Baliqlarning ekologiyasi va filogeniyasi.
Reja:
1.Suvning gidrobiologik xossalari.
2.Baliqlarning ekologik guruhlari.
3.Baliqlar migratsiyasi.
4.Baliqlar oziqlanishi va ko’payishi.
5.Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati.
6. Baliqlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
1.Suvning gidrobiologik xossalari. Suvda yashaydigan baliqlarning hayotida suvning harakatchanligi, temperaturasi, suvdagi kislorod va tuzlar katta ahamiyatga ega.
Suvning o’ziga xos bir qancha xossalari borki, ular o’sha suvda yashaydigan organizmlar uchun katta ahamiyatga ega. Shu xossalarning eng muhimlari tubandagilardir.
1. Suv atmosfera havosini erita oladi, baliqlarning nafas olishi uchun hamda ularga yem bo’ladigan boshqa organizmlarning nafas olishi uchun o’sha havodagi kislorod zarurdir. Bundan tashqari, havoda bo’ladigan karbonat angidrid o’simliklar uchun zarur, butun hayvonot olami pirovard-natijada shu o’simliklar hisobiga kun ko’radi, chunki «ovqatlanish zanjiri» naqadar uzun bo’lmasin, bu zanjirning bosh halqasi hamisha o’simlik bo’ladi.
Shu bilan baliqning gaz almashuviga ham katta ta’sir qiladi. Bu holda kislorodning minimal koncentratsiyasi ham barobar o’zgarishi mumkin. Masalan 1°C haroratda karp balig’ining minimal koncentratsiyasi 0,8 mg g/l ni tashkil qilsa, 30 o C da esa bu ko`rsatkich 1,3 mg g/l ni tashkil qiladi. Albatta, baliq ishlatadigan kislorod miqdori baliq ahvoliga ham bog’liq.
2. Agar harorat pasaysa ham, baliqlar anabioz holatiga yaqin ahvolga tushib, bir necha kun yaxlagan bo’lishlari mumkin. Natijada yaxning pastki qismi baliqlar oziqlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Zog’ora balig’i uchun bu miqdor 1°C temperaturada 0,8 mg, 30°C bo’lganda 1,3 mg, 40° C da esa 2 mg ga teng bo’ladi. Har xil baliqlarning kislorodga bo’lgan talabi ham bir xil emas. Kislorodga bo’lgan talabiga qarab baliqlar 4 guruhga bo’linadi:
kislorodni juda ko’p talab qiluvchilar (7-11 sm), masalan, kumja, golyan, yalangbaliq;
ko’p kislorod talab qiluvchilar (5-7sm3 g/l): xarius, toshbaliq;
nisbatan kam (4 sm3 g/l) kislorod talab qiluvchilar: chovoq baliq, daryo olabuqasi, toshbosh;
o’ta kam (hatto 0,5 sm3 g/l) kislorod talab qiladigan baliqlar, masalan, zog’ora, tovonbaliq.
3. Suv juda ham kuchli erituvchidir, shunga ko’ra suv havzalariga oqib keladigan bir qancha moddalar ham organik, ham anorganik moddalar suv organizmlarining iste'moli uchun yaroqli holga kelib qoladi.
Suvda bug’ hosil qiladigan yashirin issiqlik ko’p bo’ladi, shu munosabat bilan suv bug’langanda yuzadagi qatlamlari juda soviydi va pastga tusha boshlaydi. Suvning bu xossasi, shuningdek, unda erigan tuzlar miqdorining tafovuti, suv havzalarida suvning aylanib yurishiga sabab bo’ladi, ayni vaqtda suvning chuqur qatlamlari organizmlar, xususan baliqlar, hayoti uchun zarur bo’lgan kislorod va oziq moddalar bilan ta'minlanadi.
4. Suvning issiqlik sig’imi nihoyatda yuqori bo’lganligidan, suv havzalarining temperaturasi sutka soatlari va yil fasllariga qarab, atmosfera temperaturasiga nisbatan ancha kam o’zgaradi.
5. Suv muzlaganda, boshqa jismlar aksicha, kengayadi va solishtirma og’irligi suvga qaraganda kam bo’lgan muzga aylanadi, bu muz suv betiga qalqib chiqadi. Suvning bu xossasi suvda yashaydigan organizmlar, xususan baliqlar hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki suv yuzida hosil bo’lgan muz pastki qatlamlaridan issiqlik ajralishini to`tib turadi va shu bilan suv xavzasining tubigacha muzlashiga yo’l qo’ymaydi.
Muz qoplami baliqlar hayotida salbiy rol ham o’ynaydi. Muz qoplami suvning havodan kislorod bilan to’yinishini keskin kamaytiradi. Qish vaqtida ko’pgina suv havzalarida chirish jarayoni natijasida suvda yerigan kislorod to’liq sarf bo’ladi. Bu vaqtda suv havzasida o’lat (zamor) deb ataluvchi holat paydo bo’ladi. Odatda, o’lat qishda, suv muzlaganda ro’y beradi, bu vaqtda muz suvga atmosferadan kislorod kirishiga to’sqinlik qiladi, suvdagi kislorod esa chiriyotgan organik moddalarning oksidlanishiga sarf bo’ladi. Shu sababdan qishki zamor bilan kurashish uchun suv havzalarida, odatda muz teshib qo’yiladi yoki suv havzalarining suvi oldindan mumkin qadar oqizib qo’yiladi. Bu hodisa G`arbiy Sibir daryo va ko’llarida va Yevropa daryolarida uchrab turadi.
Bundan tashqari, yana yozgi zamorlar ham bo’ladi. Ular suv o’simliklarining faoliyati natijasida yuzaga keladi. Yashil o’simliklar yorug`lik paytidagina kislorodni ko’plab iste’mol etadigan bo’lganidan bunday o’latlar faqat kechasi yuz beradi va qishki o’latlarga qaraganda ancha kam bo’ladi.
Suvda vodorod sulfid yig`ilib qolishidan ham baliqlar ko’plab halok bo’lishi mumkin, bu gaz suv havzalarida kislorod yetishmaganda organik moddalarning chirishidan, shuningdek, ba’zi bakteriyalarning suvda yerigan tuzlarga ta’sir etishi natijasida hosil bo’ladi. Bu jihatdan Qora dengiz alohida diqqatga sazovordir, shu munosabat bilan Qora dengiz suvining ustki qoplamlarigina tozalanib turadi. Qora dengizning 200 m dan pastidag`i suvi esa vodorod sulfid bilan zaharlangan, shunga ko’ra u yerda hech qanday hayot yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |