Tomat sousli baliq konservalari tovar navlariga bo’linmaydi. Ular qovurilgan va tomat sousi singdirilgan baliqqa xos ta‟m va hidli bo’lishi kerak. Baliq bo’laklari butun, bo’linib ketmagan bo’lishi; -go’sht konsistentsiyasi zich, ammo qattiq va quruq bo’lmasligi; -sousi bir xil; sousining konsistentsiyasida suv ajralgan qismlari bo’lmasligi kerak. Moyli baliq konservalari sovutilgan, muzlatilgan, dudlangan va qoqlangan har xil turdagi baliqlardan - osetra, sevryuga, beluga, ship, muksun, sig, kefal, skumbriya, sultanka, stavrida, bichok, salaka, kilka, seldlar, xamsa va boshqalardan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |