Bank ishi va investitsiyalar


-rasm. Pul aylanmasi tarkibi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

4.1-rasm. Pul aylanmasi tarkibi 
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi pul aylanmasining tarkibiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning 
pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, tovar pul 
munosabatlarida to‘lovsizlik muammosi mavjud emas. 
M2 
MK =
YaIM 
MK = 
monetazitsiya koefitsiyenti 
M2 = 
pul agregati 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining 
rivojlanganligi naqd pullarga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keldi. Bu esa pul 
aylanmasi tarkibida naqdsiz yuqori va barqaror darajada saqlash imkonini beradi. 
TBS-KST-MKTS 
PM
=
 
 
PAT 
PM = 
pul massasi 
MKTS = 
muddati kelgan to‘lovlar summasi 
Pul funksiyalariga 
ko‘ra 
Pul aylanmasi 
Pul belgilariga
ko‘ra
Sub’ektlarni 
joylashish o‘rniga 
ko‘ra 
Tovar–pul munosa-
batlarining aks 
ettirilishiga ko‘ra 
Shaharlararo 
aylanmasi 
Shahar 
ichidagi 
aylanmasi 
Muomala 
vositasi 
To‘lov 
vositasi 
Tovarsiz 
pul 
aylanmasi 
Naqd pul 
aylanmasi 
Naqdsiz 
pul 
aylanma
si 
Tovarli 
pul 
aylanmasi 


43 
TBS = 
tovarlar bahosi summasi
 
KST 
= kreditga sotilgan tavorlar summasi
 
PAT = 
Pul aylanmasi tarkibi 
 
4.3. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Naqd pulsiz 
hisob-kitoblar tizimi va uning elementlari. 
Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va 
oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni 
hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. 
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi 
lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: 
– naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala 
tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; 
– mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va 
kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida 
hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; 
– bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning 
hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida 
mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso 
topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat budjetiga 
o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq 
idoralari tomonidan, budjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan 
to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan 
holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan 
tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; 
– bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i 
asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida 
mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; 
– mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ 
oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; 
– to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd 
pulsiz hisob – kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari 
orqali amalga oshiriladi. 
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning 
tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi 
o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi.
Bankda mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish uchun asos 
bo‘ladigan hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i xizmat 
ko‘rsatadigan buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi hamda to‘lashga qabul 
qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan 
tasdiqlanadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd – 
pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ayrim mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq 
miqdorni tashkil etadi.


44 
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator 
omillar ta’sir qiladi. Xususan: 
1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining 
yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori 
darajada bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‘lgan moyilligi 
pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi. 
2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsiyenti darajasining tegishli me’yori 
ta’minlangan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning yetarli darajada pul bilan 
ta’minlanganlik 
darajasi 
monetizatsiya 
koeffitsiyenti 
asosida 
aniqlanadi. 
Monetizatsiya koeffitsiyenti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra uning miqdori, 
o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim. 
Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsiyenti ushbu miqdordan past bo‘lsa 
iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning 
yetishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi 
kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi; 
3. Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining yetarli ravishda 
qondirilmasligi. Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan 
pullar o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs 
bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni 
kreditlash 
uchun 
yo‘naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga 
to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz 
hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish