Bank hisobi va audit


Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra



Download 11,58 Mb.
bet233/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra:

-kassa operatsiyalari;

-ssuda operatsiyalari (kreditlash);

-investitsiya va fond operatsiyalari;

-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish;

-bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bog’liq operatsiyalardan iborat.

Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog’liq ishlarni amalga oshiradi.



Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik sub’ektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma’lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko’p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi.

Investitsiya operatsiyalarida banklar ho’jalik yurituvchi sub’ektlar va davlatning qimmatli qog’ozlariga moliyaviy mablag’larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma’lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog’ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.

Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi – sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o’zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko’rishi mumkin.

Banklar yirik va yuqori darajadagi to’lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma’lum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.

Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to’rtta guruhga ajratish mumkin.

1.Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag’lar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.

2.Berilgan kreditlar va depozit ko’rinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag’lar.

3.Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog’ozlarga va nomoddiy aktivlarga, shuningdek pay ko’rinishida xo’jalik faoliyatiga yo’naltirilgan resurslari.

4.Bankning o’ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan mablag’lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo’lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.

Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha yuqori bo’lsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham shuncha yuqori bo’ladi va aksincha.



Demak, banklarning aktiv operatsiyalari daromad keltirish darajasiga qarab:

Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar va daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga bo’linadi.

Aktivlar Markaziy bankning 2015 yil 13 iyundagi 14/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish to’g’risida”gi Nizomga asosan banklarning aktivlari sifatiga ko’ra:

standart;

substandart;

qoniqarsiz;

shubhali;

umidsiz toifalarga tasniflanadi.

Aktivlar “Standart” sifatida tasniflangan aktivlar bo’yicha qaytarilmagan kredit summasining 1 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.

Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar bo’yicha bank asosiy qarzning to’lanmagan summasining 10 foiziga teng bo’lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.

Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflagan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25 foiz miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.

Shubhali” deb tasniflangan aktivlar bo’yicha bank asosiy qarz to’lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.

Bank tomonidan berilgan kreditlar kamida 180 kunga kechiktirilganda bular umidsiz deb tasniflanadi. Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo’yicha bank asosiy qarzning to’lanmagan summasining 100 foizi miqdorida, sud jarayonida ko’rib chiqilayotgan aktivlarga 150 foizgacha zaxiralar yaratishi kerak.

Bank aktivlari likvidli, ya’ni tez naqd mablag’ga aylantirish imkoniyati bo’lishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bo’linadi:

Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul ko’rinishidagi mablag’lar bo’lib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yo’naltirilishi mumkin;

qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va ikkilamchi bozorga ega bo’lmagan qimmatli qog’ozlar;

qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o’rta va uzoq muddatli kreditlar, ikkilamchi bozorga ega bo’lmagan qimmatli qog’ozlar, pay ulushlari va boshqalar;

past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yo’naltirilgan mablag’lar kiradi.

Demak, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma’lum darajadagi risklarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e’tiborni mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini ta’minlashga qaratadi.



Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish