Bank ishi va investitsiyalar


 Zamonaviy monetarizm nazariyasi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

3.5 Zamonaviy monetarizm nazariyasi. 
Keynsning bevosita davlat investitsiyalarining roliga va kon’yunkturani 
tartibga solishning budjet uslublariga ortiqcha baho berib yuborgan tavsiyalarining 
qo‘llanib bo‘linmasligi inflyatsiya fenomenini “sof pullik asosda” izohlashga 
urinishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bunday yondashuv Milton Fridmen 
(1912 yilda tug‘ilgan) boshchiligidagi hozirgi monetaristlar asarlarida amalga 
oshirildi. 60-70-yillarda uning “Kapitalizm va erkinlik”, “Qo‘shma Shtatlarning 
monetar tarixi. 1867-1970” (A.Shvars bilan birgalikda), “Pozitiv iqtisodiy fan 
ocherklari”, “Dollar va defitsit”, “Pul nazariyasidagi kontr evolyutsiya” va boshqa 
asarlari chop etiladi. 1976 yilda M.Fridmenga Nobel mukofoti berildi. 
Monetaristlar pullarning miqdoriy nazariyasining yangicha talqinini taklif 
etishdi. M.Fridmen statistik tahlil asosida quyidagicha formulani taklif qildi: 
MV = Py, 
bunda: M – pul massasi; V – daromadning aylanish tezligi; P – narxlar 
darajasi; y – real daromad normasi (oqimi). 
Pullarni monetaristlar takror ishlab chiqarishning hal qiluvchi omilli sifatida 
ko‘rib chiqishadi, shuning uchun davlatning pul-kredit sohasini noto‘g‘ri tartibga 
solishi, ularning fikricha, iqtisodiy tanazzulni keltirib chiqarishi mumkin.
So‘nggi yillarda paydo bo‘lgan va 2008 yilda yuza chiqqan jahon moliyaviy 
–iqtisodiy inqirozining sabablariga o‘z e’tiborini qaratgan O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek” Birinchidan, 
moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab 
olayotgani, resessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik 
ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, 
jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar 
sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda
14
”. 
Bunday tanazzulning oldini olish uchun, birinchidan, pul massasining o‘sishi 
sur’atlarini yiliga 3-4% gacha pasaytirish zarur (bu AQSh milliy daromadining 
o‘rtacha o‘sish sur’atlariga to‘g‘ri keladi). Shunisi xarakterliki, bunday sur’atlar 
iqtisodiy kon’yunkturaning joriy holatidan qat’i nazar tavsiya etiladi, chunki, 
monetaristlarning fikricha, qabul qilingan qarorlarning ta’siri jiddiy kechikadi va 
ularning boshlang‘ich maqsadiga putur yetkazadi. Ikkinchidan, davlatning 
iqtisodiy funksiyalarini cheklash: davlat sektori miqdorlarini kamaytirish, davlat 
harajatlarini, shu jumladan, ijtimoiy ehtiyojlarga harajatlarni qisqartirish kerak (bu 
yirik biznesning manfaatlariga ob’ektiv xizmat qiladi). 
14
Karimov I. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf еtishning yo`llari va choralari.
T. : “O`zbekiston”, 2009. 5 b. 


37 
1969-1970-yillarda va 70-yillarning ikkinchi yarmida AQSh, Angliya, GFR, 
Yaponiyada va boshqa ayrim mamlakatlarda monetaristik tavsiyalarni amalda 
qo‘llanishga urinishlar bo‘ldi. Hisobga olish stavkasi jiddiy oshirildi (17-
20%gacha), ilgari natsionalizatsiya qilingan korxonalarning qisman qaytadan 
xususiylashtirilishi va shu kabi tadbirlar amalga oshirildi. Biroq inflyatsiya bilan 
kurashda 
erishilgan 
shubhasiz 
yutuqlarga 
qaramasdan 
kapitalizmning 
rivojlanishidagi tanazzulli pasayishlarning to‘liq oldini olib bo‘lmadi – 1980-1982-
yillardagi tanazzul shundan yaqqol dalolat berdi. Bir qator mamlakatlarda ushbu 
tanazzul urushdan keyingi davrdagi nafaqat eng uzoq davom etgan, shu bilan birga 
eng teran tanazzul bo‘ldi. Monetaristik chora-tadbirlar, shubhasiz, mehnatkashlar 
real daromadlarining harakatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, hozirgi 
monetarizm qo‘yilgan vazifani to‘liq hal qila olmadi. Bu shuning uchun yuz 
berdiki, monetarizm kapitalistik ishlab chiqarishning tub muammolaridan, avvalo 
va asosan kredit-pul muomalasi sohasidan ajratib abstraklashtirildi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish