17-mavzu: Tijorat banklarining lizing operatsiyalari
Lizing operatsiyalari va ularning mohiyati.
Lizing operatsiyalarining turlari.
Lizing operatsiyalarini o‘tkazish tartibi va ular bilan bog‘liq risklari.
Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini rivojlantirish masalalari.
Lizing operatsiyalari va ularning mohiyati.
So‘nggi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (Leasing - ing. «ilgari») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyat turlari keng rivoj topmoqda.
Lizing uch taraflama:
sotuvchi
lizing beruvchi (bank)
lizing oluvchi
yoki ikki taraflama:
lizing beruvchi (bank)
lizing oluvchi
lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Lizing sotuvchi, lizing beruvchi va oluvchi lizing sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi.
Lizing beruvchi lizing ob’ektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing ob’ekti (mulk)ni mulk qilib beruvchi shaxs masalan, bank lizing beruvchi bo‘lib hisoblanadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektini olayotgan shaxs lizing oluvchi bo‘lib hisoblanadi.
Lizing beruvchi (bank), lizing oluvchi va lizing sotuvchilar sifatida maydonga chiqadigan sub’ektlar va ular o‘rtasida vositachi sifatida chiquvchi shaxslarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Lizing munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlar
№
|
Lizing sub’ektlari
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Lizing beruvchilar
(mulk egalari)
|
tijorat banklari
qo‘shma lizing kompaniyalari
xorijiy lizing kompaniyalari
xalqaro lizing kompaniyalari
ixtisoslashgan milliy lizing kompaniyalari
uskunalarni tayyorlovchi korxonalar filiallari va bo‘limlari
davlat va mahalliy organlar:
mulk qo‘mitalari
moddiy ta’minot bo‘limlari
qurilish bosh boshqarmalari
boshqa organlar
sug‘urta kompaniyalari
nafaqa fondlari
lizing operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan ochiq va yopiq aksionerlik jamiyatlari
|
2.
|
Lizing oluvchilar (mulkdan foydalanuvchilar)
|
tovar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar
yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar
|
3.
|
Lizing ob’ektlarini sotuvchilar
|
mulk egalari
uskunalarni ishlab chiqaruvchilar
moddiy ta’minot tashkilotlari
savdo firmalari
aksionerlik jamiyatlari
qo‘shma korxonalar
|
4.
|
Lizing munosabatlarida qatnashuvchilar o‘rtasida vositachilik qiluvchilar.
|
distribyuter (ulgurji xodim)
dilerlar
brokerlar
komissionerlar
maklerlar
konsignatorlar
ishonchli shaxs( vakil)lar
ishlab chiqaruvchilar agentlari (iste’molchi-lar)
kommivoyajerlar
maslahatchilar
xabarlovchi savdogarlar
|
Lizing beruvchilar, xususan tijorat banklari xaridor sifatida maydonga chiqmoqchi bo‘lishsa, u holda ular o‘zlarining faoliyatlarini lizing operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirgan bo‘lishlari lozim. Bunday hollarda bank mulkni sotib olish uchun korxona (firma) larga ssuda (kredit) berish o‘rniga ularni o‘zi sotib oladi va ularni ijara oluvchilarga ijaraga bergan holda, egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki shartnomaga binoan ijara haqini (lizing to‘lovini) oladi.
Garchi lizing mohiyatan kreditlashga yaqin tushuncha bo‘lib har ikkalasi ham investitsiyalashga xizmat qilsada, ular bir biridan tubdan farq qiladi
-jadval
Lizing va kredit, ular o‘rtasidagi farqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |