Bank ishi va investitsiyalar


 Inflyatsiya nazariyalari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

8.3. Inflyatsiya nazariyalari 
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o‘rganishda iqtisodchi olimlar uning 
monetar sabablarini, ya’ni tovar masasiga nisbatan pul massasining hajmini 
o‘zgarishini asosi qilib ko‘rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda 
uning darajasini o‘lash uchun dastak lozim bo‘ladi. Ushbu dastak bo‘lib baholar 
indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste’mol narxlarining bazis 
davridan narxlarga nisbatan o‘sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni 
aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste’mol savatiga kiritilgan mahsulotlar va 
xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha 
hisoblanadi: 
PKt 
IPS = ---------- x 100 % 
PKb 
Bu yerda: IPS – iste’mol narxlarining indeksi; 
PKt - iste’mol savatining joriy narxi; 
Pkb - iste’mol savatining bazis narxi. 
Inflyatsiya darajasining o‘sishini bir bahosini o‘sishi bilan aniqlash mumkin. 
Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so‘m bo‘lgan va uning joriy 
davrdagi narxi 585 so‘mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning 
narxi 117 % ga ortgan. 
585 so‘m 
1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 %
500 so‘m 
Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot 
indeksi ko‘rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma’lum bir davr 
mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, 
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi 


98 
ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o‘lchash 
uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator – bu pul ifodalangan iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni o‘tgan davrdagi baholar darajasiga nisbatan taqqoslash maqsadida 
qo‘llaniladigan koeffitsiyentdir. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy 
ish haqi darajasini aniqlash mumkin. 
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o‘rganish va uni oqilona 
boshqarish bo‘yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan biri bo‘lib Angliyalik taniqli 
iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns 
bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini 
ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib 
borish, talabni rag‘batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga 
oshirishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy 
mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat: 
1.
Mamlakat aholisining ish bilan ta’minlanganligi darajasi ishlab chiqarish 
hajmi bilan aniqlanadi;
2.
Umumiy talab taklifga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ma’lum pul mablag‘lari 
jamg‘arishga sarflanadi; 
3.
Ishlab chiqarishning hajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka 
asosan aniqlanadi; 
4.
Investitsiyalar va jamg‘armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda 
jamg‘arma aktlari mustaqil faoliyat ko‘rsatadi. 
Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo‘shimcha pul emissiyasi 
aholining to‘lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va 
xizmatlarni ko‘payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
haridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko‘paytiradilar va 
muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan 
to‘ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya 
“tartibga solinib turiladigan inflyatsiya” nomini olgan. 
O‘tgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos 
solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel mukofatining 
laureati, “Chikago iqtisodiy maktabi”ning boshlig‘i Milton Fridmen asos soldi. 
Xalqaro amaliyotda ushbu maktab “monetarizm” deb nomlanadi. Monetarizm 
maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1)
“Pullar ahamiyatga egadir”, ya’ni kredit – pul sohasidagi o‘zgarishlar 
mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi; 
2)
Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo‘jalik holatidan qat’iy nazar 
pul massasining barqaror o‘sishini ta’minlab turishi lozim. 
M. 
Fridmenning 
asosiy 
g‘oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat 
ig‘tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat budjetining holati, ishsizlik darajasi va 
boshqa makroekonomik ko‘rsatkichlardan qat’iy nazar davlatning pul siyosatidagi 
asosiy vazifasi o‘rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g‘oya Dj. Keyns 
g‘oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini o‘sishidagi cheklovlar va 
talabni oldinga surgan bo‘lsa, M. Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy 
o‘sishini oldinga surgan. 


99 
Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydilar: 
- tadbirkorlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantirish (foydaga investitsiya 
qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish); 
- davlat harajatlarini qisqartirish; 
- investitsiyaga yo‘naltirilgan jamg‘armalarning o‘sishini rag‘batlantirish 
(mamlakat aholisining jamg‘armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog‘ozlarga 
joylashtirish). 
O‘z mohiyatiga asosan monetaristik siyosat qat’iy siyosat bo‘lib, uni amalga 
oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarqlikni talab etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Dj. Keyns va M. Fridmen yaratgan nazariyalari 
inflyatsiya bilan oqilona kurash olib borishda mutloq to‘liq javob bermaydi. Har 
ikkala nazariya o‘zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham 
egadir. 
Iqtisodiyoti 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
tajribasi 
shundan 
dalolat 
bermoqdaki inflyatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik 
muammosi hal etishlikni, ularning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tahlil etgan 
avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflyatsiya va ishsizlik 
haqiqatda ular o‘rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi.
Uning fikricha aniq olingan mamlakatda aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi past 
darajada bo‘ladi. O‘z vaqtida uning aksi inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan 
holatda, ishsizlik darajasi past bo‘ladi.
Biz buni quyidagi grafikda ko‘rishimiz mumkin.
8.2- chizma

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish