51
Barcha hisob – kitoblarda bo‘lgani singari, dastlab sotuvchi – akkreditiv
bo‘yicha mablag‘ oluvchi va sotib oluvchi – akkreditivga ariza beruvchi o‘rtasida
shartnoma tuziladi (1), sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani
sotuvchining hisobiga deponentlash uchun akkreditivga arizani bankka taqdim
etadi (2), bank emmitent o‘z navbatida akkreditivga arizada ko‘rsatilgan summani
sotuvchining hisobiga o‘tkazish maqsadida elektron arizani bosh bankka jo‘natadi
(3), bosh bankda Koson bo‘limi vakillik hisobidagi mablag‘ Oqtosh bo‘limi
vakillik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va bu haqda elektron akkreditivga arizani bank
bo‘limiga jo‘natadi (4), sotuvchining banki shartnomada ko‘rsatilgan akkreditiv
summa uning hisobiga deponentlanganini xabar qiladi (5), sotuvchi o‘z navbatida
tegishli tovarlarni sotib oluvchiga jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (6),
sotuvchi tovarlarni jo‘natganligi yoki xizmatlar ko‘rsatganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni bankka taqdim etadi (7), bank o‘z navbatida deponentlangan
summaning uning hisobiga o‘tkazadi.
Mablag‘ oluvchining bankida akkreditivning amal qilish muddati tugaganda,
akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan tartibda mablag‘ oluvchi uni bekor qilish
haqidagi ariza berganda, to‘liq chaqirib olinganda akkreditiv yopiladi.
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator ijobiy va salbiy
jihatlar mavjud bo‘lib, uning salbiy jihatlari asosan mablag‘ to‘lovchining
zimmasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagilar bilan izohlanadi:
– pul to‘lovchining hisobvarag‘idan mablag‘ni akkreditiv hisobvarag‘iga
deponent qilinishi natijasida ushbu mablag‘ning oborotdan vaqtinchalik chiqib
ketishi (odatda akkreditiv summasi 20 – 30 kunga deponent qilinadi);
– to‘lovchi ta’minlanmagan akkreditivdan foydalangan holda ham olingan
tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uning talabiga to‘liq mos kelmagan hollarda
to‘lovni amalga oshirishga rad javobining berolmasligi yoki ushbu jarayonning
vaqtni olishi hamda qo‘shimcha hujjatlarni talab etilishi ortiqcha ishlarni keltirib
chiqaradi;
– yuqorida akkreditiv bo‘yicha hujjatlarning aylanishidan ham ko‘rinib
turibdiki, ushbu jarayon bir muncha murakkabroq.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblarda mol jo‘natuvchiga qator qulaylik
jihatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
– akkreditiv shartnomasi tuzilgandan keyin tovarlarni ishlab chiqarishga
kirishishi mumkin. Chunki ushbu tovarlarni sotib oluvchi tayin va undan tegishli
iqtisodiy foyda kelishi kafolatlanadi;
– jo‘natilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov kafolatlangan.
Chunki ta’minlangan akkreditivda pul to‘lovchi tovar va xizmatlar uchun
to‘lanadigan
mablag‘ni
alohida
hisobvarag‘iga
deponentlab
qo‘yadi.
Ta’minlanmagan akkreditivda esa tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘
pul to‘lovchining banki tomonidan kafolatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: