Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja



Download 2 Mb.
bet124/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

Beshinchi yo‘nalishga ko‘ra, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini oshirish, kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Imtiyozli kreditlash jamg‘armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish ko‘zda tutilgan. SHu bilan birga, berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga oshirildi.

3. «Qishlok xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida»gi 14 aprel 2007 yil 1675-sonli Nizomiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan kreditlar qishloq xo‘jaligi korxonalariga muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘alla va paxta xom ashyosi etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi. Kreditlash davlat ehtiyojlari uchun g‘alla va paxta etishtiruvchi barcha qishloq xo‘jaligi korxonalariga tatbiq etiladi. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosi va g‘alla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan bo‘nak tariqasida etkazib berilgan urug‘lik qiymatini inobatga olgan holda) miqdorida beriladi.
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda ajratiladi:

  • paxta xom ashyosi etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil etishtirilayotgan yilning 1 yanvariga qadar paxta xom ashyosi qiymatining 10 foizigacha, 1 apreliga qadar 25 foizgacha, 1 iyulga qadar 50 foizgacha va 1 sentyabrga qadar 60 foizgacha;

  • g‘alla etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil etishtirilayotgan yilning 1 yanvariga qadar g‘alla qiymatining 35 foizgacha, 1 aprelga qadar 50 foizgacha va 1 iyunga qadar 60 foizgacha.

Har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Kredit miqdori qishloq xo‘jaligi korxonasining "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi va "O‘zdonmahsulot" AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda - tayyorlov korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun etkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi xarid narxlari asos qilib olinadi. YAngi xarid narxlari tasdiqlangach, kredit miqdori kredit oluvchining talabiga ko‘ra qayta hisoblab chiqilishi mumkin.
Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:

  • ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to‘lash uchun;

  • mineral o‘g‘it va o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;

  • yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;

  • MTPlar, muqobil MTPlar va qishloq xo‘jalik texnikasi mavjud bo‘lgan boshqa xo‘jalik sub’ektlarining xizmatlari uchun to‘lovlarga;

  • Lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan texnika vositalarining lizing to‘lovlariga;

  • SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmalari) xizmatlari uchun to‘lovlarga;

  • yagona er solig‘i to‘lovlariga (muddati o‘tgan er solig‘i. Muddatli er solig‘i to‘lovlari qonunchilikda belgilangan muddatlarda to‘lanadi).

SHuningdek, paxta va g‘alla etishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jaliklarning boshqa zaruriy ehtiyojlari, shu jumladan, sug‘urta mukofoti uchun to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin.
Kreditlar tegishli qishloq xo‘jalik mahsuloti bo‘yicha qishloq xo‘jalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin g‘alla etishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha 12 oydan va paxta xom ashyosi etishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha 18 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Bu kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
Kredit qishloq xo‘jaligi korxonasiga uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida kichik tadbirkorlikning ulushi ancha baland. Deyarli barcha mahsulot va xizmatlarni bu sohada kichik tadbirkorlik sub’ektlari taqdim etadilar. SHunga qaramay yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligining ulushi yil sayin kamayib bormokda. Buni quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.


Jumladan, 2013 yilda qishloq joylarda yakka tartibdagi yangi turar joylarni barpo etishga barcha manbalar hisobidan 796 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratish prognoz qilinmoqda. SHundan 251 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar Osiyo taraqqiyot bankining kredit liniyasi hisobidan beriladi.


Kelgusi yilda qishloq joylarda yakka tartibdagi
uy-joy qurilishida «Qishloq qurilish bank» bilan bir qatorda, «Ipotekabank» hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘z kredit mablag‘lari bilan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Kredit resurslarini investitsiya maqsadlariga samarali taqsimlash, kredit tavakkalchiliklari darajasini kamaytirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini tanlash bo‘yicha ishlar sifatini oshirishga katta e’tibor qaratiladi, xususan:
- banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi sifatini, shu jumladan, ushbu jarayon shaffofligini oshirish, loyiha ekspertizasi jarayonida barcha potensial omillar va risklarni inobatga olishni ta’minlash;


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish