16
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
Banki to‘g‘risida»gi O‘onunning 1-moddasida belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiyuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki - iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini
o‘zining daromadlari
hisobidan amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega.»
O‘onunning 3-moddasida «Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini
ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining
barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning
iqtisodiy siyosatida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari faoliyatining
ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda
amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo
etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash ko‘rsatkichlarini tijorat banklarini qayta
moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo‘li
bilan tartibga
solish, valyuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi hisoblanadi.
Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi
makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu
holat qonunning 6-moddasida «Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul
qilishda mustaqildir» deb tasdiqlangan. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
O‘onunning 2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik
shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning
moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali
o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va ta’sirida bo‘lmagan turli omillar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadiga erishishini
murakkablashtirishi mumkin. SHunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan
Markaziy bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini,
birinchi galda
pulning qadrsizlanish sur’atini va valyuta kursini belgilashni idora qiladi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir
qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa
yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank
hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bank o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni
baravar ko‘rishi lozim.
17
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng
Do'stlaringiz bilan baham: