Bank axborot tizimlari
Integrallashgan bank axborot tizimlari (BAT) yagona dasturiy texnologik majmuani o’zida namoyon etadi, u moliya va kreditning belgilangan sharoitlari bo’yicha nazorat qilinadigan zaxiralarni o’zlashtirishi, qaytarilishi va balanslanganligini tezlashtirish vositasidir. Integrasiyalashgan BAT bank vazifalari yig’indisini yaxlit holda qamrab oladi. U alohida holdagi avtomatlashtirilgan vazifalar yig’indisi emas, balki murakkab tizimga xos bo’lgan kompleks dasturlardir; pog’onali tizimlar murakkabligi, funksional maqsadlarning ko’pligi, stohastik (Ehtimoliy) xususiyatga ega boshqaruv jarayonlarini ta’minlash ishidagi o’suvchanlik (dinamika), ko’p funksionallik kabilar Shular jumlasidandir. Shu bois integrallashgan BATlarni ishlab chiqishda o’nga ta’sir etuvchi qo’llab miqdordagi tuzilma va omillarning mazmuni: bankning umumiy xarakteristikasi, uning rivojlanishining yaqin va uzoq maqsadlari, strategik yo’nalishlari; yuzaga kelgan boshqaruv tuzilmalarining o’ziga xosliklari; bank texnologiyasi tuzilishining umumiy tamoyillari; mo’ljallangan arxitektura tizimlari va avtomatlashtirishga tegishli funksiyalar tarkibi; kiritiladigan va chiqariladigan axborot hajmi, kiritiladigan hujjatlar soni; axborot havfsizligiga talablarni tahlil etishni talab qiladi. Bunday tahlil asosida keyinchalik bo’lajak tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy axborot tizimining funksional qismini loyi-halashtirish uning kichik tizimlari ajralib chiqish mezonini tanlash xaqidagi strategik masalani hal etish bilan bog’liq,. Bu muammo tashkiliy iqtisodiy ob’ektlarni avtomatlashtirishning butun tarihi mobaynida mavjud bo’lib, hozirgi paytda ham dolzarbligicha qolmoqda. Istalgan tizim tuzilishi va funksiyasini o’rganish uni tahlil etish va bundan keyingi sinteziga asoslanadi. Agar tahlil etish maqsadi — mavjud tuzilmadagi tizimning ishlashi qonuniyatlarini o’rganishda bo’lsa, sintezning vazifasi esa, o’nga topshirilgan funksiyani amalga oshira oladigan tuzilmani loyihalashtirish va tanlashdan iboratdir.
Murakkab tizimlar nazariyasidan ma’lumki, har qanday murakkab tizimni turli darajada detallashgan ayrim kichik tizimlarga bo’lish mumkin.
An’anaviy tarzda funksional kichik tizim deganda boshqaruvning funksional belgilari umumiyligiga muvofiq holda, ajralib chiqqan boshqaruv umumiy tizimining ayrim qismi tushuniladi.
Bankda hal etiladigan boshqaruv vazifalari ko’p jihatli ekan, loyihalashtirishda BAT dekompozisiyasi belgilarini klassifikasiya qilish muammosi yuzaga keladi. Bunday belgilar sifatida funksiyalar, davrlar, boshqaruv ob’ektlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Bank xizmatlari nomenklaturasi ancha barqarorligiga qaramay, texnologik bosqichlar va usullar izcxilligi kurinishida ularni amalga oshirish farqdanishi mumkin.
Turli banklar ishini qiyoslagan va ular faoliyatining avto-matlashtirish imkoniyatlarini saqlagan holda, bank texnologiyalari unifikasiyasi va standartlaShuvi qariyb yo’qligini qayd etishga to’g’ri keladi. Bir xil bank operatsiyalarining bajarilish texnologiyasi turli banklarda farqlanadi. Bir xil avtomatlashtirilgan joy o’rinlarda maqsad va vazifalar nomuvofiqligi, bir xil operatsiyalarni hujjatlashtirishda xilmaxillik va hokazolar kuzatiladi. Bu hol bozorda bank faoliyatini qisman avtomatlashtirishni ta’minlovchi ko’plab miqdordagi dasturiy vositalar paydo bo’lishiga olib kelasi. Biroq, eng samarali tizimlar ko’plab ishlab chiqarila boshlandi. Sertarmoq tuzilmaga ega va inte-grasiyalashgan tizimlarni sotib oluvchi firmalar ularni o’zlarining barcha filiallariga tarqatmoqda.
Tahlillar Shuni ko’rsatadiki, integrasiyalashgan BATlardagi kichik tizim va vazifalarga bo’linish bir paytning o’zida uch belgi-boshqaruv tuzilmasi, zaxiralar transformasiyasi va boshqarish funksiyasiga ko’ra guruhlanishini ko’zda tutadi.
Ko’pgina BATlarda bank texnologiyasi dasturiy mahsulotda uta murakkablashgan bo’ladi. Shu bois foydalanuvchi menyudan foydalanib, undan chetlasha olmaydi va dasturlashtirilgan dialog iulidan boradi, bu esa ishlab chiquvchiga to’liq bog’liqlikka olib keladi. Sozlash ishlarini bajaruvchi mutaxassis odatda ishlab chiquvchi vakili bo’ladi. Ba’zan esa, avtomatlashtirilgan muassasaning bank texnologi (ma’muri) uni amalga oshiradi
Shuni ta’kidlash lozimki, ko’pgina BAT larda faqat eng asosii ishlab chiqaruvcxilar nuqtai nazaridan eng muhim bo’lgan tizimlar, vazifalar avtomatlashtiriladi. Bu holni ayrim xizmatlar: faktoring, lizing, kartochka xizmati (yoki tashkiliy tuzilma elementlari) yo’qligi bilan izohlanadi.
Tizimli yondoshuvdan foydalanib, aytish mumkinki, IAT ham har qanday boshqa tizim kabi bir-biri bilan muayyan munosabatlarda bo’lgan elementlar(yoki tizimostilar)dan iborat Bu munosabatlardan ko’pi elementlar bilan birgalikda tizim tuzilmasini xosil qiladi. Shunday qilib, IAT-real voqelikning bir qismi bo’lib, ular o’rtasidagi ko’pgina elementlar va munosabatlar kurinishida taqdim etiladi.
Axborot tizimlarining ta’minotlari qo’llash sohasidan qatiy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarni kaita ishlashning deyarli barcha tizimlari ta’minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar (komponentlar) to’plamini o’z ichiga oladi. Ularni dasturiy, tehnik huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratilishi qabul qilingan. Shulardan eng asosiylarini yaqqolroq ko’rib chiqamiz.
Axborot ta’minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishning tasniflash va kodlashtirish tizimlari, hujjatlashtirishning unifikasiyalashgan tizimlari hujjat ailanmasi va hujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o’z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo’yicha uslublar va vositalar yig’indisidir. qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko’p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog’liq. Dasturiy ta’minot — hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MKIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus ) dasturiy mahsulotlar kiradi.
Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o’zaro xarakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy proseduralarni tashkil etish, MKIT texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |