ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI YENGIL SANOAT VA KIMYO TEXNALOGIYALAR FAKULTETI YO’NALISHI BOSQICH GURUH TALABASI NING FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI TOPSHIRDI: _______________
QABUL QILDI: _______________ TERMIZ-2021 islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.
Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.
Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalarda o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011-yil noyabr oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda ekspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012-yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritiladi.
Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samarali foydalanish, matbuot erkinligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib, bu qonunlarni yana ko‘p yillarga xizmat qilishi uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.
Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash, ayniqsa, sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berildi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.