Bank ishi va investitsiyalar


-rasm. Inkassa topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarda



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

4.4-rasm. Inkassa topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarda 
hujjatlarning aylanish tartibi 
Tuman Davlat soliq inspeksiyasi belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida 
to‘lamagan xo‘jalik sub’ektlariga nisbatan inkasso topshiriqnomalarini banklarga 
taqdim etadi (1), tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisobvarag‘ida 


53 
mablag‘lar mavjud bo‘lsa, inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani so‘zsiz 
ravishda respublika yoki mahalliy davlat budjetiga o‘tkazadi (2), va to‘lovchiga bu 
haqda xabar beradi (3). Agar mablag‘ yetarli bo‘lmasa yoki umuman mavjud 
bo‘lmasa to‘lov hujjatlari ikkinchi kartotekaga kirim qilinadi, ushbu hujjatlar 
to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar paydo bo‘lib, to‘lovlar amalga 
oshirilgunga qadar hisobga olib boriladi. 
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirilmaganligi 
iqtisodiy jarayonlarning ijobiy tashkil etilganligi va xo‘jalik sub’ektlarining 
soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirayotganligidan dalolat beradi. 
 
4.5.“Umumiy to‘lov aylanmasi” tushunchasi va uning tarkibi. 
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha 
naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan 
amalga oshiriladi. 
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi 
foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan 
to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi 
nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:
1.
Vertikal vakillik hisob raqami. 
2.
Gorizontal vakillik hisob raqami. 
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal 
vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi. 
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida 
ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta 
nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent 
shahar bosh boshqarmasida ochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va 
to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul 
mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi.
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsiyentining eng past normativ 
darajasini 1.25 qilib belgilangan.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak. Ammo 
qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib qo‘yishga 
ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso 
topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni 
to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi. 

To‘lovlarning muddatliligi 

Naqdsiz 
hisob 
kitoblarni 
to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida 
o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi

Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy 
javobgarligining mavjudligi. 


54 

Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan 
foydalanadi.
To‘lov topshiriqnomalari 
Cheklar 
Hujjatlashtirilgan akkreditivlar 
Inkasso 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish