Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja


Faktoring bitimini tuzish va amalga oshirish mexanizmi



Download 2 Mb.
bet127/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

Faktoring bitimini tuzish va amalga oshirish mexanizmi.


Мол етқазиб берувчи

Талаблар тулови

Банк факторинг булимии (факторинг компанияси)

Маҳсулот учун тулов

Odatda, bank yoki faktoring kompaniyasi korxonadan ariza murojaatnomani olib, 1-2 xafta mobaynida mijozning moliyaviy va iqtisodiy ahvolini, uning xujalik faoliyati hususiyatlarini o‘rganib chiqadi. Agar korxona bankning mijozi bo‘lib qolgan bo‘lsa, u holda u bankka xaridor uchun taqdim etiladigan barcha schyot- fakturalarni beradi. Bank barcha schyot- fakturadarni, shuningdek xaridorning to‘lovga qobilligini to‘liq o‘rganib chiqadi. Bu muddat 24 soatdan 2 xaftagacha chuzilishi mumkin. SHundan sung bank to‘lovni belgilangan muddatda yoki undan avval xam amalga oshirishi mumkin.


Faktoring operatsiyalarida bank schyot- faktura qiymatining, odatda, 80 foizi miqdorida, ayrim holatlarda esa, masalan, korxonaning mazkur bank uchun juda ishonchli mijozga aylanib qolganligi sababli ham mahsulot qiymatining 90 foizigacha miqdorini o‘tkazib berishi mumkin. Kolgan 10-20 foizi esa, zahira hisoblanadi, ya’ni to‘lovning qolgan qismi debitor tomonidan barcha qarz summalari qaytarilgandan so‘ng bank tomonidan amalga oshirildi.
Banklarning faktoring operatsiyasini amalga oshirish bosqichlri qo‘yidagilardan iborat.
Birinchi bosqichi shartnoma deb atasak, chunki bu bosqichda ikkita korxona o‘rtasida biron bir tovar yoki xizmatlar uchun o‘zaro shartnoma tuziladi.
Albatta, keyingi ikkinchi – bosqichda oldindan qisman to‘lash jaryonii, ya’ni, Uzbekiston Respublikasi Prezidientining 1995 yil 12 maydagi 1154-Farmoniga asosoan 15 foizdan kam bo‘lmagan to‘lovdir. Uchinchi bosqich, bu etqazib berilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar va turtinchi bosqich esa mol etkazib beruvchi tomonidan to‘lovchining hisob raqamiga qo‘yilgan to‘lov talabnomasi. YUqoridagi to‘rtta bosqichdan so‘ng shartlar bajarilsa, faktoring jarayonini amalga oshirish uchun qo‘lay sharoit yuzaga keladi.
Beshinchi bosqich faktoring operatsiyasini amalga oshirish uchun mol etkazib beruvchi va uning banki bilan shartnoma, 90966-Faktoring. Ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha ushbu hisob raqamida faktoringni balansdan tashqari hisobi olib boriladi. Ushbu schyot debetida sotib olingan debitor qarz summasi, kreditida esa to‘liq yopilgan faktoring turadi.
Oltinchi bosqichda bank shartnoma asosida memorial order bilan quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiradi:
1. Dt 11101
Kt 202 - Ushbu yozuv umumiy qarz summasidan bankda qoladigan diskont chegirib tashlashdan qolgan qismi mol etkazib beruvchining asosiy depozit hisobraqamiga tushurib beriladi va ushbu hisobraqamdan qonunda belgilangan to‘lovlar amalga oshiriladi.
2. Dt 11101
Kt 11195 - Ushbu yozuv diskont summasi bo‘ladi va bu diskont faktoring asosiy qarzi kelib tushishi davomida bank daromadlari hisobraqamiga olib boriladi.
Ushbu summa, ya’ni faktoring summasiga amalga oshiriladigan yozuv faktoring tuliq yopilgandan so‘ng teskari yozuv bilan chiqim qilinadi.
Dt 11101 Dt 11195
Kt 11195 Kt 45217
YAna shuni aytib o‘tish kerakki, faktoring operatsiyalariga doir mablag‘larni etqazib beruvchining hisobraqamiga o‘tkazilishi ikki nushada memorial order bilan rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi shu operatsiya amalga oshirilgan kunga tegishli kunlik xujjatlarga tikiladi, ikkinchi nushasi esa mijozning hxisobraqamidan ko‘chirmasiga ilova qilinadi.
YUqoridagi amallar bajarilganidan so‘ng, qarzdorlik mol etkazib beruvchidan bank nomiga o‘tadi. Demak, to‘lovga mol etkazib beruvchi tomonidan qo‘yilgan talabnomadan pul mablag‘larini oluvchi, ya’ni mol etkazib beruvchi nomidan ko‘chirilib (7- bosqich) debitor qarzni sotib olgan bank nomiga o‘tadi.

Korxonalarni debitorlik qarzlarini qisqartirishda faktoring opersiyalarining o‘rni.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan xujalik sub’ektlarida juda katta hajmdagi debitorlik – kreditorlik qarzdorligini mavjudligi. Bu salbiy holat esa ko‘p hollarda to‘lov intizomini asossiz ravishda bo‘zganlik uchun yuzaga kelgan.


O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab xujalik sub’ektlarida haddan tashqari ko‘p tovar zaxiralari va tayer mahsulotni to‘planib qolganligi:
Faktoring operatsiyasi faktoring firma (bank) tomonidan mijoz to‘g‘risida, ya’ni uni to‘lovga qobiliyatligi, balansisini likvidligi, ishlab chiqargan mahsulotlarini sotib oluvchi xaridorlarining moliyaviy holati, debitor qarzdorligi va shunga uhshash moliyaviy ma’lumotlarni to‘liq, haqqoniy va o‘z muddatida olishlikni talab etadi. Lekin, shuni qayd etish lozimki hozirda respublikamizda faoliyat ko‘rsatietgan juda ko‘plab xujalik sub’ektlari tomonidan xujalik-moliyaviy holati to‘g‘risida xaqqoniy va oshkora ma’lumot berish tajribasi yo‘lga qo‘yilmagan.
YUqorida qayd etib o‘tgan salbiy omillar respublikamiz tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyasini amaliyotga kirish hamda rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bizning fikrimizcha ushbu salbiy holatni bartaraf etish maqsadida qo‘yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan mamlakatimizda xujalik yurituvchi korxonalarda debitorlik kreditorlik qarzdorligini inventarizatsiya qilish va aniqlangan o‘zaro qarzdorlikni o‘zaro singdirish hamda da’vo muddati o‘tganlarini (O‘zbekiston Respublikasi Fukorolik kodeksining 157 moddasiga asosan respublikamizda debitor-kreditor qarzdorlikning da’vo muddati 3 yil deb belgilab qo‘yilgan) majburiy ravishda korxonaning foydasiga (kreditorlik qarzi) yoki zarariga (debitorlik qarz) olish to‘g‘risida mahsus qaror ishlab chiqish lozim. Ushbu qarorni ishlab chiqarilishi va amaliyotga kiritilishi respublikamizdagi juda ko‘plab korxonalardagi o‘zaro qarzdorlikni keskin ravishda qisqartirishga olib keladi. Bu holat esa tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyasini olib borishdagi o‘ziga xos salbiy to‘siqni olib tashlaydi deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xujalik sub’ektlari tomonidan ular o‘zlari to‘g‘risida xujalik-moliyaviy holati to‘liq, haqqoniy ma’lumot oshkoraligini amaldagi qonunchilik asosida tartibga solish lozim. Bu xolat esa tijorat banklarida faktoring shartnomasida ishtirok etayotgan mijozlar to‘g‘risidagi haqqoniy, to‘liq ma’lumotni olish imkoniyatini beradi va bu bilan faktoring operatsiyasidagi pasayadi. SHuni ta’kidlash lozimki, faktoring shartnomasida ishtirok etayotgan sub’ektning biri bankning mijozi bo‘lmasligi mumkin shuning uchun, bizning fikrimizcha, respublikamiz bank tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan (mulkchilik shaklidagi qat’iy nazar) tijorat banklarida mijozlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bazasini yaratish va lozim vaqtda bu ma’lumotlardan (faktoring shartnomasi tuzilayotgan vaqtda) rasmiy ravishda o‘zaro foydalanishlikni amaliyotga kiritish lozim. Bu xolat faktoring shartnomasini imzolayotgan tijorat bankiga xar ikkala (o‘z mijozi hamda ishtirok etayotgan begona mijoz) mijoz to‘g‘risida tezkor va haqqoniy ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi hamda bank uchun kredit xatarini kamaytiradi.
Faktoring krediti kompaniyalar o‘rtasidagi debitor- kreditor qarzdorlikni qisqartirishning ishonchli vositasi va tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning mustaqil shakli bo‘lib hisoblanadi.
Banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan faktoring xizmatlari xajmini oshirish tijorat banklarining etarli darajada resurs bazasiga ega bulishini taqazo etadi va ularning joriy likvidlilik darajasini talab darajasida bo‘lishini taqozo etadi.
Tijorat banklarining depozit va kapital bazalarining barqaror bo‘lishi ularning resurs bazasini mustahkam ekanligidan dalolat beradi. Banklarning depozit bazasini barqarorligi deganda, odatda, ularning jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlar salmog‘inining 30 foizdan oshmasligi e’tirof etiladi.
Banklarning joriy likvidliligini talab darajasida bo‘lishi deganda ularning joriy likvidlilik koeffitsienti 30 foizdan past bo‘lmasligi tushuniladi.
Xorijiy davlatlar faktoring kompaniyalari vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, tovarni ishlab chiqaruvchi va uni etkazib beruvchilar faktoring kompaniyalari uchun xizmat ko‘rsatish soxalari korxonalariga qaraganda ishonchliroq mijozlar hisoblanar ekan, chunki agar yuklab junatilgan tovarlarni sotib olishga rozilik bildirmagan holatda uni boshqa iste’molchiga (albatta, nisbatan past bahoda) sotib yuborish mumkin, ko‘rsatilgan xizmatni esa boshqa iste’molchiga o‘tkazishning imkoni yo‘q. Bu holat faktoring kompaniyalari tijorat riskining usishida o‘z aksini topadi.
Aynan shu uchun, faktoring kompaniyalari uchun umumiy tarzda tayyorlangan mahsulot ostidagi operatsiyalar mahsus buyurtmadagi maxsulotga nisbatan ishonchlirokdir.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish