Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja


-Mavzu: Tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash



Download 2 Mb.
bet123/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

15-Mavzu: Tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash
Reja
1. Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligini tutgan o‘rni va undagi islohotlar.
2.Tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligini kreditlash tartiblari:
A)Davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘allani etishtirishni imtiyozli kreditlash.
B)Bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kreditlash va uning ahamiyati.
V) Erga egalik qilish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308 sonli “SHaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida qoramollar bosh sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2009 yil 25 yanvarda PQ-1047 sonli “Oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish bo‘yicha qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Qarorini banklar tomonidan amalga oshirilishi.

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek: “ O‘tgan 2012 yilda mamlakatimiz agrar sektorining deyarli barcha tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalar qo‘lga kiritildi.


Albatta, 2012 yilda ham, so‘nggi yillardagi kabi, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish davrida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani, bahorning kech kelgani va namgarchilikning yuqori bo‘lgani, yoz faslida havo haroratining haddan ziyod oshib ketgani qishloq xo‘jalik ishlarini amalga oshirishda jiddiy muammo va qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.
SHunga qaramasdan, 2012 yilda O‘zbekistonda deyarli barcha qishloq xo‘jalik ekinlari – g‘alla, paxta, sabzavot, poliz ekinlari va uzumdan yuqori hosil olindi. Mamlakatimiz dehqonlari mo‘l hosil etishtirishdi – 3 million 460 ming tonnadan ortiq paxta, 7 million 500 ming tonna g‘alla, 2 million tonnadan ziyod kartoshka va 9 million tonnadan ortiq sabzavot hamda poliz mahsulotlari yig‘ib-terib olindi.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, global iqtisodiyotda jiddiy muammolar saqlanib qolayotganligiga qaramay, 2012 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijasida iqtisodiy rivojlanishning barqaror yuqori sur’atlari, makroiqtisodiy mutanosiblik, aholi hayot darajasining barqaror o‘sishi va mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash ta’minlandi.
YAlpi ichki mahsulot 8,2 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 7,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi – 7 foizga, pudrat qurilish ishlari hajmi – 11,5 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 13,9 foizga o‘sdi. Inflyasiya sur’atlari rejalashtirilgan darajada saqlandi va 7 foizdan oshmadi.
Bularning barchasi, avvalambor, dehqonlarimiz, fermer va mexanizatorlarimiz, qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining o‘zini ayamasdan qilgan fidokorona mehnati, boy tajribasi va o‘z ishiga bo‘lgan sadoqatining amaliy natijasidir. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, bu yutuqlar barcha resurs va imkoniyatlarimizni to‘la safarbar eta olganimizning natijasidir.”
Bugun mana shu yuksak minbardan turib, barcha qishloq mehnatkashlariga ularning mardligi va matonati, mamlakatimizning taraqqiyoti va ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun o‘zimning chuqur hurmatim va samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Mamlakatimizda, xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda, qishloq xo‘jaligini iqtisodiy isloh etish bo‘yicha o‘ta muhim chora-tadbirlarning amalga oshirilayotgani, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarni tug‘dirib berish bunday yuksak natijalarni qo‘lga kiritishda hal qiluvchi omil bo‘lmoqda, desam, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaligi haqli ravishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining etakchi bo‘g‘iniga, uni tashkil etishning asosiy shakliga aylandi. Hozirgi vaqtda fermerlik harakati o‘z tarkibida 66 mingdan ziyod fermer xo‘jaligini birlashtirmoqda. Mamlakatimizdagi jami haydaladigan erlarning 85 foizdan ortig‘i, etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi aynan fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Kun sayin mustahkamlanib, hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlik harakati O‘zbekistonda o‘zini to‘la oqladi va bunga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas, desam, o‘ylaymanki, barchamizning umumiy fikrimizni ifoda etgan bo‘laman.
Fermerlarimizning ongu tafakkurida o‘z eri va ishlab chiqarayotgan mahsulotiga nisbatan egalik hissiyoti yildan-yilga tobora mustahkamlanib, ularning o‘z mehnati natijasidan manfaatdorligi oshib bormoqda. Eng asosiysi – odamlarimizning ongi va dunyoqarashi tubdan o‘zgarmoqda, bebaho boyligimiz bo‘lgan er va suv resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanish uchun mas’uliyat tuyg‘usi kuchaymoqda.So‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar fermer xo‘jaliklari vakolatlarini sezilarli ravishda kengaytirdi.
SHu bilan birga, tan olish kerakki, fermerlik harakatining Fermer xo‘jaliklari uyushmasi shaklidagi tashkiliy tuzilmasi qishloq xo‘jaligini isloh etish va sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fermerlar oldida turgan vazifalarni hal etish jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.Fermerlik o‘zining tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida Fermer xo‘jaliklari uyushmasi O‘zbekiston Fermerlari kengashiga, viloyat va tumanlarda esa fermerlar kengashlariga aylantirildi, eng muhimi, ushbu tuzilmalarning huquq va vakolatlari jiddiy ravishda kengaytirildi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va qayta tashkil etish, ularga er uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga berish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini qabul qilish bilan bog‘liq deyarli birorta masala fermerlar kengashlarining bevosita ishtirokisiz hal etilishi mumkin emas.
Mazkur kengashlarning asosiy vazifasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyat organlari bilan munosabatlar bo‘ladimi, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘ladimi, shuningdek, sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish bo‘ladimi – hamma erda fermerlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.Bir so‘z bilan aytganda, fermerlar kengashlari fermerlik harakatining o‘zagi, yo‘naltiruvchi kuchi bo‘lishi, uni qishloqni rivojlantirish va shu asnoda qishloq aholisi farovonligini oshirishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylantirishi lozim.
Qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda maqsadida tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kreditlash jamg‘armasini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 may 195-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamg‘armasini dehqon va fermer xo‘jaliklariga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bilan band, bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, shuningdek yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit va mikrokreditlar berish uchun tashkil etadilar.
Jamg‘arma mablag‘lari banklar foydasining 25 foizigacha miqdorini ajratish hisobiga shakllantiriladi.
Tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga kredit berishdan olingan daromadlar, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar ushbu Jamg‘arma resurslarini ko‘paytirishga maqsadli yo‘naltirilgan taqdirda, 5 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasiga ajratmalar har chorakda bankning biznes-rejasida nazarda tutilgan soliqlar to‘langandan so‘ng har chorakdagi sof foydaning prognoz summasidan kelib chiqqan holda ajratiladi. CHorak mobaynida amalda ajratilgan ajratmalar miqdori har chorak soliqlar to‘langandan sung amalda olingan foydadan kelib chiqqan holda, foydla va zararlar to‘g‘risidagi hisobotga muvofiq qayta hisoblab chiqariladi. Imtiyozli kredit berish jamg‘armasiga ajratmalar normalari markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bank faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda har chorakda bank kengashi tomonidan O‘zbekiston Respubyulikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar harakati O‘zbekiston Respublikasi Mirkaziy banki tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari hisob rejasiga muvofiq tijorat bankining alohida balans hisob raqamida hisobga olinadi.

2. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar.
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirning o‘zini qoplashiga bog‘liq bo‘ladi:

  • xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zahiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar kichik va tadbirkorlik sub’ektlariga, qoidaga ko‘ra, 1 yil muddatgacha beriladi;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga, qoidaga ko‘ra, kamida 2 yil muddatga beriladi;

  • investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan taminlash uchun kreditlar kichik va tadbirkorlik barcha sub’ektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga to‘lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik va tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishini hisobga olgan holda 18 oydan oshishini mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‘ljallanigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun dehqon va fermer xo‘jaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan aylanma mablag‘lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo‘yicha ulardan foydalanish muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 18 oy etib belgilanadi.
Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha kredit berish bo‘yicha imtiyozli davrni belgilashi mumkin. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot etishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bog‘liq bo‘lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:

  • ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;

  • mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‘lik, mol va parrandalar sotib olish;

  • xom ashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun em, omixta ozuqa veterinariya preparatlari, o‘simliklarini ximoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilgi-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlarni - ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olishga berilishi mumkin emas.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash bo‘yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Qarz oluvchilar kredit olishi uchun bankka quyidagi xujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:

  • kredit buyurtmanomasi:

  • qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja;

  • davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan, so‘nggi xisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq vaqtdagi qarzlar bo‘yicha solishtirsh dalolatnomasi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl), dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno;

  • kreditni qaytarishni ta’minlash shakllaridan bittasi.

Qarz oluvchi bankka ta’minlashning quyidagi turlaridan bittasini taqdim ztishga haqlidir:

  • mol-mulkni yoki qimmatli qog‘ozni garov sifatida qo‘yish;

  • bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolatnomasi;

  • uchinchi shaxslarning kaffiligi;

  • sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditini qaytarmasligi xavfini sug‘urta qilish to‘g‘risida sug‘urta polisi.

Bizning mamlakatda jahon moliyaviy inqirozi ta’sirini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabridagi 4058-sonli «Iqtisodiyotnining real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning nobarqaror ishlashlarini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Dasturning asosiy maqsadi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlarining iqtisodiy o‘sishi barqaror sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi hamda barqaror ishlashini ta’minlash, aholi bandligiga ko‘maklashish, eksport qiluvchilar, sanoatning etakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznesni aniq manzilli qo‘llab-quvvatlashdir.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish