Bank hisobi va auditKredit foiz stavkasi («praym-reyt» dan past)
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021
«Praym-reyt» stavkasidan farqli ravishda past stavkalar amaliyotda keng qo’llanila boshlandi. Bu foiz stavkalar bankning mablag’larni jalb qilish borasidagi stavkalariga tenglashib qolgan edi. Ushbu stavkalarning joriy qilinishi «praym-reyt» stavkasining bazaviy stavkasi funktsiyasini yo’qolishiga olib keldi. «Qiymat–foyda» modeli asosida kredit stavkasini o’rnatish. AQShda bank amaliyotida tijorat banklarining barcha xarajatlarini va kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan risklarni qoplay oladigan hamda bank uchun etarli daromadni ta’minlaydigan kredit bahosi shakllanishining murakkab modellari ishlab chiqilib amaliyotda keng qo’llanilmoqda. Shunday modellardan biri «Qiymat–foyda» modeli hisoblanadi. Bu modelga muvofiq, bank zarur moliyaviy resurslarni jalb qilishi, kreditlash amaliyoti xarajatlarini qoplashi va natijada etarli foydaga erishishi ko’zda tutiladi. «Qiymat–foyda» modeli bo’yicha kredit foizini belgilash alohida amaliy ko’rsatkichlar asosida hisob-kitob qilib ko’rsatilgan. Tijorat banklarida mijozlarni toifalarga ajratish va unga mos ravishda kredit bahosini shakllantirish bir qator afzalliklarga ega: - birinchidan, tijorat banklari yirik mijozlarini kreditlash kichik kredit kreditlarga nisbatan kam xarajatli bo’lib, yuqori daromad keltirishni ta’minlaydi; - ikkinchidan, bankning kichik mijozlari kreditlash amaliyoti xarajatlari oshib, kredit bahosining yuqori shakllanishiga olib keladi. Shunday ekan, bank mijozlarini pul tushumlariga asosan toifalarga ajratish va ularga mos ravishda kredit bahosini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish, kredit ta’minoti sifatini baholash, kreditning maqsadi va boshqa omillar tahlili natijasida kredit riski darajasi baholanadi. Foiz stavkalarini belgilash jarayonida muammolar paydo bo’lsa, u holda har bir mijoz uchun alohida stavka belgilanishi xususida qaror qilinishi zarur. Ayrim mamlakatlarning (Singapur, Malayziya) bank amaliyotida ba’zi toifadagi mijozlarga nisbatan past foiz stavkada kreditlar taqdim etiladi. Buning sababi, mijoz olgan kreditidan keladigan daromadidan tashqari boshqa operatsiyalarini bajarish orqali bankka ko’proq foyda keltiradi. Natijada bank mijoziga kredit berishdan olinadigan daromad pasayishi kuzatiladi, lekin aslida bankning mijoz bilan bo’ladigan boshqa munosabatlaridan oladigan daromadlari uning o’rnini qoplaydi. Jismoniy shaxslarni kreditlash va ularga taklif etilayotgan foiz stavkalarini o’rganishda Rossiya tajribasiga murojaat qilishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Chunki Rossiya tijorat banklari amaliyotida kredit xizmatlari qo’shimcha to’lovlarning joriy qilinishi mijozlarning kreditni qaytarish imkoniyatlarini pasaytirdi va natijada bank kreditlarining qaytmasligiga olib keldi. Shu o’rinda Rossiya bank amaliyotida mavjud ko’rsatkichni keltirib o’tamiz. Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki raisi o’rinbosari G.Melikyanning ta’kidlashicha, ayrim tijorat banklari kredit portfelida mavjud muammoli kreditlarning 30 foizi aynan bank kreditlari bo’yicha bahoning noto’g’ri va yuqori shakllantirilganligi hisobiga yuzaga kelgan58. Rossiya bank amaliyotida qarz oluvchi mijozlarga kredit bahosini aniq ifodalovchi kredit foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlash bo’yicha majburiy tartib ishlab chiqilgan. Unga muvofiq tijorat banklari jismoniy shaxslarga beradigan kreditlari bo’yicha foiz stavkalarni ijobiy darajasini ta’minlashi va u to’g’risidagi ma’lumotlarni qarzdorga taqdim etishi talab etiladi. Rossiya Markaziy bankining «Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan kreditlar bo’yicha samarali foiz stavkalarni ta’minlash tartibi to’g’risida»gi (29.12.2006 yilda qabul qilingan) tartibiga muvofiq, barcha tijorat banklari kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlagan holda, o’z mijozlariga taqdim qila boshladi. Download 11,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |