Baliqchilik asoslari


Davolash usuli ishlab chiqilmagan. Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

Davolash usuli ishlab chiqilmagan.
Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Baliqchilik xo‘-
jaliklarida zoogigiyenik sharoitlarni yaxshilash, baliqlarning tabiiy
rezistentligini oshirish, saqlash va boqish sharoitini yaxshilashga
qaratilishi lozim. Kasal baliqlar ovlanib, shifokorning xulosasi
bilan utilizatsiya qilinadi yoki hayvonlarga pishirilgandan so‘ng
yediriladi, nosog‘lom xo‘jaliklardan urchitish va ko‘paytirish hamda
akklimatizatsiya qilish maqsadida keltirish qat’iyan taqiqlanadi.
Ixtiosporidioz (ixtifonoz) yoki baliqlarning «mastlik» kasalligi.
Bu ko‘p turdagi chuchuk suv va dengiz baliqlarining mikozli


160
infeksion kasalligi bo‘lib, ichki parenximatoz organlar, mushak
va boshqa to‘qimalarning Ichthyosporidium hoferi turiga mansub
zamburug‘lar bilan zararlanishi tufayli qo‘zg‘atiladi.
Kasallik ilk marotaba XIX asrning oxirida Germaniyada,
sun’iy suv havzalarida o‘stirilayotgan gulmohi turidagi baliq-
larda qayd etilgan. Keyinchalik bu kasallik ko‘pgina chuchuk
suv va dengiz baliqlari hamda akvariumli baliqlarda tarqaldi va
kuzatildi. Hozirda bu kasallik bizning baliqchilik xo‘jaliklari-
mizda uchramasa-da, lekin boshqa mamlakatlardan kelib qo-
lish xavfi mavjud.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi Ichthyosporidium hoferi zam-
burug‘ining tuzilishi juda ham oddiy. U baliq organizmida para-
zitlik qilayotgan davrda turli to‘qimalarda sharsimon shakldagi
plazmodiylarning sista (tuganakcha) ko‘rinishida uchraydi. Plaz-
modiylarning yoki zamburug‘larning tana uzunligi 6—20 mkm
gacha, kattalarida diametri 200 mkm gacha.
Epizootologik ma’lumotlar.  Ixtiosporidiozga ko‘pgina tur-
dagi (seld, losos, treska, qalqonbaliq va akvarium) baliqlar
moyil. Biroq kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi fa-
qat gulmohi turidagi baliqlarni o‘stirish va ko‘paytirish bilan
shug‘ullanuvchi baliqchilik xo‘jaliklarida (ayniqsa, zamburug‘ bilan
soy va rangdor gulmohi turlari intensiv ravishda zararlanadi)
kuzatiladi.
Òabiiy sharoitda ixtiosporidioz surunkali oqimda kechib,
yillar davom etishi mumkin. Kasallikka barcha yoshdagi ba-
liqlar chalinadi, biroq bir yoshgacha bo‘lganlarida xavfli ke-
chib, o‘lim bilan tugaydi. Kasallik manbayi — bu kasal baliqlar,
kasallikdan o‘lgan baliqlarning jasadlari hamda zamburug‘ning
sporalari bilan ifloslangan suvlar hisoblanadi.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish