Bank risklari klassifikatsiyasi.
Risklar tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash,ularni boshqarishning samarali usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Bank risklarini tasniflashni qo‘yidagi asosiy tamoyillar asosida olib boriladi.
Riskni paydo bo‘lish sabablari va ta’sir qilish harakteri bo‘yicha.
Namoyon bo‘lish shakllari bo‘yicha.
Boshqarish imkoniyatiga qarab risklarni bo‘lib chiqish
Hisoblash usuliga qarab risklarni ajratish.
YUzaga kelish va ta’sir vaktiga qarab risklarni ajratish.
YUzaga kelish soxasiga qarab risklarni tasniflash.
Paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra risklar sof va sun’iy risklarga bo‘linadi. Sof risklar ko‘pincha ob’ektiv xususiyatiga ega va salbiy «o» natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Bunday risklarga tabiiy ekologik transport risklari, tijorat riskini bir qismi kiradi.
Namoyon bo‘lish shakllariga qarab bank risklari tizimli yoki tizimsiz risklarga bo‘linadi. Tizimli risklar bank tizimidagi umumiy vaziyat natijasida bankning moliyaviy axvoli o‘zgarishi extimoli sifatida ta’riflanadi.
Tizimsiz yoki nomuntazam risklar bank tizimida umumiy axvol barqaror saklangan xolda aloxida olingan bankning moliyaviy axvoli yomonlashishi extimolini bildiradi.
Boshqarish imkoniyatiga ko‘ra bank risklari ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq risklarni tartibga solib bo‘lmaydi. YOpiq risklarni esa boshqarish mumkin. YOpiq risklar diversifikatsiya siyosatini o‘tkazish yuli bilan amalga oshiriladi. YA’ni bunda :
bank operatsiyalarini umumiy xajmini saklash maqsadida bir necha mijozlarga berilgan kreditlarni kichik so‘mmalardan keng miqyosda taqsimlash
yirik kreditlarni konsorsial asosda berish;
depozit sertifikatlarini joriy qilish,
qayta hisobga olish operatsiyalarini kengaytirish,
kredit va depozitlarni sug‘urtalash amalga oshiriladi.
Balanslashmagan likvidlilik riskini paydo bo‘lishi bank boshqaruv va xodimlari malakasi, bank faoliyatini va nazoratini tashkil qilish, risklarni tartibga solish uchun qo‘llanayotgan usullarning ishonchliligi, aloxida bank operatsiyalari yoki ularning guruxlari bo‘yicha risklar koeffitsienti shkalasini tuzishga asoslanadi.
Bank risklari iqtisodiy klassifikatsiyasi qo‘yidagi elementlardan shakllangan:
Tijorat bankining turi.
Bank risklarini ta’sir doirasi va kelib chiqishi.
Bank mijozlarining tarkibi.
Risklarni hisoblash metodi.
Bank risklari miqdori.
Bank risklarini boshqarish.
Bank risklari boshqarish metodi.
Tijorat bankining ish faoliyatida tarmoqda o‘rtacha risklarni miqdorini inobatga olmoq kerak
Universal harakterga ega bo‘lgan banklar faoliyatida hamma turdagi risklar inobatga olingani maqsadga muvofiqdir.
Ko‘rib o‘tilgan variantlarda risklarni miqdor darajasi ko‘proq tarmoq banklariga tegishlidir. Tarmoq banklari tarmoqqa bog‘liqdir.
Risklar universal banklarga nisbatan kamroq ta’sirlidir. Buning sababi universal banklar bir operatsiya turidan zarar ko‘rsa,uni boshqa turdagi operatsiyalardan olingan foyda bilan qoplashi mumkin.
Bankning risklari 2 ga bo‘linadi:
Ichki risklar
Tashqi risklar
Ichki risklar bank faoliyatidan kelib chiqib ikki turdan iboratdir:
Asosiy faoliyatdan kelib chiqadigan risklar,
YOrdamchi faoliyatdan kelib chiqadigan risklar.
Asosiy faoliyatdan kelib chiqadigan risklar:
Kredit berishdan kelib chiqadigan risklar;
Foiz risklari;
Valyuta risklari;
Bozor risklari- qimmatli qog‘ozlar bilan risklar;
Naqd pulsiz hisob-kitob risklari.
YOrdamchi faoliyatdan kelib chiqadigan risklar:
Depozitlarni muddatdan oldin talab qilinsa;
YAngi turdagi operatsiyalardan kelib chiqadigan risklar;
Bank muttahamgarchiliklaridan kelib chiqadigan risklar.
Tashqi risklar:
Siyosiy o‘zgarishdagi risklar;
Iqtisodiy o‘zgarishlar risklari;
Harbiy harakat (urush) boshlanishi risklari;
Natsionalizatsiya;
Xususiylashtirish;
Qarz kompensatsiyasi;
Import litsenziyasini bekor qilish;
(er qimirlashi, suv bosishi, yong‘in).
Tijorat banklarining mijozlari tarkibi bank risklarini hisoblash metodikasini aniqlab beradi. Mayda kredit oluvchilar bozor iqtisodiyoti spetsifikasidan kelib chiqadigan risklarga monanddir.
Tijorat banki riskini baholashda aktivlar diversifikatsiyasining o‘rni.
Tijorat banklari faoliyatida uning aktivlari va ular bilan bog‘liq aktiv operatsiyalarning risklilik darajasini aniqlash, bu jarayonni boshqarib borish muxim o‘rin tutadi.
Tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos belgilariga qarab tasniflanadi:
Likvidlik darajasiga qarab
Risk darajasiga qarab
Daromad darajasiga qarab
I.Birinchi gurux-yuqori likvidli aktivlar.
a) kassadagi va yuldagi nakd pullar, kimmatbaho toshlar, moneta, cheklar va boshqalar.
b) korschetdagi mablag‘ koldiklari.
v) «Nostro» va «Vostro» schetlaridagi koldiklar
g) majburiy rezervlar scheti bo‘yicha mablag‘lar
d) qimmatli qog‘ozlar schetdagi mablag‘lar koldigi xazina veksellari va boshqalar.
Ikkinchi gurux likvid aktivlar
a) berilgan kreditlar.
b) O‘zbekiston investitsiyalari
v) boshqa qimmatli qog‘ozlar
uchinchi gurux nolikvid aktivlar.
a) Muddati o‘tgan sudalar.
b) Muddat o‘tgan foizlar
v) Sud aralashuvi bilan o‘zlashtirilishi ko‘zda to‘tilgan ssudalar.
g) Tugallanmagan ishlab chiqarish
d) Asosiy vositalar.
Risklilik darajasiga qarab aktivlar to‘rt guruxga bo‘linadi.
1 gurux-riskdan xoli bo‘lgan aktivlar.
Bularga nakd pullar Nostro, Vostro hisob varaq koldiqlar? MB qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalar.
2-gurux (kichik) minimal riskli aktivlar Nostr, Vostro hisobvaraqdagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar , evro obligatsiyalar, kiska muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar . Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20 % ga teng.
3-gurux YUqori riskli aktivlar, boshqa banklarga berilgan kreditlar , boshqalar uchun bank bergan garov va kafolatlar, bu aktivlar bo‘yicha risk 50%ga teng.
4-gurux Eng yuqori darajadagi riskli aktivlar:
qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish scheti, sotib olingan veksellar, trast xujjatlar va akkreditivlar bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar, akkreditivlar, forvard, bank va banklararo sotish va sotib olish.
Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 100%.
Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo‘linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlarga:
Barcha berilgan kreditlar
Investitsiyalar (o‘ziniki)
Xazina veksellari.
Davlat obligatsiyalari.
qimmatli qog‘ozlar
Daromad keltirmaydigan aktivlar:
Pul aktivlari guruxi
Asosiy vositalar
Kapital harajatlar
Barcha moddiy aktivlar
Nomoddiy aktivlar
Daromad keltirmaydigan aktivlarni shartli ravishda deb belgilaymiz va ularning darajasi umumiy aktivlarning xajmidan 3% oshmasligi lozim.
Agarda bunday aktivlar o‘rnatilgan normadan miqdorda 2 va undan ortiq marta ko‘p bo‘lsa, bank faoliyati juda muammoli, uning kredit siyosati juda zaif deb baholanadi.
Tijorat banklarining faoliyatini taxlil qilish va aktivlar bahosini belgilashning asosi bo‘lib uning balansi hisoblanadi. Balans asosida tijorat banklarining faoliyatini taxlil qilishda bir marta bo‘ladigan harajatlar yoki daromadlarni aloxida hisobga olgan ma’quldir. CHunki bu bir martalik bo‘ladigan tushum yoki harajat bank faoliyatining olib borilishi uning likvidliligi ko‘rsatmasligi mumkin.
Bularni neytral harajatlar va neytral daromadlar deyiladi.
Neytral harajatlar
Bir martalik to‘lovlar (yongin, pul ugirlish)
Bank biznesiga taallukli bo‘lmagan to‘lovlar.
O‘tgan davrdagi foizlar bo‘yicha harajatlar.
Neytral daromadlar:
Bir martalik tushumlar
O‘tgan davrdagi foizlar bo‘yicha tushumlar
Bank biznesiga taallukli bo‘lmagan tushumlar
Banklarning asosiy daromad keltiruvchi operatsiyalari kredit operatsiyalari hisoblanadi. SHu sababli bank kredit operatsiyalari bo‘yicha oladigan daromadi va u bo‘yicha risk darajasini aniqlashi lozim.
Banklar kredit berishda o‘z kapitaliga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan foiz stavkasini hisoblashi kerak CHunki bank kapitaliga to‘g‘ri keluvchi foiz yoki foyda normasi bank likvidliligini ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Bank o‘zi beradigan kreditning samaradorlik darajasini aniqlash uchun bankda amalga oshiriladigan har bir operatsiya bilan bog‘liq harajatlarni aniqlashi lozim. Bu esa har bir operatsiya uchun sarflanadigan vaktni aniqlashni talab qiladi. Operatsiyani amalga oshirish uchun ketadigan vakt aniq bo‘lishi uchun bu jarayon 2-3 xafta ,1 oy davomida yozib borilishi: har bir operatsiya vakti, minutlari xronometrik yul bilan o‘lchanishi kerak
Bank risklarini sug‘urtalash usullari.
Risk strategiyasini ishlab chiqishning muxim tarkibiy qismi xedjirlash ya’ni riskni kamaytirish yoki uning paydo bo‘lishini ogoxlantirish tadbirlarini ishlab chiqish xisoblanadi. Xorijiy bank amaliyotida eng keng tarqalgan, kredit riskini pasaytirishga qaratilgan tadbirlar quyidagilar xisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |