Bank ishi va investitsiyalar


-jadval Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari 1993 yil, aprel



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

7.2-jadval
Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari 1993 yil, aprel 
Respublikalar 
Pul birligi va uning kursi 
Armaniston 
Rubl 
Ozarbayjon 
Manat va rubl (1manat=10 rubl) 
Belarussiya 
Rubl va B. Rubli (1 B. Rubli=10 rubl)
Estoniya 
Krona (8 kron=1 nemis markasi) 
Gruziya 
Rubl va kupon 
Qirg‘iziston 
Som (3 may 1993 yildan) 
Latviya
Latviya rubli (130 l.r. = AQSh dollari) 
Litva 
Talonlar (505 talon = 1 AQSh dollari) 
Moldaviya 
Rubl va kupon 
Rossiya 
Rubl 
Tojikiston 
Rubl 
Turkmaniston 
Rubl 
Ukraina
Korbonavets (1 korbonavets=0,3 rubl) 
O‘zbekiston 
Rubl va so‘m kupon 
Pul qadrining tushishi, naqd pul yetishmovchiligiga, oxiri esa ish xaqi, 
nafaqalarni to‘lashda qiyinchiliklar bo‘lishiga olib keldi. SSSR davridagi oxirgi 
banklar to‘g‘risidagi qonunga asosan davlat banki o‘rniga Markaziy bank, mustaqil 
davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni 
bajarish huquqini o‘z qo‘liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib 
chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy 
banklarining pul muomalasini olib borish bo‘yicha harakatlari cheklagan edi. 
Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil 
darajada namoyon bo‘ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan 
pullarda Rossiyaning salmog‘i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 
1992 yil iyunga kelib emissiyaning 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga 
yo‘naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun 
muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa 
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog‘i tushib ketgan. Belorussiya, 
Gruziyaning salmog‘i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo‘yi 
respublikalarining salmog‘i yanada ko‘proq qisqargan.


89 
O‘zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga bo‘lgan talabning 
qondirilmaganligida namoyon bo‘lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini 
shakllantirish bo‘yicha mustaqil davlatlar oldida ikki muiobil yo‘l turardi.
– Yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini 
olib borish; 
– O‘z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o‘z pul tizimiga ega bo‘lish va 
qo‘shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o‘zini himoya qilish. 
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo‘lmagan 
sharoitda pul taqchilligini yo‘qotish maqsadida ko‘pgina respublikalar, jumladan, 
O‘zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi 
tuzildi.
O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini kiritish zaruriyati Rossiyada 1993 yilgi 
yangi banknotalar kiritilishi bilan yanada keskin tus oldi. Amalda bu Rossiya 
tomonidan o‘z milliy valyutasining muomalaga kiritilishi edi. Bunda 1992 yilning 
dekabrida muomalaga kiritilgan ushbu banknotalar faqatgina Rossiya banklariga 
tarqatildi. Bu esa Rossiya rubl zonasidagi davlatlar oldidagi majburiyatlarini inkor etishi 
edi, negaki yangi naqd pullar boshqa respublikalarga berilmadi. Rossiyaning ushbu 
qadamidan so‘ng tez orada bir qator MDH davlatlari ham o‘z milliy valyutalarini 
kiritdilar. Natijada ular hududlarida amal qilmay qo‘ygan eski pul massasi 
O’zbekistonga yopirildi. 
O‘zbekiston rubl zonasida yuzaga kelgan ushbu vaziyat natijasida juda qiyin va 
noqulay ahvolda qoldi, negaki boshqa respublikalarda amal qilmay qo‘ygan 1961-1992 
yillar oralig’ida muomalaga chiqarilgan «rubl» banknotalari evaziga respublika 
hududidan turli-tuman mahsulotlar olib chiqib ketila boshlandi. 
Qiyin iqtisodiy sharoit O‘zbekiston rahbariyatidan ikki alternativ yo‘ldan birini - 
rubl zonasida qolish yoki o‘z milliy valyutamizni kiritishni tanlashni taqozo qilmoqda 
edi. Makroiqtisodiy beqarorlik, yuqori inflyatsiya darajasi, moliyaviy va iqtisodiy 
nomutanosibliklar kuchayib borayotgan bir sharoitda tez muddatda bir to‘xtamga kelish 
zarur edi. Yuzaga kelgan vaziyatni chuqur tahlil etgan holda birinchi Prezidentimiz: 
«Eng avvalo, boshqa davlatlardan iqtisodiy mustaqil bo‘lishi uchun respublika o‘z 
puliga, o‘zining milliy valyutasiga ega bo‘lishi lozim. Bu har qanday davlatga xos 
bo‘lgan belgigina emas, shu bilan birga, iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan 
biri hamdir», - deb ta’kidlagan edi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, yangi 
valyutaga o‘tish inqilob bilan barobar edi . 
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko‘rsatilgan variantlari 
tahlili asosida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 
noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘m-kuponlarni muomalaga 
kiritishni joriy qilish to‘grisida»gi Qaroriga muvofiq 1993 yil 15 noyabrdan boshlab 
oraliq valyuta sifatida «so‘m-kupon» 1 so‘m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi. 
Oraliq valyutaniig joriy etilishi, avvalo, uning ichki ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlash, respublikada pul-kredit munosabatlarini 
tartibga solish bo‘yicha to‘laqonli mexanizmni yaratish zarurati, shuningdek, yuqorida 
aytib o‘tilgan o‘zgarishlar yuzaga keltirgan keng doiradagi texnik muammolar bilan 
bog‘liq edi. Oxir-oqibatda bu muayyan darajada mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni 
barqarorlashtirish va milliy valyutani muomalaga kiritishga puxta tayyorgarlik ko‘rish 


90 
imkonini berdi. Chunonchi, ushbu davrda so‘m-kuponning xarid qobiliyatini oshirish 
va ichki iste’mol bozorini to‘ldirish choralari ko‘rildi, uning asosiy jahon valyutalariga 
nisbatan qiymatini aniqlash boshlandi, sobiq Ittifoq respublikalaridagi hamkorlar bilan 
hisob-kitoblar tartibga solindi, valyuta nazorati haqidagi tegishli nizom ishlab chiqildi. 
Muomalaga so‘m-kuponlar kiritilishi iqtisodiyotdagi va iste’mol bozoridagi 
vaziyatning barqarorlashuviga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1994 yilning 16 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga 
kiritish to‘g‘risida»gi Farmoni asosida 1994 yil 1 iyulidan boshlab o‘z milliy 
valyutamiz «so‘m» muomalaga kiritildi. Bu O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishida sifat 
jihatdan yangi davr - mustaqil pul-kredit siyosati yuritilish davrining boshlanishi edi. 
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil pul-
kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini 
tartibga solish va nazorat qilish, samarali to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishga erishishga 
yo‘naltirildi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va 
keyinchalik O‘zbekiston o‘zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. 
O‘zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo‘lmish so‘m jamiyat 
manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy 
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo‘lmagan 
vazifa. O‘zbekistonning o‘z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda 
rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mamlakatimizning o‘ziga xos 
xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo‘lishini taqozo qiladi.
Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalash-tirishlar O‘zbekiston iqtisodiy 
mustaqillikka erishish uchun to‘g‘ri yo‘l tanlaganini ko‘rsatib turibdi. Zero, mustaqil 
pul tizimiga ega bo‘lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin 
emas.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish