Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja



Download 2 Mb.
bet114/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

13-Mavzu: Alohida kredit turlari

REJA


  1. Kredit liniyasini ochish yo‘li bilan kreditlash tartibi.

  2. Alohida schetdan kreditlash tartibi.

  3. Kontokorrent schetidan kreditlash.

  4. Overdraft bo‘yicha kreditlash va uni o‘ziga xos xususiyatlari.

  5. Lombard krediti va undan foydalanish imkoniyatlari.

  6. Revolver kreditini berish tartibi va uning ahamiyati.

  7. Iste’mol krediti haqida tushuncha va uni rasmiylashtirish shartlari.

  8. Ta’lim kreditini berish tartibi va uning ahamiyati.

  9. Ipoteka krediti va undan foydalanish imkoniyatlari.

  10. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga ajratiladigan kreditlar va ulardan foydalanish shartlari.

  11. Investitsion loyihalarni kreditlash tartibi

  12. Tijorat banklari tomonidan sindikatlashgan kreditlarni berish tartibi.

1. Tijorat banklari «kredit liniyasi ochmasdan» yoki «kredit liniyasi ochib», xo‘jalik yurituvchi subektlarga alohida qarz hisobvaraqlaridan quyidagi maqsadlar uchun kreditlar berishi mumkin:

    • tovar-boddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va kursatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash, qarz oluvchining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, amal qilish muddati 30 kundan oshmaydigan akkreditivlar ochish.

Xo‘jalik yurituvchi subektlarni alohida qarz hisobvarag‘idan «kredit liniyasi ochmasdan» kreditlash bir martalik qarzlar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qarz berish to‘g‘risidagi qarorni bank ushbu qoidalarda ko‘zda tutilgan hujjatlar to‘plami asosida har bir qarz bo‘yicha alohida qabul qiladi.
Bank muassasasi kreditga bo‘lgan ehtiyojni xo‘jalik yurituvchi subekt bilan birgalikda kredit buyurtmanomasiga hamda to‘plamda berilgan boshqa hujjatlarga asosan belgilaydi.
Bank kreditni kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan muddatlarda qaytara boshlaydi. SHartnomada kreditni qaytarishning quyidagi tartibi belgilanishi mumkin:

    • majburiyatlarni bajarish muddatlari tugaganda kreditlar bo‘yicha qarzni qarz oluvchining hisob-kitob varag‘idan olish yo‘li balan;

    • qarz oluvchining hisob-kitob varag‘idan pul mablag‘lari bo‘sh qoldig‘ini uning to‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra qarz hisobvarag‘iga kiritish yo‘li bilan muddatidan oldin;

    • tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar haqi sifatida kelib tushgan veksellarni hisobga olish yo‘li bilan;

    • Bank kafolat, kafillik bo‘yicha olingan majburiyatnomalardan, garov huquqini amalga oshirganda tushadigan mablag‘lardan foydalanish yo‘li bilan.

Xo‘jalik yurituvchi subektlarni «Kredit liniyasi ochib» kreditlash alohida qarz hisobvarag‘idan, oldindan kelishilgan kredilash summasi doirasida amalga oshiriladi. Bunda qarz oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli bulgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul hisob-kitob hujjatlari haqi shu mablag‘lar hisobidan to‘lanadi. SHunda qarzni rasmiylashtirish shartlarini har gall bank bilan kelishish ehtiyoji qolmaydi.
Bunday kredit xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi, tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga, savdo, ta’minot korxonalari va qoida tariqasida umumiy asosda kreditlanadigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlarga berilishi mumkin.
YUqorida aytilgan kredit turi berishning majburiy shartlaridan biri qarz oluvchi barqaror moliyaviy ahvolga ega bo‘lishidir.
«Kredit liniyasi ochib» qarz berilishi bankning kafolat majburiyatnomasi bilan rasmiylashtirilishi kerak. Bu kafolatnoma orqali bank o‘z vakillik hisobvarag‘ining ahvolidan qatiyo nazar, o‘z zimmasiga qarz oluvchiga kredit shartnomasida belgilangan miqdor, muddat va kreditlash limiti doirasida hech qanday mone’liksiz kredit berilishini kafolatlovchi majburiyatlarni oladi.
Bank kafolat majburiyatnomasi ikki nusxada tuziladi. Ularning biri kredit xodmining farmoyishiga ko‘ra, balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olish uchun buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi qarz oluvvchining yig‘majildida saqlanadi.
Hisobni yuritish uchun qabul qilingan majburiyatlar summasi qarz summasini chegirib tashlab, belgilangan tartibda iqtisodiy me’yorlarni hisoblab chiqish chog‘ida e’tiborga olinadi.
«Kredit liniyasi ochib» beriladigan kredit hajmi, undan foydalanish muddatlari va qaytarish davriyligi qarz oluvchi tovar etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzgan shartnomalar tahlili asosida belgilanadi. Bu holat kredit shartnomasida o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim.
«Ochiq kredit liniyasi» bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgani uchun qarz oluvchi bankka foizlar to‘laydi. Bu foizlar kreditdan foydalanish darajasi qandayligidan qati nazar, butun kreditlash limiti summasiga qo‘shiladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish