Nutq madaniyati va notiqlik san'atining tarixiy ildizlari va taraqqiyot bosqichlari.
Sulaymonova Khumora
Group: 401
Notiqlik san'ati, avvalo, notiqdagi mavjud qobiliyat va iste'dodni shakllantirishga qaratilgan soha bo'lib, u notiqning qobiliyati hamda iste'dodini o'rganuvchi va shakllantiruvchi ilm. Notiqlik san'ati - azaliy mumtoz fan sifatida butun borlig'i bilan aqlni charxlaydigan, jamiyat hayotini boshqarishda aql-farosat uskunasi bo'lib shaxsning shakllanishini uning so'zi, nutqiy mahorati orqali namoyon etib kelgan va jamiyat taraqqiyotining yanada farovonligi sari etaklagan.
Hozirgi kunda, xuddi qo'shni mamlakatlarda bo'lgani kabi, Notiqlik san'ati ilmini milliy ruhda, milliy qadriyatlarimizga tayanganimiz holda yaratish hamda mazkur fanning respublikamiz oliy va o'rta maxsus q'quv yurtlarida alohida filologik fan sifatida o'qitilishiga erishish milliy ma'naviyat jonkuyarlari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Notiqlik san'ati “Ritorika” nomi bilan qadimiy tarixga ega. Shuni hisobga olib, qo'llanmadagi notiqlik tarixini yoritishda K. Oripov, M. Obidovalaming «Ifodali o'qish» (T; O'qituvchi 1994), kitobiga asosladik. Tarixning guvohlik berishicha “Notiqlik san'ati”- ni o'rganish va mohir notiq bo'lish hammaga ham nasib etaverma-3gan. Notiq bo'lish uchun Qadimgi Yunon va Rimda Notiqlik
maktablari yaratgan Demosfen, Tsitseron kabi juda ko'p mashq, mehnat va mashaqqatlami engib o'tmoq lozim bo'ladi. Maqsad yo'lida mehnat va mashaqqatlami engish qiyin emas, faqat bitta narsa sabr-toqat bilan mashq qilish kerak.
Notiqlik bu-so'z san'ati, so'z san'ati bo'lganda ham ohangdan libos kiyib talaffuz bilan jilolangan so'z san'atidir. Madomiki “so'z” qudratini chuqur anglagan, “so'z” ne'matining Alloh tomonidan faqatgina insonga in'om etilganligini his etgan buyuk allomalargina uni qadrlaganlar va e'zozlashga undaganlar. Shu ma'noda notiqlik san'ati boshqa san'at turlari orasida alohida ruavqega ega ekanligi tan ohngan haqiqatdir. Qadimda mohir notiqlargina lashkar-
boshlik va davlat arbobiari iovozimiariga sayiab tayinianganiikiari ham bu haqiqatga aniqlik kiritadi.
Notiqlik haqidagi ta'limot uzoq o'tmishiga ega. U avvalo, qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, ungacha Misrda, Assuriyada, Vavilon va Hindistonda paydo bo'lganligi notiqlik tajribasidan ma'lum. U zamonlarda davlat arboblarining obro'-e'tibori va yuqori lavozimlarga ko'tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog'liq bo'lgan. Notiqlik san'ati sarkardalik san'ati bilan teng qo'yil-
gan. Bunga Demosfen va Sitseronlar hayoti yorqin misol. Bizning ota-bobolarimiz yashagan hududlarda, avvalo xalq o g 'zaki ijodi, “Avesto”, “O'rxun-enasoy” yodgorliklari, Turon zaminning miloddan oldin yozilgan Alp er To'ng'a (VII asr eramizdan oldin) haqidagi dostoni va boshqa yozma yodgorliklari xalqimiz tarixi. ijtimoiy iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini o'rganishda muhim manba bo'lish bilan birga, Notiqlikka undovchi materiallarga boyligi bilan qimmatga ham egadir.
Qadim zamonlardan beri jamoat oldida so'zga chiqib, odamlarga o'z fikrini tushuntirish, ular ongiga ta'sir etib, o'z ortidan ergashtiristsh va Qadimgi Yunon va Rim notiqligi tarixi isbotlab berishga intilish, inson I ar orasidan so'zamol notiqlaming chiqishiga zarurat tugdirgan hamda notiqlik san'atining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Buning uchun esa. avvalo, ma'lum ijtimoiy sharoit va muhit zohir bo'lishi lozim edi. So'z crkinligi ana shunday sharoitlardan muhimi sanaladi. Qadim Yunonistonda demokratiya tuzumining o'rnatilishi natijasi o'laroq, xalq yig'inlarida, scnat kengashlarida davlat ishlarida, sud ishlarida mamlakatning har bir ozod kishisi erkin nutq so'zlash huquqiga ega bo'lgan. Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni istagan, lashkarboshilikni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli va ta'sirchan nutq so'zlash san'atini egaliash inajburiy bir ehtiyojga aylangan. Bunday shaxslar xalq yig'inlariga to'plangan odamlar oldiaa nuiq so'ziab yutuq yoxud maglubiyat quchganlai. Ular orasida so'zga chcchanlari keskin dalillar bilan xalqni ishontmb odob bilan so'zlagan davlat arboblari xalq nazariga tushib yanada obro' orttirganlar, gapni eplab gapira oimaganlari esa xalq nazaridan qolganlar. O'sha davr notiqligi haqida keyingi davr yozuvchilarining guvohlik berishlaricha, Femistokl va Perikllar Afina demokratiyasining yo'lboshchilan bo'lishlari bilan birga nihoyatda kuchli notiq bo'lganlar. Afinada notiqlik san'atining keng rivoj topishiga sud tartibot qoidalarining ham kuchli ta'siri bo'lgan. O'sha davr sud mailislarida sudlanuvchi yoki da'vogar o'z fikrlarini ishonchli isbotlar asosida gapira olishi lozim bo'lgan. Biroq sudlashuvchilarda bunday so'zga chechanlik qobiliyatiga ega bo'lganlar deyarli bo'imagan. Demak. ularga maslahat berib ko'maklashadigan, ular ishi yuzasidan sudda gapirishi kerak bo'lgan gaplami yozib beradigan zukko shaxslarga ehtiyoj paydo bo'ladi. Natijada qadimgi yunon tilida "logograflaf’ deb ataladigan, tajribali qonunni biladigan “advokat"larga ehliyoj tug'Iladi. Logograflar esa sudda qatnashayotgan jinoyatchi va da'vogarlarga nimani gapirishi lozimligini yozib berganlar va shu mehnatlari evaziga haq olganlar. Logograflar odamlarning hojatlarini chiqarish hisobiga qalam haqi olib kun kechira boshladilar. Logografiyaning tirikchilik vositasiga aylanishi Notiqlik san'atining rivojida muhim rol o'ynaydi. Dastlab “Notiqlik san'ati”ning asta-sekin siyosiy va sud notiqligi vujudga keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug' zotlarni madh qiluvchi epidektik notiqlar maydonga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |