Virusli infeksiyalar: OIV, genital gerpes, inson papillomavirusi tomonidan chaqiriladigan o’tkir uchli kondiloma, gepatit B, sitomegalovirus (inson gerpesvirusi tip 5), kontagioz mollyusk, Kaposhi sarkomasi (Gerpes tip 8);
Protozoal infektsiyalar: trixomoniaz;
Zamburug’li infektsiyalar: kandidoz (molochnitsa);
Parazitar kasalliklar: ftiriaz, qo’tir;
Shartli patogen va saprofit mikroflora tomonidan chaqiriladigan kandidozli kolpit, nomaxsus uretrit va bakterial vaginoz kabi kasalliklar jinsiy yo’l orqali yuqadigan kasalliklarga kirmaydi, ko’pincha ular bilan birgalikda ko’riladi (va nomutaxassislar xatosi tufayli shu sinfga taalluqli deb qaraladi).
BAKTERIAL INFEKTSIYALAR
Chov granulyomasi
Yumshoq shankr (Kasallik asosan Afrikada, Markaziy va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. O’zbekistonda juda kam qayd qilinadi.
Sifilis (zaxm) — surunkali tizimli venerik inektsion kasallik bo’lib, teri, shilliq qavat, ichki a’zolar, suyaklar, asab tizimini shikastlaydi va ketma-ket bosqichlar bilan almashadi.
Venerik limfogranulyoma — jinsiy yo’l bilan o’tadigan surunkali kasallikdir. U chov, son, yonobsh va chuqur tos limfa tugunlarining o’ziga xos shikastlanishi bilan tavsiflanadi.
Xlamidioz — xlamidiya (Chlamydia trachomatis) tomonidan chaqiriladigan jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsion kasallikdir. Bu jinsiy aloqa orqali yuqadigan eng ko’p uchraydigan infektsion kasalliklardan biri hisoblanadi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, har yili xlamidioz bilan 100 million odamlar kasallanadi, yer yuzida xlamidiya bilan infektsiyalanganlar soni esa eng kamtar hisob-kitoblarga ko’ra bir milliard kishini tashkil etadi. JSST va ko’plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar fikricha, urogenital xlamidioz jinsiy yo’l bilan yuqadigan eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir, shu sababli zamonaviy venerologiya uchun siydik-tanosil tizimi a’zolarining nogonokokkli atalmish yallig’lanish kasalliklarini davolash uchun samarali vositalarini topish jiddiy vazifa hisoblanadi.
Gonoreya (qadimgi yunon γόνος «urug’ suyuqligi» va ῥέω «oqaman») yoki so’zak — grammanfiy diplokokk (lot. Neisseria gonorrhoeae) tomondan chaqirilgan infektsion kasallik. Jinsiy yo’l bilan yuqadi va siydik-tanosil a’zolari shilliq qavatini zararlashi bilan xarakterlanadi. Venerik kasalliklar guruhiga mansub. Gonoreya ko’pincha jinsiy yo’llarining shilliq qavatiga ta’sir ko’rsatadi, lekin to’g’ri ichak shilliq qavati va kon’yunktivaga (bu holda, kasallik blennoreya deb ataladi) ham ta’sir ko’rsatishi mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |