O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit siyosatining si- fat darajasini tahlil qilish uning tarkibi va dinamikasini baholashni taqozo qiladi.
4.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarining tarkibi va dinamikasi
(foizda)
|
Depozitlarning turlari
|
2009 y.
|
2010 y.
|
2011 y.
|
2011-yilda 2009- yilga nisbatan o‘zgarishi, punkt
|
1
|
Transaksion depozitlar
|
55,4
|
50,0
|
47,6
|
-7,8
|
2
|
Muddatli depozitlar
|
41,4
|
47,4
|
51,5
|
10,1
|
3
|
Jamg‘arma depozitlari
|
3,2
|
2,6
|
0,9
|
-2,3
|
Depozitlar-jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
X
|
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, transaksion depozitlarning bank depozitlari umumiy hajmidagi salmog‘ining pasayish tendensiyasi mavjud. Tahlil qi- lingan davr mobaynida ularning salmog‘ini 7,8 punktga pasayishi yuz berdi. Bu pasayish muddatli depozitlar salmog‘ining oshishi hisobiga yuz berdi. Bu holatni ijobiy baholash lozim, chunki u bankning xorijiy valyutadagi resurs bazasini mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.
Endi biz aholining muddatli omonatlarini jalb qilish amaliyotini tahlil qilamiz.
4.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida jamg‘arma depozitlari salmog‘ining o‘zgarishi
(foizda)
Ko‘rsatkichlar
|
2009 y
|
2010 y.
|
2011 y
|
2011-yilda 2009-yilga nisbatan
o‘zgarishi
|
Depozitlar jami Shu jumladan:
-jamg‘arma depozitlari
|
100,0
5,6
|
100,0
5,6
|
100,0
5,8
|
X
+0,2
|
Jamg‘arma depozitlarining asosiy qismi, odatda, aholining muddatli omonatlaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, respub- likamiz tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida jamg‘arma depozit- larning salmog‘i juda kichik va u tahlil qilingan davr mobaynida sezilarsiz darajada o‘zgargan. Holbuki, aholining muddatli omonatlari tijorat banklari uchun muhim resurs manbai hisoblanadi. Fikrimizning isboti tariqasida bir tarixiy voqeaga murojaat qilishimiz mumkin: 80-yillarning boshida bir guruh AQSh tijorat banklarining rahbarlari FZTga aholining muddatli omonatlari bo‘yicha majburiy zaxira stavkalarini pasaytirishni so‘rab murojaat qildilar. Chunki, ular Yaponiya banklarining xalqaro bozorlardagi yuqori darajadagi raqobatbardoshligining asosiy sababi yapon banklari resurslari tarkibida aho- li omonatlarining yuqori salmoqqa ega ekanligi, deb hisoblardilar. FZT bu murojaatni to‘g‘ri qabul qildi va aholining muddatli omonatlariga nisbatan eng past stavka belgiladi (3%).
Endi biz mamlakatimizning ikki yirik tijorat banki misolida depozitlar- ning sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilamiz.
4.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |