Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash



Download 2 Mb.
bet122/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bank tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
2012 yilda, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar 2011 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 5 trln. 346 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ajratilgan kreditlarning 1 trln. 172 mlrd. so‘mi mikrokreditlar bo‘lib, ularning hajmi 2011 yildagiga nisbatan 1,5 barobarga o‘sdi. (1.4.4-chizma)
-chizma

SHuningdek:
- mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga jami 978,2 mlrd. so‘m;
- nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga 1 trln. 41,3 mlrd. so‘m;
- imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan 42,3 mlrd.so‘m;
- xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining kredit liniyalari va grantlari hisobidan 181,7 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturida bank tizimiga yuklatilgan vazifalar to‘liq ijro etildi.
Jumladan, 2012 yil mobaynida:
- oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga
97,8 mlrd. so‘m;
- xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadlariga 491,7 mlrd. so‘m;
- shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga qoramol sotib olishga jami 77,6 mlrd. so‘m;
- meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirishga 339,8 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
SHu bilan birga, Xalq banki hamda Mikrokreditbank tomonidan
2012 yilda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha omonat kassalari jamg‘armasining (Germaniya) “Xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash bo‘yicha qayta tiklanuvchi kredit jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi tadbirkor ayollarga boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun 267,8 ming evro miqdorida mikrokreditlar ajratildi.
2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.
O‘tgan yilda, oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan mebellar, maishiy texnikalar va boshqa turdagi uzoq foydalaniladigan jihozlarni sotib olishga jami 320 mlrd. so‘mlik, shu jumladan 15 mingta yosh oilaga uch yillik qaytarish muddati bilan 81 mlrd. so‘mlik iste’mol kreditlari ajratildi.


Dastlabki sarmoyani kreditlash tartibi va uning ahamiyati.

Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi bankka buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun beriladi.


Ushbu mikrokreditlarni olishda xodimlarining 50 foizidan ortig‘ini nogironlar, shu jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari tashkil etgan kichik biznes sub’ektlari ustuvorlikka ega bo‘ladilar.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar ustav kapitali shakllangandan keyin tashkil etilishlari munosabati bilan ularga ushbu mikrokreditlar berilmaydi.
Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda beriladi.
Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismini tashkil etadi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ushbu kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy muddat o‘tgach undiriladi.
Mazkur mikrokreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) solig‘i hisoblash bazasiga kiritilmaydi.
Mikrokreditbank kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan Mikrokreditbankning o‘z mijozlariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga berilgan kreditlar uchun hisoblangan foizlar bankning ixtiyorida qoldiriladi va uning balansida o‘rnatilgan tartibda aks ettiriladi.
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar berishni so‘rab ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga mazkur Nizomning 60-bandida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladigan kreditlarni o‘ziga xos xususiyatlari.

Tijorat banklari tomonidan mikrolizingni rasmiylashtirish tartibi va uning ahamiyati

Tijorat banklari tomonidan sobiq «Biznes-Fond»ga tegishli kredit liniyalari mablag‘larini Mikrokreditbankka qaytarilishi natijasida shakllanadigan imtiyozli kredit resurslarining bir qismi kichik biznes sub’ektlariga imtiyozli lizing xizmatlari ko‘rsatish maqsadlarida foydalanish uchun lizing kompaniyalariga kredit liniyalarini ochishga yo‘naltiriladi.


Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan kichik biznes sub’ektlariga imtiyozli lizing xizmati ko‘rsatiladi. Bunda lizing foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi, uning 1/2 qismi Mikrokreditbank marjasini tashkil etadi.
Lizing kompaniyalari Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlariga faqat sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil mashina-traktor parklariga texnika va uskunalarni lizing asosida etkazib berish uchun imtiyozli lizing xizmati ko‘rsatishda foydalanishlari mumkin. Bunda xodimlarining 50 foizidan ortig‘ini nogironlar, shu jumladan, Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari tashkil etuvchi kichik biznes sub’ektlari lizing xizmatini olishda ustuvorlikka ega bo‘ladilar.
Kredit liniyalarini ochish uchun Mikrokreditbank bilan lizing kompaniyasi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida ochiladigan kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatishning asosiy shartlari, imtiyozli foiz stavkasi miqdori, lizing kompaniyasi marjasi, Mikrokreditbank bilan lizing kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlar belgilanadi.
Mikrokreditbank bilan lizing kompaniyasi o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida quyidagi shartlar belgilanishi lozim:
kredit liniyasi summasi;
ajratilayotgan kredit liniyasi hisobiga lizing operatsiyalarini amalga oshirishga mablag‘lar ajratishning choraklar va viloyatlar bo‘yicha taqsimoti;
lizing kompaniyasi marjasi chegirib tashlangan holdagi imtiyozli foiz stavkasi;
kredit liniyasi mablag‘larini lizing kompaniyasi tomonidan maqsadli ishlatilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi.
Mikrokreditbank tomonidan lizing kompaniyalariga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablag‘larining hisobi kredit liniyasi muddatiga mos ravishda ochiladigan 15401 – «Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga beriladigan uzoq muddatli kreditlar» hisobvarag‘ida yuritiladi.
Mikrokreditbank tomonidan lizing kompaniyalariga kichik biznes sub’ektlariga lizing xizmati ko‘rsatish maqsadida ochilgan kredit liniyalaridagi mablag‘lar hisobi lizing kompaniyalarining balansida qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladi.
Lizing xizmati ko‘rsatish uchun ochilgan kredit liniyalari mablag‘lari uchun foizlar to‘lovi kredit liniyasiga mablag‘lar o‘tkazib berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va uning to‘lovi har oyda amalga oshiriladi.
Lizing kompaniyalari Mikrokreditbank kredit liniyasi mablag‘larining kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda ishlatilmagan qismiga kredit shartnomasi shartlariga muvofiq Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi mikdorida foiz to‘laydilar.

Kichik biznes loyihalarini chet el investitsiyasi va boshqa manbalar hisobidan moliyalash.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari






Tijorat banklari

Xorijiy kredit liniyalari nomi

Xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy shartlar

1

TIF Milliy bank

Xitoy taraqqiyot banki

Foiz stavkasi -LIBOR + marja (3,5%) + bank marjasi
Kreditning maksimal miqdori – 1,0 mln. AQSH doll.
Kreditning minimal miqdori – 100 ming AQSH doll.
Kreditning maksimal muddati – 7 yilgacha (1,5 yilgacha maksimal imtiyozli davr bilan)

Koreya Eksim Bank

Foiz stavkasi - xorijiy bank foiz stavkasi (har bir mijoz bo‘yicha alohida belgilanadi) + bank marjasi
Kreditning minimal miqdori –100 ming AQSH doll.
Kreditning maksimal muddati – 5 yilgacha (2,5 yilgacha maksimal imtiyozli davr bilan)

Islom taraqqiyot banki

Foiz stavkasi -LIBOR + marja (2,5%) + bank marjasi
Kreditning maksimal miqdori – 5 mln. AQSH doll.
Kreditning minimal miqdori – 100 ming AQSH doll.
Kreditning maksimal muddati – 10 yilgacha (3 yilgacha maksimal imtiyozli davr bilan)

Landesbank Berlin

Foiz stavkasi - EVRIBOR + xorijiy bank foiz stavkasi (har bir mijoz bo‘yicha alohida belgilanadi) + bank marjasi
Kreditning minimal miqdori –250 ming evro
Kreditning maksimal muddati – 5 yilgacha (1,5 yilgacha maksimal imtiyozli davr bilan)





Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan jami 6,1 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda.
Jumladan , xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari jalb qilishni faollashtirish orqali kichik biznes sub’ektlarini 2013 yilda 110 mln. AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda moliyalashtirish rejalashtirilgan.
Ushbu kredit mablag‘larini ajratishda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiya maqsadlariga, ularning boshlang‘ich kapitalini shakllantirishga hamda mikrokreditlash ko‘lamini kengaytirishga qaratiladi.
SHuningdek:
- uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan, shuningdek ortiqcha mehnat resurslariga ega bo‘lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga ustuvor ravishda Tijorat banklarining imtiyozli kreditlash fondi mablag‘lari hisobidan kreditlash hajmlarini yanada kengaytirish;
- xizmat va servis sohasini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha «Mikrokreditbank» ATB tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan mikrokreditlar hajmini oshirish;
- oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash hajmini oshirish bilan bir qatorda lizing, faktoring va savdoni moliyalashtirish xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini, jumladan murakkab maishiy texnika, mebel va boshqa mahsulotlarni xarid qilish uchun aholiga iste’mol kreditlari ajratilishini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
SHuningdek, 2013 yilni “Obod turmush yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xizmat sohasi va servisni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi loyihalarni kreditlash ko‘lamlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish