19-mavzu: Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalari
Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalarining mazmuni va turlari.
Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlarining balansdan tashqaridagi hisobining yuritilishi.
Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaksiyalarning balansdan tashqari operatsiyalari.
Bank kafolatlari bo‘yicha balansdan tashqari operatsiyalar.
Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquqlar bo‘yicha talablarning balansdan tashqari operatsiyalari.
Tijorat banklarida balansdan tashqari operatsiyalarni takomillashtirish masalalari.
Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalarining mazmuni va turlari.
Ko‘pchilik rivojlangan davlatlar tijorat banklari yaqin yillarda komission daromad olishga qaratilgan balansdan tashqari faoliyatni sezilarli darajada kengaytirdilar. Mazkur faoliyat kengayishi an’anaviy kreditlash sohasidagi qisqarishlar bilan bog‘liq.
Korporatsiyalarning qarz mablaglarini jalb qilish imkoniyatlarining ortishi, ya’ni qimmatli qogoz emissiya qilish orqali qarz jalb qilish, qolaversa nobank sektorining rivojlanishi banklarning kreditlash sohasidagi qisqarishlarga olib keldi.
Balansdan tashqari moddalar aktivlari va passivlariga aloqasi bo‘lmagan boyliklar, hujjatlar, topshiriqnomalarni hisobga olish maqsadida qo‘llaniladi. Balansdan tashqari moddalar quyidagi bo‘limlardan iborat:
-zaxira fondlaridagi pul biletlari va tangalar;
-qarzdorlarning muddatli majburiyatlari va ssudalar;
-bank tomonidan inkasso uchun va yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlari asosida kreditlar bilan ta’minlash uchun qabul qilingan hisob-kitb hujjatlari;
-qat’iy hisobotda turuvchi blankalar;
-pul belgilarini muomalaga chiqarishga ruxsatnomalar;
-to‘lov uchun akkreditivlar va boshqalar;
Balansdan tashqari moddalar banklar balansida yakuniy balans hisobvaraqalaridan keyin joylashtiriladi.
Xalqaro bank amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, 100 yillar davomida banklar aholidan o‘zlarining mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida mablag‘lar jalb etilgan va qarzlarga asosiy daromad manbai sifatida tayanib qolishgan. Oxirgi yillarda esa banklar oldida jiddiy muammolar paydo bo‘lib qoldi, ya’ni omonatchilar jamg‘armalari va qarz oluvchilardan qarz mablag‘lariga bo‘lgan talablar orasidagi farqdan oshishi va odatiy qarz oluvchilar banklardan tashqari yana boshqa foydali kapital quyish manbalarini topishdi. Nobank moliyaviy institutlar (brokerlik, dilerlik, sug‘urta kompaniyalari) banklardan farqli ravishda naqd pulni boshqarishning yangi xizmatlarini taklif qilishdi. Buning oqibatida depozitlarning hajmi kutilgandan ko‘ra pasaydi va banklar yangi mablag‘ jalb etish yo‘llarini qidirishga majbur bo‘linmoqda.
O‘zbekiston moliya bozorida banklar etakchi o‘rinni egallashi qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanmaganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining faolmsaligi bank aktivlarining sekyuritizatsiyalashning qo‘llanmasligiga olib keldi.
Sekyuritizatsiyalash tamoyili 1970 yillarda paydo bo‘lgan va bu orqali bank qarzlari fond bozorida erkin aylanuvchi qimmatli qog‘ozlar sifatida aylanadi.
Sekyuritizatsiyada bank daromadli aktivlarning bir qismini ipoteka va iste’mol ssudalariga joylashtiradi va ular ostida qimmatli qog‘ozlar emissiya qilib sotadi. To‘lash chog‘ida daromadni aksiya egalari tomonga qaytaradi va yangi daromadidan foydalaniladi
Ko‘pchilik rivojlangan davlatlar tijorat banklari yaqin yillarda komission daromad olishga qaratilgan balansdan tashqari faoliyatni sezilarli darajada kengaytirdilar. Mazkur faoliyat kengayishi an’anaviy kreditlash sohasidagi qisqarishlar bilan bog‘liq.
Korporatsiyalarning qarz mablaglarini jalb qilish imkoniyatlarining ortishi, ya’ni qimmatli qogoz emissiya qilish orqali qarz jalb qilish, qolaversa nobank sektorining rivojlanishi banklarning kreditlash sohasidagi qisqarishlarga olib keldi.
Banklar qarzlardan nafaqat qimmatli qog‘ozlar chiqarishda balki yangi mablag‘lar shakllantirishda ham va ularni yangi egalariga sotish uchun ham foydalanishadi.
AQSH banklarining sotadigan qarzlari odatda 90 kunlik bo‘ladi. Bu qarzlar yangi yoki sotuvchining qarzlari balansidan tashqaridan bir qancha vaqt yotgan ham bo‘lishi mumkin.
Qoidaga ko‘ra bank-sotuvchi yig‘ilgan qarzlarga xizmat ko‘rsatish va qarzdorlar manfatiga qarab kam ish haqi uchun (3-8%) ishlaydi. Bunday qarzlarni sotib oluvchilar asosan horijiy va mahalliy banklar, sug‘urta, pensiya kompaniyalari. Nobank qarz oluvchilardan esa vaqtinchalik kraynreyn fondlari hisoblanadi.
Qarzlarni qayta sotilishi kuchsizlari «uchinchi dunyo mamlakatlari» hisoblanadi. Argentina, Braziliya, Meksika, Peru, Rimning eski qarzlari o‘z narxidan past narxlarda sotiladi. Asosan bunday qarzlarni o‘sha davlatda faoliyat yuritayotgan banklar, investitsion xorijiy kompaniyalar sotib oladi. Bir qancha «uchinchi dunyo»ga berilgan kreditlar o‘sha davlatlar tomonidan qayta sotib olinganda yaxshi daromad keltirgan.
Mamlakatimizda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga asosan banklar moliyaviy universal sifatida namoyon bo‘ladilar. Ushbu qonun va boshqa normativ xujjatlariga asoan banklar o‘z daromadlari va risklari differensiyalash ishlarini olib boradilar. YAna shu bilan birga bosh o‘z kapitalini ko‘paytirish yo‘llarini izlamokdalar. Bulardan asosiysi bankda turli xizmatlarni ko‘rsatishdir. Bankning turli xizmatlarini ko‘rsatishi uning xajmiga bevosita bogliqdir. CHunki bank qanchalik katta bo‘lsa u shuncha ko‘p operatsiyani amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Ammo bank qanchalik ko‘p xizmat to‘rini amalga oshirsa, unda bu xizmatlarni boshqara olmaslik riski, xarajatlarni samarali nazorat qilish riski hamda bank xizmatlarini qiymatini oshishiga olib keladi.
Ammo banklar o‘z likvidligini hamda daromadni diverfikatsiya qilishga majbur. SHuning uchun banklar asosiy xizmatdan boshqa xizmatlarni amalga oshiradi.
Ular quyidagilar:
YUqorida ko‘rsatkichlarni bankning boshqa operatsiyalari jumlasiga kiritadi va ularni majburiyat (shartnoma) turiga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Bankning boshqa operatsiyalari
Tijorat bankining boshqa operatsiyalari
|
Majburiyat turi (shartnoma)
|
1. Uchinchi shaxslar tomonidan (pul) majburiyatlarining bajarilishini nazarda tutuvchi kafolotlar berish ko‘zda to‘tish
|
Kafolat shartnomasi
|
2. Uchinchi shaxslardan pul majburiyatlarining talab qilish huquqini olish
|
Talab qilish huquqini olish shartnomasi
|
3. Jismoniy va yuridik shaxslar pul mablag‘lari va boshqa mulklarni shartnomaga binosi shu binoni boshqarish
|
Mulk va mablag‘ni ishonchli boshqarish shartnomasi
|
4. qimmatbaho metallar va boshqa qimmatbaho toshlar bilan operatsiyalar o‘tkazish.
|
Sotish-sotib olish, saqlash, mukofot (komissiya) bo‘yicha shartnoma
|
5. Turli boyliklarni soklash uchun qo‘lay
|
Ijara, saqlash, mukofot (komissiya) shartnomasi
|
6. Lizing operatsiyalari
|
Moliyaviy ijara shartnomasi
|
7. Maslaxat, axborot xizmatlari
|
Pudrat shartnomasi
|
8. Kushma (birlikdagi) faoliyat
|
Birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma
|
Trast operatsiyalari banklarga quyidagi imtiyozlarni beradi.
Operatsiya o‘tkazish jarayonida Tijorat banlari uzoq muddatli moliyaviy mablag‘larga yo‘l ochiladi va ularni birjada qimmatbaho qogozlarga quyish mumkin.
Tijorat operatsiyalari tijorat banklari tomonidan mijozlarning ishonchi asosida olib boriladi va qonun bilan cheklanmaydi.
Tijorat banklari va boshqa banklarning operatsiyalari o‘tkazish jarayonida mukofot oladi va o‘z foydasi manbasinidiversifikatsiya qiladi hamda o‘zini tusatdan moliyaviy xrisklardan ximoya qiladi.
Bank trast operatsiyalarida o‘zining mablag‘lari bilan emas balki, umuman begona kapital bilan ishtirok etadi. Asosiy risk qimmatbaho qogozga quyilma qo‘ygan shaxsga to‘shadi Bank faqat javobgar hisoblanadi.
Ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning balansdan tashqari operatsiyalari jumlasiga kiradi. CHunki bu operatsiyalar bank stavi balansidan tashqarida hisobi yuritiladi. Ammo ulardan to‘shadigan daromad umumiy balans daromadiga kushib hisoblanadi.
Ishonchli mulk (egasi) (trast)- ishonchli trast ta’sischisi, - ishonchli mulkdor (shaxs)- va benefislar (manfaatdor iste’molchi).
Uchinchi shaxs bo‘lib - benefislar va mulk egasi (trast ta’sischisi) bo‘lishi mumkin.
Trast operatsiyalarini boshqarish quyidagi alohida va birga (aktiv) operatsiyalarini o‘z ichiga olishi mumkin:
Saqlash;
Ishonch bildiruvchi shaxs vakolatini bildirish (majlislarda qatnashish);
Daromad va investitsiyalarni boshqarish;
Aktivlarni sotish va sotib olish;
Zaymlarni jalb qilish va qoplash, qimmatbaho qogozlar birlamchi chiqarish va joylashtirish;
YUridik shaxsni tashkil qilish, qayta tashkil qilish va likvidatsiya qilish;
Mulkni foydalanishga berish (sovga, vorisga).
Mijozning shaxsiy bank raqamini yuritish, kassa, moliya ho‘jaligi, majburiyatlar bo‘yicha hisob kitoblarni amalga oshirish;
Korxonadagi tasodifiy xolatlar, bashoratlar payitida korxonani vaqtinchalik boshqarish;
Umuman:
xususiy shaxslarga xizmat.
Tijorat korxonalariga xizmat.
Notijorat tashkilotlariga xizmat.
Majburiyatlar (uzoq muddatli)
Aksiya
ko‘zgalmas mulk
CHet el aksiyalari
Sotib olish sharti bilan aktivlar sotish
Venchur kapitali
Opsion
Fyucherslar.
Banklarning balansdan tashqari bajaradigan funksiyalari ikkiga bo‘linadi.
To‘g‘ri funksiyalari - mulk javobgarligini oladi, hisoblash, xujjatlashtirishni bajaradi.
Diskresiya - o‘zining xoxishiga ko‘ra investitsion qarorlarni amalga oshirish mumkin.
Daromadlari to‘g‘ri gonorar va mukofot xizmatlar uchun
sum - trast aktivlari summasiga xajmidan kat’iy belgilangan yoki o‘zgaruvchan foiz asosida mukofot olish.
Trast operatsiyalarini o‘zaro karama-karshi zachet asosida olib borish, mijozning hisob varagidan majburiy ravishda pulni undirish mumkin emas.
qimmatbaho metallar bilan operatsiyalar:
qimmatbaho metallar sotib olish va sotish bilan bogliq operatsiyalar;
qimmatbaho metallarni jamgarmaga jalb qilish operatsiyalari;
qimmatbaho metallar va toshlarni saqlash va transportirovka qilish;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga kredit berish yoki ularni garavga asosida kredit berish.
eksport operatsiyalari.
Overnayt-uik end paytida mablag‘larni quyish.
Metall miqdori x baho x foiz stavkasi (%-yil)kun
360x100
qimmatbaho qogozlar bilan bogliq risklar:
· Baho riski, qimmatbaho qogozlar toshlar va metallarning bahosini o‘zgarishi.
· Likvidligining riski. Muddati va xajmini muvozanatini to‘g‘ri olib borilmasligini yoki to‘g‘ri kelmasligini natijasida risk paydo bo‘ladi.
· Huquqiy risk. Bank faoliyatiga bogliq bo‘lgan normativ xujjatlarni qabul qilishi natijasida oladigan zarar.
Do'stlaringiz bilan baham: |