2.Bank kafolatlari va ularning hisobi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri pul aylanishini
to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar pul
munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va
tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada
bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar
yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining
moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan,
pensiya fondi, sug’urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo’ladigan
pulli munosabatlar vujudga keladi.
Iqtisodiyotda yuzaga keladigan puli munosabatlarda pul shakillaridan
foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulsiz
aylanishga va nakd puli aylanishga bulinadi. Chakana savdo va axoliga pullik
xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshriladi. Bundan tashqari, naqd puli
234
aylanishga komunal xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi xizmatchilarga ish xaqi va
shunga tenglashtirgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga baddalar to’lash,
uy-joy qurulishi va boshqa maqsadlar uchun axolii tomonidan olingan kreditni
naqd pul ko’rinishida qaytarish bilan bog’liq, to’lovlarning to’lanishi kiradi.
Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pulsiz aylanishi
tashkil etadi. Naqd pulsiz aylanishi naqd pulsiz hisob- kitob shakllari asosida olib
boriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning keng ishlatilishiga ko’p tarmoqli bank
tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan mikroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va
uni tartibga solish nuqtai-nazaridan davlatlarning qiziqishi, mulkchilik
shakillarining ko’payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi
asos bo’ladi.
Avvalombor to’lovlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning balansdan
tashqari operatsiyalarni o’rganishda naqd pullar, ya’ni banknota va tangalar bilan
bog’liq bo’lgan operatsiyalarni ko’rib chiqsak.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi
hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul
belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo’lib, ularning
muomalada bo’lish qoidalarini belgilaydi. Shu sababli tegishli tartib-qoidalarni
ishlab chiqadi va joriy qiladi.
Xozirgi kunda naqd pul bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar banklarda
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,inkassatsiya va qimmatliklarni
tashishga doir” 1831-sonli yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi.
Bank kassirlari muomaladagi pullarning tozaligi va ularning sifatini har kuni
nazorat qilishlari shart. Pul va metall tangalarni qabul qilish hamda ular bilan
ishlashda eskirgan, shikastlangan, shuningdek nuqsonli metall tangalar
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul va metall
tangalarning to’lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash Qoidalariga binoan
muomaladan chiqariladi.
Kassirlar, pul sanash mashinalarida qayta sanalgan pul va tangalarni,
shuningdek bevosita pul tushumini topshiruvchilar tomonidan saralangan pul va
tangalarning haqiqiyligi, to’lovga yaroqliligi va eskirganligini aniqlash
mas’uliyatidan ozod etilmaydi.
To’lov yoki almashtirib berish uchun qabul qilingan qalbaki yoki to’lovga
yaroqsiz pullarni qabul qilib olgan bank kassirlari, o’zlari qabul qilgan qalbaki
yoki to’lovga yaroqsiz pul va metall tangalarning umumiy summasi bo’yicha
moddiy javobgar hisoblanadi.
To’lov qobiliyatini yo’qotgan pullar almashtirib berilmaydi.
Banklar va ularning filiallari yong’inlar yoki boshqa baxtsiz hodisalar
oqibatida yaroqsiz holga kelgan pullarni (Davlat yong’in nazorati organi
tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etilganda), ularning haqiqiyligiga
ishonch hosil qilgach, bank (filial) rahbari ruxsati bilan almashtirib berish
huquqiga egadirlar.
Shikastlangan pullarni almashtirib berish, mijozlar ularni bank kassasiga
taqdim etganlaridan so’ng, buxgalteriya o’tkazmalarisiz amalga oshiriladi.
235
Shikastlangan pullarga "Almashtirilgan" degan to’rtburchak muhr bosiladi va unda
bank nomi, sanasi, pulning haqiqiyligini ko’zdan kechirgan shaxsning lavozimi
ko’rsatilib, uning imzosi qo’yiladi. Ko’rsatib o’tilgan pullar eskirgan pullar
toifasiga o’tkaziladi.
Kelgusida pullarning butligini vaqtincha saqlash maqsadida, kassirlarga
shikastlangan pullarni butun holda kalkaga yoki yupqa qog’ozga yopishtirish,
tabiiy eskirish natijasida yaroqsiz holga kelgan pullarni esa alohida o’rab bog’lash
tavsiya etiladi.
Bank kassirlari tomonidan shikastlangan pullarni polimer materiallar (skotch,
tsellofan va hokazolar) bilan elimlash qat’iyan man etiladi.
Agarda kassir uchun pul va tangalarning to’lovga yaroqliligini aniqlashda
qiyinchilik tug’ilsa, bunday holda yakuniy qarorni kassa operatsiyalari bo’limining
boshlig’i (kassa mudiri), zarur hollarda esa - bank rahbari qabul qiladi.
Almashtirib berishga ruxsat etilmagan pullarga "Almashtirib berish rad
etildi" degan to’rtburchak muhr bosilib, bank nomi, sanasi, shunday qarorga kelgan
xodimning lavozimi ko’rsatiladi va imzosi qo’yiladi.
Agar bank xodimlari pullarning to’lovga yaroqliligini aniqlashda qiynalsalar,
ushbu pullar mijozning xohishiga binoan ariza shakliga muvofiq, ekspertizaga
qabul qilinishi mumkin.
Pullarni ekspertizaga qabul qilinganligi haqida mijozga 004-shakldagi
kvitantsiya beriladi.
Ekspertizaga qabul qilingan pullar ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
orderlari asosida 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar"
hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha kirim qilinadi. Inkassatsiya qilingan
pul tushumini qayta sanash vaqtida yoki taftish, tekshiruv va boshqa hollarda
ularning to’lovga yaroqliligiga shubha tug’diradigan pul va tangalar ham aynan
shu hisobvaraqqa kirim qilinadi.
Debet 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha
kontr-hisobvaraq
Keyinchalik ekspertizaga olingan pullar bank mijozlarining arizalari bilan
birgalikda, ekspertizaga olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirilmagan holda
joylardagi Markaziy bank Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markazlari
(HKKM)ga ro’yxat asosida inkassatorlarning navbatdagi tashrifi orqali jo’natiladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan to’lovga yaroqsiz va ularning to’lovga
yaroqliligini aniqlashda shubha tug’diruvchi pullar keyinchalik Markaziy bankning
hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh
boshqarmasiga yuboriladi.
Bank filiallari tomonidan jo’natilayotgan pullar 90143 "Ekspertizaga qabul
qilingan yo’ldagi banknot va tangalar" hisobvarag’ining alohida ochilgan shaxsiy
hisobvarag’ida o’z nominal qiymatida hisobga olinadi.
Debet 90143 - Ekspertizaga qabul qilingan yo’ldagi banknot va tangalar
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha
kontr-hisobvaraq
236
Pul joylangan jo’natmalar qoplarga joylanib, filial rahbari, bosh buxgalteri va
kassa mudirining surg’uchli muhrlari bilan muhrlanadi. Ushbu banknot va tangalar
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga kirim
qilinib, kirim qilinganligi haqidagi yozma tasdiqnomani bank filiali olganidan
so’ng, ushbu pullar ekspertizadan o’tkaziladi. To’lovga yaroqsiz deb topilgan
summalarni hisobdan chiqarish qimmatliklar kirim qilinganligi to’g’risida olingan
tasdiqnomadan so’ng, amalga oshiriladi.
To’lovga yaroqli deb topilgan pul va tangalar eskirgan pullar toifasiga
o’tkaziladi hamda bir vaqtning o’zida 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot
va tangalar" hisobvarag’idan chiqim qilinadi.
Debet 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha
kontr-hisobvaraq
Kredit 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
Ekspertizaga yuborilgan pul va tangalarni almashtirib berish rad etilgan
taqdirda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa
markazi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob-kassa
markazlariga rad etish sabablarini yozma ravishda ma’lum qiladi.
Shikastlangan pul va tangalarni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha ularni
ekspertizaga topshirgan shaxslar xabardor qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh ekspertining xulosasi tegishli
bankka xabar qilinadi va u mazkur bank uchun majburiydir.
Qalbaki pullar 90141 "Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar"
hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha kirim qilinadi va bu haqda bank
rahbariga xabar qilinadi va u O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
maxsus ko’rsatmalariga binoan belgilangan tartibda Ichki ishlarning tuman
(shahar) organlariga qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligi, uning seriya
va raqamini ko’rsatgan holda xabar qiladi. Qalbaki pullar ushbu hisobvaraqdan
chiqim kassa orderi bo’yicha tilxat asosida huquqni muhofaza qilish organiga,
uning yozma so’rovnomasiga asosan beriladi. Qo’shimcha axborot Markaziy
bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi va Emissiya-kassa operatsiyalari
departamentiga ma’lumot uchun yuboriladi.
Qayta sanash vaqtida aniqlangan to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullar hamda
tangalar uchun o’sha xaltaga tegishli bo’lgan ilova qaydnomasi va xaltadagi yuk
xatiga dalolatnoma tuzilib, unda har bir pulning seriya va raqamlari, qiymati
hamda tangalar summasi ko’rsatiladi. To’lovga yaroqsiz pullarga "Almashtirib
berish rad etildi" degan muhr bosilib, unda bank nomi, sana va ushbu qarorni qabul
qilgan shaxsning imzosi ko’rsatiladi.
Dalolatnomada qayd etilgan pul va tangalar qayta sanash kassasiga
boshchilik qiluvchi xodimga beriladi. Ushbu xodim xo’jalik yurituvchi sub’ektning
xaltalarida aniqlangan to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullarning qiymati va ularning
raqami yoki tangalar summasi bo’yicha qabul qilinganligi yuzasidan
ma’lumotnoma tuzadi. Ma’lumotnoma 003-shakldagi kirim orderlarini tuzish va
ko’rsatib o’tilgan pullarning 90145 "To’lovga yaroqsiz banknot va tangalar"
hisobvarag’iga kirim qilinishi uchun bankning bosh buxgalteriga yuboriladi.
Debet 90145 - To’lovga yaroqsiz banknot va tangalar
237
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo’yicha
kontr-hisobvaraq
Kirim orderlari uch nusxada tuzilib - birinchi nusxasi kunlik kassa
hujjatlariga, ikkinchisi - buxgalteriyaning kunlik hujjatlarida qolish uchun va uning
uchinchi nusxasi - to’lovga yaroqsiz (qalbaki) pullar bilan birga saqlanadi.
Shundan so’ng, orderlar, to’lovga yaroqsiz pul va tangalar kassa mudiriga
topshiriladi.
To’lovga yaroqsiz pul va tangalar aniqlangan vaqtdan boshlab 10 kun
mobaynida mijozning talabiga ko’ra bankdan tashqariga olib chiqmaslik sharti
bilan, unga ko’rsatilishi mumkin. Kelgusida ushbu to’lovga yaroqsiz pullar
inkassotorlar orqali Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob-
kitob-kassa markaziga ro’yxatlarbilan birga 90143 "Ekspertizaga qabul qilingan
yo’ldagi banknot va tangalar" hisobvarag’iga o’z nominal qiymati bo’yicha
yuboriladi. Ushbu to’lovga yaroqsiz pul va tangalar tegishli mutaxassislar
tomonidan ekspertiza qilinganidan so’ng, belgilangan tartibda yo’q qilinadi yoki
almashtirib berish uchun tegishli bankka yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |