16
Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy
ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga
aktivlarning likvidliligi, daro-
madliligi va risklilik darajasi tahlili faoliyat muvoffaqiyatining garovi hisob-
landi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning
xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib bo-
rishning davr talabi bo‘lib qoladi.
Har qanday bank ham o‘zining aktivlarining tarkibini samarali shakllan-
tirishda ma’lum bir muammolarga uchraydilar. Bank aktivlarining sifati, ak-
tivlarning maqsadga muvo
fi
q
tuzilishiga, likvidligi, aktiv operatsiyalarning
diversi
fi
katsiyasiga, riskli aktivlarning hajmiga, muammoli va sifatsiz aktiv-
larning salmog‘i va aktivlarning o‘zgaruvchanlik sifatlariga bog‘liq.
Bank aktivlarini tahlil qilganda quyidagilarni aniqlash lozim:
– Bank aktivlarining umumiy qoldig‘i hisobot davrida qancha o‘zgar-
ganligini;
– Aktivlarning tarkibini – mablag‘lari asosan qaysi aktivlarga sar
fl
anga-
nini;
– Bank aktivlari tarkibining hisobot davrida (tahlil qilinayotgan davrda)
qanchalik o‘zgarganligini va ularning o‘zgarish sabablarini;
– Bank
aktivlarining likvidligini;
– Bank aktivlarining samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini hamda ular-
ning hisobot va o‘tgan davrdagi tafovutlarini;
– Bank aktivlaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni (ijo-
biy va salbiy) hamda foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini.
Bu ko‘rsatkichlarni aniqlab tahlil qilib, bank aktivlaridan foydalanish sa-
maradorligini oshirish yo‘llarini belgilash lozim bo‘ladi.
Bank aktivlarining holati uning faoliyati davomida o‘zgarib turadi. Bank
aktivlarining holati ijobiy yoki salbiy tamonga o‘zgarishi mumkin. Bank ak-
tivlarining qanday o‘zgarishi aktivlarni boshqarishga va to‘g‘ri yo‘naltirishga
bog‘liq. Shuning uchun ham bank aktivlarining holatini muntazam ravishda
o‘rganib, ularning o‘zgarishini tahlil qilib borish lozim.
Tahlilda birinchi navbatda bank aktivlarining
umumiy summasi hisobot
davrida qanchalik o‘zgarganligini (ko‘paygan yoki kamayganligini) aniqlash,
undan keyin esa o‘zgarish sabablarini aniqlash lozim.
Asosiy e’tibor aktivlar tarkibining o‘zgarishiga qaratilmog‘i lozim.
Bunda daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar, likvid
yoki nolikvid aktivlar holati to‘liq talqin qilinmog‘i lozim. Bundan tashqari,
bank aktivlari tarkibida bank faoliyati uchun umuman keraksiz aktivlvar
mav judligi va ularni «ishchan» aktivlarga aylantirish chora-tadbirlari ishlab
chiqilishi lozim. Kredit
garoviga olingan mol-mulklar, ombordagi keraksiz
17
asbob-uskunalar va vaqtincha foydalanilmayotgan bino-inshootlar shular jum-
lasiga kiradi.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: