№
|
Daromadlar manbai
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Ssuda biznesi
|
Bu biznes ikki unsurni o‘z ichiga oladi:
mijozlarga ssuda berish;
foyda olish maqsadida o‘zining bo‘sh turgan resurslarini boshqa tijorat banklariga vaqtinchalik berib turish.
Ssuda biznesining ikkinchi qismi banklararo kredit yoki boshqa bankka qo‘yilgan tezkor depozit shaklida bo‘lishi mumkin.
|
2.
|
Diskontli
biznes
|
Bu to‘lanmagan veksellar, cheklarni muayyan diskont bilan bank tomonidan sotib olishga asoslanadi. Faktoring operatsiyalari diskontli biznesning har xil ko‘rinishlaridan biridir. U ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
regress (oborotli) huquqi bilan;
regress (oborotsiz) huquqsiz.
Birinchi holda bank mablag‘ni olgan (etkazib beruvchi)dan to‘lanmagan majburiyatlarni undirib olishga haqli bo‘ladi. Ikkinchi holda esa bunday huquqqa ega bo‘lmaydi. SHu sababli u ko‘proq mukofotlanishni talab qilib ko‘proq tavakkalga boradi.
Faktoring operatsiyasi uchun bankni mukofotlash etkazib beruvchining sotishdan olgan daromadini kamaytiradi. CHunki aynan shu qiymatdan skidka qilinadi. Masalan, 20 foiz skidka bilan mahsulotni sotish yoki mablag‘ni qaytarish.
|
3.
|
Himoyali
biznes
|
Bu bank operatsiyalariga mos tushuvchi xizmatlar bo‘lib, ular trast (ishonchli) va vakilli xizmatlar
|
4.
|
Qimmatli qog‘ozlar orqali biznes
|
Bunda bankning daromadi quyidagilar evaziga shakllanadi:
o‘zining va boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotish chog‘ida kurs tafovuti evaziga olingan daromad:
xususiylashtirishda bajarilgan xizmatlar evaziga olingan daromad (xususiylashtirish hujjatlarini talab darajasiga keltirish, korxonaning qiymatini aniqlash, aksiyalarni chiqarish va joylashtirish reestrlarni yurgizish va h.k.)
|
5.
|
Bankning kafillik faoliyati
|
Bu faoliyag evaziga bank bevosita va bilvosita daromad oladi. Mijozlarga bankdan kredit olish va boshqa operatsiyalarni bajarishlari uchun kafil xatlarini beradi va shu narsa evaziga bank daromad oladi
|
6.
|
Mijoz omonatlarini jalb qilish va omonatchilar topshirig‘i bilan operatsiyalar amalga oshirish faoliyati
|
Bunda bank daromadi uning quyidagi vositachilik operatsiyalarni bajarish evaziga shakllanadi:
schyotlarni ochish;
schyotlarni olib borish;
schyotlar bo‘yicha operatsiyalardan nusha oldirish;
schyotlarni yopish;
naqd pulni berish bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarish va h.k.
|
7.
|
Korrespondent (rasmiy yozishma)lik xizmati
|
Bunda bank boshqa bank korschyoti qoldig‘i (salqdosi)dagi kreditdan foiz olish evaziga daromad oladi. U daromadning miqdori:
foiz stavkasi darajasiga;
foizni hisoblash tartibiga;
salqdodagi kredit miqdori va uning qanchalik davomligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bunda bank daromadi:
lizing;
axborot berishga oid (informatsion);
maslahat berish;
valyutani almashtirish;
mijozlarni o‘qitish kabi xizmatlarni bajarish evaziga shakllanadi.
Lizing operatsiyalarini bajarish evaziga olinadigan daromad:
lizing to‘lovlar;
foiz to‘lovlari;
vositachilik uchun to‘langan haqlarni o‘z ichiga oladi.
|
8.
|
Bank mulkini sotish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zda tutilmagan daromadlar
|
Bu daromad bank balansidagi qiymatdan bozor bahosining oshishi evaziga paydo bo‘ladi. Aks holda xarajat bilan bog‘liq operatsiyalar bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar ko‘rishiga olib keladi.
|
SHunday qilib, tijorat bankining barcha ko‘rinishlardagi daromadini uchta guruhga bo‘lish mumkin: