Miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali baholash usuli asosan banklar faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilib, ularga quyidagilar kiradi:
Bu ko‘rsatkichlar orqali banklar faoliyati ommalashti-riladi.
Baholashning ommaviy axborot vositalari yordamida ikkinchi turi sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular bankning ishonchlilik darajasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar turkumiga quyidagilar kiradi:
kapitalning etarliligi;
aktivlar sifati;
daromadlilik darajasi;
bank likvidliligi.
CHet el mamlakatlarida bank ishonchliligi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Banklar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha bir qator me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi nazoratda bo‘ladi.
Jahon amaliyotida tijorat banklari faoliyatini baholashning bir necha tizimi mavjud. Masalan, qator mamlakatlarda riskni baholash va diagnostika uchun bir nechta tizimlardan foydalaniladi. Ularning ayrimlari mavjud muammolarni aniqlab bersa, ayrimlari joriy tavakkalchiliklar asosida kelgusida ehtimoliy yondoshuvlar haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Umuman bunday tizimlar quyidagi vazifalarni hal etadi:
kredit tashkilotlarini inspeksiya va uzoqlashtirilgan monitoring doirasida bir tizimga keltirilgan tarzda rasman baholash;
banklarni va muammolar mavjud bo‘lgan yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni identifikatsiya qilish;
nazorat idoralari resurslarini maqbul taqsimlash uchun tekshiruvlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
nazorat organining o‘z vaqtida ish boshlashini uyushtirish.
Tizimlar quyidagi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi:
tekshiruvlarning chuqurligi va davriyligi;
hisobotlar xususiyati;
boshqa haqqoniy manbalardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi;
o‘tgan davrlardagi tanazzullar va bankrotlik holatlari haqidagi statistik axborotlar;
texnik ta’minot darajasi;
pul va inson omili.
Xalqaro hisob-kitoblar bankida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra diagnostika tizimini shakliy belgilariga qarab to‘rtta keng toifalarga ajratish mumkin:
banklarni baholashning reyting tizimi;
moliyaviy koeffitsientlar va guruhlab tahlil qilish tizimlari;
bank riskini baholashning yalpi tizimlari;
statistik modellar.
Qator tizimlardan foydalanish, hech bo‘lmasa, ulardan bittasining muammoli bankni aniqlab berishi ehtimolini oshiradi. Tizimlar sifatini baholashda asosan kompyuter yordamida amalga oshiradilar. Ularning ayrimlarida ekspert xulosalar asosiy o‘rin tutsa, boshqalarida kompyuter dasturlarining hisob-kitoblari ustunlik qiladi.
Reyting asosan, bankning yillik faoliyati natijalari asosida beriladi. Banklarni baholash (audit)ning bugungi kunda xalqaro amaliyotda o‘rin olgan usullaridan biri «CAMEL» reyting tizimidir.
1978 yilda AQSH banklaridan biri bo‘lgan «Sheshunoff Bank» ning ekspertlari bank faoliyatini quyidagi 7 guruh omillar asosida tahlil qilish va baholash uslubini ishlab chiqdilar:
bankning o‘sishi (rivojlanishi);
bankning kategoriyasi (bank faoliyatining ma’lum guruhga kirishi);
risk darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga investitsiyalar;
bankning ishonchliligi (uning «kapital» mavqei);
muammoli kreditlar summasi va tendensiyalari;
daromad manbalari, boshqa banklarga nisbatan umumiy foydalilik;
yirik «beqaror» majburiyatlar bo‘yicha bankning darajasi.
Bank mutaxassislari ushbu omillarning barchasini muhim deb bilgan holda, ulardan oxirgi 5 tasi (4, 7-chilari) ga alohida e’tibor beradilar va ularning bosh harflari birlashtirilib «CAMEL» - omillar deb yuritila boshlandi.
SHunday qilib, banklar faoliyatini baholashning «CAMEL» reyting tizimiga asos solindi. Ushbu baholash uslubiga ko‘ra omillar quyidagicha tavsiflanadi ( 63-jadval).
Ushbu besh tarkibiy qism aniqlangach, bankning yakuniy umumiy reytingini belgilash imkoni tug‘iladi.
«CAMEL» reyting tizimining asosiy jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
63-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |