Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Fillips egrisi. 
Ishsizlik darajasi % da
15
 
8.4. Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari 
A. Fillipsning fikricha, inflyatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda 
haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Ushbu holat aholining turli toifalari narx-
15
Мамeдов О.Ю. и др. Соврeмeнная экономика. -Ростов на Дону. 1998. -604 б. 


100 
navo ko‘tarilishi natijida yo‘qotilgan haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish 
maqsadida ishlashga majbur bo‘ladi. Buning natijasida, mamlakat aholisi o‘rtasida 
ishsizlak darajasining pasayishi kuzatiladi. 
Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig 
yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo‘nalishlarda 
yuzaga chiqadi: 
1)
Ishlab chiqarish hajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda 
tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo‘lgan istiqbollarga ishonchni 
yo‘qotishga olib keladi; 
2)
Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga 
oqib o‘tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi 
tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo‘lgan davrda aholi 
o‘rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya’ni kishilar qo‘llaridagi pullardan 
imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar 
sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik do‘konida tovarlar tez 
sotiladi; 
3)
Narx-navoning keskin va notekis o‘zgarishi natijasida chayqovchilik 
kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu 
taqchillik narx-navoning keskin ko‘tarilishiga olib keladi; 
4)
Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat budjeti daromadlari budjet 
harajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Budjet daromadlari va 
harajatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida 
budjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi; 
5)
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya darajasi 
tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning 
foiz darajasinig yuqori darajada o‘rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni 
pasaytiradi. 
Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo‘lib daromadlar va boyliklarni 
qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi 
quyidagi omillar natijasida amalga oshadi: 
- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi; 
- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan 
kreditlar baholar indekslarining o‘zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi. 
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad 
quyidagi yo‘nalishlarda qayta taqsimlanadi: 
1)
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat 
xududlari o‘rtasida narx-navoning notekis o‘sishi natijasid; 
2)
Mamlakat aholisi va davlat o‘rtasida. Bunda davlat tomonidan 
muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo‘shimcha daromad sifatida foydalanadi. 
Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi; 
3)
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o‘rtasida. Maxsulotlar va 
xizmatlarga bo‘lgan narx-navoning notekis o‘sib ketishi natijasida aholi o‘rtasida 
ijtimoiy toifalarga bo‘linishini (boylar, kambag‘allar, qashshoqlar), mulkiy 
holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg‘armalar va joriy iste’molning keskin 
o‘zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta’siri eng avvalo qat’iy 


101 
belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 
ko‘p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o‘qituvchilar, vrachlar, bog‘cha 
xodimlari va boshqalar) uchun juda og‘ir kechadi; 
4)
Debitorlar va kreditorlar o‘rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul 
qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar 
qo‘shimcha zarar ko‘radi. 
Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari 
qo‘shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta’sir 
ko‘rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo‘shimcha sug‘urta va 
turli kafolatlar asosida o‘zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu 
munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan.
Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy 
ta’sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar 
keskinlashadi, aholi o‘rtasida hukumatga bo‘lgan norozilik kuchayadi. Shuning 
uchun, hukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining 
barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi chora-
tadbirlarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish