59
Chunki tijorat banklari zimmasiga nizom talablarini bajarmagan tijorat banklari
ma’sul shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik xattoki ishdan ozod etishgacha
javobgarlik belgilandi.
Pul muomalasi barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni samarali tashkil etish maqsadida, Vazirlar
Mahkamasining 1994 yil 11 iyuldagi “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga
oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 356-sonli Qaroriga ko‘ra Markaziy bank va tijorat
banklari tomonidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, mulkchilik
shakllaridan qat’i nazar, naqd pullarni ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar,
pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni to‘lashga, shuningdek, xizmat safari
harajatlari uchungina berilishi belgilandi hamda 1994 yilning 1 avgustidan
mehnatga haq to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘lar davlat yo‘li bilan tartibga
solinishi joriy etildi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan dastlabki oylardan boshlab respublikada
naqd pul emissiyasini qisqartirish va uning muomalada bo‘lishini tezlashtirish
asosida pul muomalasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda
qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini tezlashtirish
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994yil 28 oktyabrdagi 526-sonli Qarorida ushbu
vazifalarga oid dasturiy chora-tadbirlar belgilanib amalga oshirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul mablag‘lari emissiyasini
qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996 yil 2 iyuldagi 230-sonli Qarori
respublikada naqd pul emissiyasi darajasini pasaytirish, Respublika mintaqalarida
pul muomalasini yaxshilash uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning
javobgarligini oshirish maqsadida qabul qilindi. Ushbu qaror bilan “Respublika
mintaqalarida pul mablag‘lari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va
kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini
oshirish va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi.
2004 yil 24 sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob
qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida
Yagona umumrespublika protsessing markazi tashkil etildi. U savdo tashkiloti yoki
xizmatlar sohasiga yohud plastik kartochka egasiga qaysi bank orqali xizmat
ko‘rsatilayotganidan qat’i nazar, bank operatsiyalarini barcha savdo
shoxobchalarida yagona rejimda olib borish imkonini beradi. Ayni paytda, Yagona
umumrespublika protsessing markazi so‘m plastik kartochkalarini muomalaga
chiqaruvchi 25 ta tijorat bankni birlashtiradi. Markazda “UZKART” so‘m plastik
kartochkalari bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar banklararo to‘lov tizimi tashkil
etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: