVT ga a’zo davlatlarning valyutaviy
almashuv kursini tenglashtirish va bu ma’suliyatni Yevropa Markaziy Banki
(YeMB) zimmasiga yuklash kelishilib olindi.
79
3-bosqichning amalda qo’llanishi «Maastrixt shartnomasi»da ham o’z aksini
topdi. 2-bosqichda Yevropa monetar institutlari (muassalari) YeH davlatlarining
monetar siyosatiga moslashuv jarayoni yuz berdi. Shu davrga kelib, monetar va
fiskal mezonlar yuzaga keldi. 2 yil davomida nominal kriteriyaga muvofik
davlatlarning monetar siyosati (1) past inflyatsiyani, (2) past darajadagi nominal %
stavkasi, (3) barkaror bo’lgan nominal almashuv valyuta kursini ta’minlash kerak
edi.
Yagona valyuta tizimini barpo etish masalasi 1985 yilda (dekabr oyida)
kabul kilinan «Yagona evropa pakti»da ta’kidjlab utildi. Bu Rim shartnomasining
(«Yagona bozor») davomi bo’ldi. Bu pakt 1993 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan
bo’ldi. Tabiiyki, xech kanaka chegara cheklovlari bulmagan yagona bozor, yagona
valyuta tizimini talab kildi. Ammo M.Petcher xukumati(oldin) karshi chikdi. Uz
markasi mavkeini tushib ketishini xoxlamagan Koll xukumati oldin siyesiy ittifok
tuzish kerakligini ta’kidladi. Keyinchalik bu taklifga Angoiya xukumati xam imzo
chekdi. Bu taklif kelgusi davrlarda kurib chikilishi tugrisida suz bergan YeI
boshqaruvi a’zolari YeVT ini eklab chikdi. Deor YeI ga a’zo davlatlarning
boshqaruvi raislarini yig‘ib, tovar, xizmat va kapitalning erkin harakati tugrisida
kelishib oldi va Rim uchrashuvidan sung eVT ning kuchga kirish kuni belgilab
olindi.
Uzoq tortishuvlar natijasida valyutaning kuchga kirish muddati uzaydi va
1992 yil kabul kilingan «Maastrixt shartnomasi» yagonai valyutaning kuchga
kirish muddati 1999 yil 1 yanvar kilib belgilandi.
Bu bilan evroxududning kurilish jarayeni tugamadi. 1992 yil Germaniya
chukur iqtisodiy inkirozga yuz tutdi. Inflyatsiya yuqoriligi sababli, Bundesbank %
stavkalarni kutarishga majbur bo’ldi, nostabil valyutalarni sotib markr yiga
boshladi. Shubxasiz bu holat YeVT ga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1992 yilning 5
sentyabridagi Nyu-York uchrashuvida (maxfiy) Buyuk Britaniya,Fransiya va
Germaniya moliya vazirlari bu muammoni xal kilish yullarini ko‘rib chiqdilar.
Angliya Moliya vaziri Lamont funt sterlingning iqtisodiy mavkeini tushib ketishga
sabab bulayetgan Germaniya valyuta siyosatidagi valyuta foiz stavkalarini
tushirishni suradi. Germaniya moliya xodimlari esa marka uchun devalvatsiya
talab kildi. 9 kundan sung Italiya lirasining bardosh bera olmaganligi sababli? Lira
devalvatsiya kilindi. Oktyabr oyiga kelib bu jarayen uz ta’sirini Angliya funt
sterlingiga xam utkazdi va bu holat Angliyani eVT idan chikishiga sabab bo’ldi.
Fransiya va Germaniya xukumati Miteran va Koll uchrashuvidan sung, uzlarining
Bundesbank va Fransiya MB orkali 2 valyuta paritetini nazorat kilishga kelishib
olindi. Ammo bu xam navbatdagi inkirozdan kutkara olmadi. 2 davlatning MB lari
amalga oshirayetgan kuchli intervensiya siyosatiga karamasdan 1993 yil 30
yanvarda «kora juma» nomini olgan iqtisodiy tanazzul yuzaga keldi.
«Maastrixt shartnomasi»ga kura, yagona evropa valyutasi «YeKYu» nomi
bilan ataldi. Dastlab «YeKYu» 1973 yilda tashkil etilgan valyuta xamkorligi
doirasidagi evropa valyuta fondida asosiy xisob birligi sifatida, valyuta bozorining
asosiy kotirovka valyutasi, bank kreditlari va qarz majburiyatlarining tulov vositasi
sifatida namoyen bo’ldi.
80
Yevropa Ittifokida yagona valyuta birligini YeKYu davom ettirish mumkin
edi, ammo Germaniya xukumati asosida Fransiya termini etgan YeKYu pul birligi
urniga umumevropa nomini eslatuvchi «Yevro» birligini kiritishni taklif kildi.
Yevropa valyuta tizimining tashkiliy va xukukiy asoslari xamda vazifalari.
YeVT ning boshqaruv organlari xozirgi kurinishga kelgunga kadar evropa
Valyuta Fondi (YeVF) tomonidan amalga oshirilgan.
YeVT ning amaldagi boshqaruvi 2 muxim usul bilan amalga oshirilgan:
1.
Administrativ usul;
2.
Bozor usuli.
2-usulda YeVT uchun asosiy shartlaridan biri bu EKYu ning konvertatsiya
masalasidir. Konvertatsiya muammosining yuzaga kelishi YeVF tashkil etilishiga
sabab bo’ldi.
1-usulda esa YeVF ga a’zo davlatlarning emission banklari EKYu bilan
bo’ladigan operatsiyalar jarayonida davlatlararo to’lov balansi saldosini tartibga
solish. Bu operatsiyalar doirasida xar bir davlatning MBi o’z valyutasidagi
aktivlarni EKYu ga konvertatsiya qilish xuquqiga ega bo’ldi. Bu turdagi valyuta
almashinuvlari YeVF funksiyalari doirasida amalga oshirildi. YeVF qisqa, o’rta va
uzoq muddatli moliyalashtirishni amalga oshirdi.
Baden-Vyurtemburgdagi MB ning boshqaruvchisi G.Klotenning taklifiga
ko’ra, turlicha tashkilotlarning modeliga ega bo’lgan YeVF, Milliy MB lar va
milliy hukumatlar o’rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan muammolarni xal
etishning 5 ta usulini ko’rsatib o’tdi:
1)
«Minimal»
2)
«Boshqaruv»
3)
«Yevropa Regional Fondlarini (YeRF) tartibga solish»
4)
«YeMB» ni tuzish
5)
«Sui generis»
Minimal prinsip. Yevropa valyutaviy-siyosiy hamorlik fondi YeVF nomini
oldi. Boshqaruv organlari esa milliy MB larning boshqaruvchilaridan tashkil
topgan. Bu usulda ko’proq YeVF tomonidan amalga oshiriladigan o’rta va uzoq
muddatli moliyalashtirish kiradi.
«Boshqaruv» usuli esa o’zining amaliy faoliyati bilan birinchidan farq
qilmaydi.
Hududiy valyuta fondlarining amaldagi boshqaruv markazi YeVF bo’lib
qoldi va YeVF o’zining muddatli kreditlari orqali administrativ boshqaruvni
o’rnatdi.
YeVF ning MB larining valyuta masalalaridagi faoliyatlarini birlashtirib o’z
boshqaruv yo’nalishining 2-pog’onasiga asos soldi. Nazoratchi rolini o’ynagan
YeVF a’zo davlatlarining valyuta siyosatini tartibga soldi.
YeVF ning faoliyati «sui-generis» bazaviy prinsipga asoslanganligi sababli
MB lar va xukumatlar bilan bo’ladigan to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv oson kechdi.
Bunda xalqaro valyuta bozorida vositachilik funksiyasi, o’rta muddatli va qisqa
muddatli moliyalashtirish, a’zo davlatlarning valyutaviy munosabatlarini tartibga
solish vazifalari qo’yildi.
81
Germaniya Bundesbanki YeVT ni bosh boshqaruvchisi nomini olgan YeMB
ning huquqiy va tashkiliy asoslari doirasidagi masalalarni ko’tarib chiqdi. YeMB
ning asosiy vazifasi «Maastrixt shartnomasi»da keltirilishicha – «narxlar
barqarorligini saqlashdir». YeMB ning qolgani vazifalari yuqoridagi vazifani
amalga oshirishga qaratilagan. Masalan, narxlar barqarorligiga erishish uchun
bozor iqtisodiyotining tamoyillariga asoslangan erkin raqobat sharoitida Ittifoqning
umumiy iqtisodiy siyosatini rag’batlantirish orqali erishish mumkin.
«Maastrixt shartnomasi»da keltirilishicha yevrohududga a’zo davlatlar
quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: «barqaror narxlar darajasi, davlat
moliyasi, valyuta kredit shart-sharoitlari va to’lov balansi».
Yevrohududda YeMB ning vazifalari, huquqlari tog’risida so’z borar ekan,
menimcha har bir valyuta-kredit doirasidagi masalani YeMB ning o’zi hal qilishi
kerak,
siyosatchilar
emas.(Angliyada
valyuta-kredit
siyosatini
asosiy
yo’nalishlarini davlat belgilaydi). YeMB xech qanday yuridik organlari oldida
hisobot bermasligi zarur (AQSH da FRS kongress oldida xisobot beradi) va
xukumat tomonidan berilgan yo’l-yo’riq va takliflar qabul qilmasligi kerak (AQSH
da FRS xar bir masalani prezident bilan muxokamadan so’ng qabul qiladi).
YeMB faqatgina Yevropa Parlamentining (YeP) komissiyasi takliflarini
qabul qilishi mumkin.
YeMB ning qolgan funksiyalariga:
Valyuta operatstyalarini tashkil etish;
A’zo davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini saqlash (boshqarish);
O‘zaro to’lov tizimi ustidan nazorat o’tkazish;
YI ichida pul emissiyasini tashkil qilish.
YeMB ning Sovetiga YeMB ning direksiya va 11 ta davlatning MB lari
kiradi. Bu sovet pul siyosati va asosiy foiz stavkalarini yevroxudud doirasida
amalga oshishini ta’minlaydi, pul massasi ustidan nazorat o’tkazadi. Quyidagi
sxemada YeMB boshqaruv a’zolarini tuzilmaviy ko’rinishi keltirilgan.
«Maastrixt shartnomasi» ning 7-moddasida keltirilishicha «YeMB xam,
milliy MB xam, boshqarma organlari a’zolari xam YI ning organlari tasarrufidagi
muassasalardan yoki a’zo davlatlarning hukumatlari tomonidan taklif qilingan
yo’riqnomalarni qabul qilishga haqqi (huquqi) yo’q».
Shu o’rinda Yamayka shartnomasida qabul qilingan SDR ning pul birligi
sifatida (suz) va kredit vositasi sifatida muomalada bo’lganligi haqida so’z
yuritishni joiz topdim.
1969 yil vujudga kelgan SDR mamlakatlarining valyuta siyosatida asosiy
rezerv aktivlari sifatida namoyon bo’ldi. Dastlab SDR oltin asosida aniqlandi,
ammo 1974 yil suzuvchi valyuta kursiga o’tilishi bilan «oltin asos» tizimiga chek
qo’yildi. SDR ning kursi «valyuta savati» –bunda 16 ta davlat milliy valyutalarini
o’rtacha nisbati orqali aniqlandi, shu bilan bir qatorda a’zo davlatlarning jahon
savdosidagi ulushi 1%dan kam bo’lmasligi kerak. 1981 yil SDR kursi 5ta davlat
valyutalaridan tanlov asosida aniqlandi.
Ko’pgina iqtisodchilarning hisoblashlaricha , SDR rezerv valyuta sifatidagi
harakatidan ko’ra, kredit vositasidagi ko’rinishi ko’proq darajada qayd etilgan
ekan.
82
EKYu esa YI ga a’zo 12 davlatning valyutalari asosida muomilada bo’lgan.
EKYu korzinasida xar bir davlatning ulushi YI ning Yalpi Milliy Mahsulotidagi
ulushi va YI miqyosidagi eksportning holati bilan aniqlandi. SDR dan farqli
ravishda EKYu oltin va dollarga qisman almashingan. EKYu ning emissiya hajmi
SDR nikidan yuqori bo’lgan. SDR kabi EKYu xam naqdsiz formada ya’ni
Markaziy Bank va tijorat banklarining hisob varaqlariga ezilish orqali muomalada
bo’lgan.
Yevrohududga a’zo davlatlar uchun «Barqarorlik pakti»ni qabul qilinishi
davlatlarning budjet defitsitini YaIM ga nisbatan 3% miqdorida (limit) belgilandi
va bu chegarani buzgan davlatlardan jarima undirib olish tizimi yaratildi. Bu
tizimni amalda ishlash mexanizmini Germaniya yoqlab chiqdi.
«Maastrixt shartnomasi» yevrohududga a’zo davlat bo’lib qabul qilinishning
5 ta shartini qo’ydi; ya’ni YeVI a’zolari bo’lgan davlatlar iqtisodiy jihatdan yuqori
rivojlangan va mustaxkam rahbariyatga ega bo’lgan hamda quyidagi iqtisodiy
ko’rsatkichlarga erishgan davlatlar bo’lishi mumkindir:
1)
budjet kamomadi (taqchilligi) YaIMning 3% miqdoridan oshmasligi
kerak;
2)
davlat qarzi YaIM 60% dan oshmasligi kerak;
3)
YeVT tomonidan aniqlanadigan valyuta kursi 2 yil davomida
tebranmasligi zarur;
4)
uzoq muddatli qarzlar bo’yicha foizlar 2% dan oshmasligi kerak;
5)
inflyatsiya darajasi 2.7% dan oshmasligi kerak.
Bu ko’rsatkichlar bajarilishini ta’minlash yagona yevro valyutaga o’tuvchi
barcha Yevropa davlatlari uchun majburdir. Albatta, bu kabi qiyin iqtisodiy
shartlarni bajarish hamma davlatning ham qo’lidan kelavermaydi. Bu talablarga
javob bera olmagani uchun ham Gretsiya davlati yevropa valyuta ittifoqiga qabul
qilinmadi.
2-asosiy mezon bu davlatning qarzdorlik darajasidir. 1997 yil bu talabga
faqat 4 ta davlat: Lyuksemburg (6,7%), Finlandiya (55,8%), Buyuk Britaniya va
Fransiya (58%) javob bera oldi. Qolgan davlatlarda qarzdorlik darajasi yuqori
bo’lsa ham (Belgiya 122,2%, Italiya 121,6% va x.k). YI Soveti tartibga solib
turiladigan qattiq iqtisodiy tizimni o’rnatish sharti bilan YeVT ga a’zo bo’ldi.
1993-1998 yillar ichida yevrohududga a’zo davlatlarning o’rtacha budjet
defitsiti 9,1% dan 2,4% ga tushdi (1999 yil 2% ni tashkil etilishi kutilmoqda).
Davlat xarajatlari 52,4% dan 48,7% ga tushgan.
YaIM esa 1997 yil 2,6% o’sgan (1996 yil 1,8%ni tashkil etgan), yalpi
iste’mol-2,3% (1,5%), ichki investitsiya-4,39% (1996 yil-2,1%) ga ko’paydi.
Iqtisodchilarning aytishicha YI ning iqtisodiy jihatdan barqarorligi xam bir
tomondan xalqaro kapitalning ichki investitsiya sifatida yevropaga kirib kelishni
ta’minlagan bo’lsa, (bu ko’rsatkich 1997-98 yillarda 36%ga oshgan). 2-tomondan
Osiyo, Rossiya va Lotin Amerikasida yuz bergan iqtisodiy krizislarning
tezlashuviga sabab bo’ldi.
1999 yil 1 yanvardan boshlab, yevropa valyuta ittifoqi a’zolari bo’lgan
davlatlarda pul-kredit siyosati bo’yicha qarorlar qabul qilinishi bo’yicha vakolatlar
11ta milliy MB lardan yagona YMB ga o’tdi. YeMB Kengashi valyuta ittifoqi
83
ishtirokchilari bo’lgan davlatlar uchun yagona pul siyosatini aniqlash huquqiga ega
bo’ladi. YMB ning 1-prezidenti qilib, 62 yoshli Gollandiya fuqarosi Vima
Deysenburg 8 yil muddatga saylandi. Ammo fransuzlar bu nomzodga qarshi ovoz
berib, Fransiya bankining boshqaruvchisi bo’lgan Jan-Klod Trishe nomzodini
ilgari surdilar va nihoyat ikki tomon o’zaro kelishuv asosida, to’rt yildan keyin
janob Deysenberg «ixtiyoriy ravishda» o’z joyini janob Trishega bo’shatib
berishga kelishdilar. Albatta, bu holat yuridik tomondan hech qayerda
rasmiylashtirilmagan, faqatgina janob Deysenbergning vijdon amriga havoladir.
YMBning birinchi navbatdagi vazifasi yevropaning yuzaga keladigan ochiq
valyuta bozorida baholar barqarorligini ta’minlashdir. Fikrimizcha, valyuta
ittifoqining dastlabki yuzaga kelish bosqichlarida YeMB ochiq bozor
operatsiyalarini keng qo’llashga majbur bo’ldi. Bir tomondan ochiq bozorlar
operatsiyasining afzalligi uning soddaligidadir, bu murakkab makroiqtisodiy xisob-
kitoblardan qochib, pul massasi me’yorini aniqlash imkonini beradi. Boshqa
tomondan esa, ochiq bozorlardagi operatsiyalar sezilarli tebranishlarga va hattoki
YeMB zaxirasi, oltin rezervi valyutasini holdan toyishiga olib keladi. Agar, YeMB
bu moliyaviy vositani doimiy ishlatsa, valyuta chayqovchilarining bozoridagi
o’zgarishlar dinamikasini bilib qolishi va ular bozorini o’zgartirib yuborishi
mumkin. Vaholanki, bunaqangi holat bir marta bo’lgan emas, 1990 yillarning
boshlarida funt, lira va fransiya franki bilan bo’lgan o’yinlarni eslash kifoyadir.
Ma’lumki, 1993 yilda EKYu nomi bilan «Maastrixt shartnomasi»ga asosan
yevropa valyutasi timsoli sifatida paydo bo’lgan edi. 1995 yilda Germaniya
taklifiga asosan uning nomi yevroga almashtirildi. 1997 yil yozida 1999 yil 1
yanvardan boshlab yevroni naqd pulsiz oborotga kiritishga kelishildi, ya’ni bu kuni
yevroga «rasmiy tug’ilish guvohnomasi» berildi. Ammo naqd pul holida aholi
qo’lida yoki xamyonida 2002 yilgacha bo’lmaydi. 1999 yildan 2002 yilgacha
barcha to’lov operatsiyalari YVI a’zolari bo’lgan davlatlarning milliy valyutasida
amalga oshiriladi.
2002 il 1 yanvardan to 1 iyulgacha aholiga qog’oz va tanga yevro pul
birliklari tarqatiladi. Mana shu olti oy davomida bir-birlari bilan savdo qiluvchi
davlatlar to’lov uchun ikki valyutani, ya’ni milliy va yevroni qabul qilishga
majburdirlar. 2002 yil 1 iyuldan boshlab, yevropa uchun yevro yagona pul birligi
bo’lib qoladi. Barcha milliy valyutalar muomaladan chiqariladi va muomalada
faqatgina yevro qoladi, holos.
Do'stlaringiz bilan baham: |