Bankning daromadlilik darajasi. Bu bankning kelgusida o‘sishi uchun etarli bo‘lishi nuqtai nazaridan uning daromadi yoki foydasini tavsiflovchi omil- ko‘rsatkichdir.
5.
|
“L”
(Liquidity)
|
Bankning likvidlilik darajasi. Bu bankning oddiy va kutilmagan majburiyatlarni yo‘qotishlarsiz bajaraolish uchun zarur darajada mablag‘ bilan ta’minlanganligini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir.
|
«CAMEL» tizimi, ko‘proq masofaviy nazoratga asoslangan evropacha usuldan farqli o‘laroq, joyida tekshirishga asoslangan bo‘lganligi sababli, banklarni tashqi audit qilishda juda ham qo‘l keladi.
Mazkur tizim AQSH tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishda qo‘llaniladigan andozalashtirilgan reyting tizimi bo‘lib, aniq va mukammal bo‘lganligi sababli, foydalanish uchun qulaydir.
Ushbu tizim orqali tijorat banklari moliyaviy mustahkamligining asosiy komponentlari:
kapitalning etarliligi (S);
aktivlar sifati (A);
bank menejmenti (M);
daromadlilik (E);
likvidlilik (L) tahlil etilishi natijasida bankning moliyaviy mustahkamliligini har tomonlama to‘laqonli tahlil qilish va baholash mumkin.
Banklar faoliyati va ishonchliligini baholashni «CAMEL» reyting tizimi misolida ko‘rib chiqamiz. Unga binoan banklar 5 ball bo‘yicha baholanadi. Nazoratdan o‘tgan bankka har bir komponent bo‘yicha alohida reyting bahosi berilib, so‘ngra barcha faoliyat bo‘yicha umumiy reyting bahosi asosida baholanadi. Reyting bahosining eng yuqori darajasi 1 ko‘rsatkichi bilan belgilanib, bunda qaysi komponentda bunday baho berilsa, demak u xalqaro me’yorlarga to‘liq javob berish darajasida tashkil etilganligidan dalolat beradi.
bank faoliyatini baholashning «CAMEL» tizimi:
bank faoliyatini oydinlashtirishga yordam beradi;
bank hisobotlarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi;
ob’ektni xalqaro audit kiritilishiga tayyorlaydi.
Ushbu afzalliklar umumlashib, eng oliy maqsad, ya’ni, bankni bankrotlikdan saqlab qoladi va shu orqali jismoniy hamda yuridik shaxslarning omonatlari-yu, depozitlarining behudaga sarflanib ketishining oldini oladi.
. «CAMEL» tizimining tahlil qilinadigan birinchi ko‘rsatkichi - bu bank kapitalining etarliligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich ikki ko‘rsatkichni tahlil qilish orqali aniqlanadi, ya’ni:
ja’mi kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati (Art);
asosiy kapitalning (AK) riskka tortilgan aktivlarga nisbati (Art);
Kapital etarliligining minimal xalqaro normasi 8 foiz qilib belgilangan. Bazel shartnomasidagi talablarga binoan bank asosiy kapitalining ja’mi kapitaldagi ulushi 50 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Umuman, Bazel shartnomasiga muvofiq, bank kapitali ikki darajaga bo‘linadi;
birinchi daraja asosiy kapitaldan iborat bo‘lib, unga to‘langan aksiyalar summasi, aktivlarni sotishdan yuzaga kelgan kursdagi farqlar summasi, zaxira fondining ustav fondini mustahkamlashga doir qismi, taqsimlanmagan foyda, sug‘urta fondi kiradi.
ikkinchi darajada zaxira fondining bir qismi va balans hisob varaqalarda hisobga olinadigan fond mablag‘larini o‘z ichiga oladigan qo‘shilgan kapitaldir.
SHunday qilib, CAMEL reyting tizimi bo‘yicha kapital nazorati ushbu jarayonning birinchi komponenti bo‘lib, bunda bank kapitalining etarlilik darajasi, kapitalni ko‘paytirish borasida olib borilayotgan faoliyat va dividendlarni to‘lash siyosati tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, kapital tahlili jarayoni bank aksiyadorlarining yangilangan ro‘yxati, ja’mi aksiyadorlar ulushining balans hisobotidagi to‘langan kapital summasiga tengligi hamda bank kapitali Markaziy bankning 2000 yil 26 apreldagi «Tijorat banklari kapitalining etarligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi 420-sonli Nizomi talablariga javob bera olishini tekshirish masalalarini qamrab oladi.
Ikkinchi tahlil ko‘rsatkichi aktivlar sifatinbaholashdir. Bundan asosiy maqsad muayyan bank aktivlarining riskka tortilganlik darajasini tahlil qilishdir. «CAMEL» tizimida risklar bo‘yicha aktivlarni tasniflash 4 guruhga bo‘linadi:
1 foiz - maxsus aktivlar;
20 foiz - standart bo‘lmagan aktivlar;
50 foiz - shubhali aktivlar;
100 foiz - zarar keltiradigan aktivlar.
Tijorat bankining moliyaviy ahvolini aniqlashda aktivlar sifatini baholash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning haqiqiy qiymati buxgalterlik hisobida aks ettirilgan qiymatga to‘g‘ri kelmaydi. Aktivlarning sifatini tahlil qilish uchun muammoli qarzlarni tasniflash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur.
Aktivlarni andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‘rish hollariga mo‘ljallangan zaxiralarning etarliligini baholash imkonini beradi. Asosan uzoq muddatli ssudalar naqd pullar va vakillik hisob varaqalari, ssudalar va boshqa aktivlar tekshiriladi.
Aktivlar sifatining tahlilida asosiy e’tibor aktivlarning qaytishiga qaratiladi. Ularning holati aniqlanganda, haqiqatdan ham, kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi o‘ta muhimdir. Respublikamiz tijorat banklarida mavjud o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar ja’mi summasi kredit qo‘yilmalarining 1 foizga ham etmagan holda MDҐ tarkibidagina emas, balki jahon miqyosida ham bu eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Lekin mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar maqsadi har qanday mablag‘ning ham yuqori darajada samarali bo‘lishiga qaratilgan.
Aktivlar sifati bankning kredit tavakkalchiligi bilan ham bevosita bog‘liq va asosan, eng yirik kreditlar tekshiriladi.
Bank faoliyatining asosiy maqsadi, yuqori daromad olishdan iborat. Odatda yuqori daromad oladigan banklar samarali faoliyat yuritayotgan bank deb tan olinadi. Biroq, aktivlar sifati bilan tushum o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka unchalik e’tibor berilmaydi. Biron bir bankda aktivlar sifati muammoli bo‘lsa, uning aktivlari bahosi yomonlashadi. Bahodagi bu o‘zgarish tushum hisobiga qoplanadi va natijada bank daromadi kamayadi.
Demak, bankning daromadlilik darajasi aktivlarning iqtisodiy mohiyatiga, aniqrog‘i, sifatiga bog‘liq. Unga ko‘ra aktivlar:
daromad keltiruvchi;
daromadni «eb qo‘yuvchi» turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |