Baliq kasalliklarini va parazitlarini o’rganish uslublari. Baliq parazitlarini o’rganishda mikroskopik, parazitologik metodlardan foydalaniladi. Birinchi baliqlarning kasalliklarini bilish, aniq diagnoz qo’yish uchun ular to’liq tekshiruvdan o’tkaziladi. Buning uchun baliqlarni dastlab turi aniqlanadi. Baliqlarni turi aniqlagichlar yordamida aniqlanadi. Baliqlar turli usullar yordamida ovlandi. Asosan ovlashda katagi 25x80 mm bo’lgan to’rlar, tortma to’rlar va qarmoqlardan foydalaniladi.
Baliq parazitlarini o’rganish uchun tirik yoki endigina o’lgan baliqlar olindi. Ularning tana o’lchamlari (uzunligi, tanasining kengligi va boshqalar) o’lchandi, jinsi va yoshi aniqlandi. To’plangan material umum qabul qilingan parazitologik metod bo’yicha olib borildi va barcha parazitlar soni hisobga olindi.
Baliqlarning tana usti, tangalari, burun bo’shliqlarini tadqiq qilishda vaqtincha va doimiy surtma preparatlar tayyorlanadi. Materiallarga binokulyarli MBS-10 va MBI-1 mikroskoplaridan foydalanib ishlov beriladi. Bir xujayrali parazitlar va ko’p hujayrali parazitlar tirik holatida va total preparatlarda tadqiq qilinadi.
Parazitologik tadqiqotlar V.A.Musselus, V.F.Vanyatinskiy, N.A.Golovina va boshqa avtorlarning umumiy parazitologik tadqiqotlar o’tkazish uslublari yordamida olib boriladi. Baliqlarni xavzalardan tutilgan zaxoti ularning turi, o’rtacha og’irligi, yoshi, o’lchami, va baliqning xolati o’rganildi. MBS binokulyarning 7x va 15x ob’ektivi yordamida tayyorlangan preparatlar qaraladi.
Diplostomum bilan zararlangan baliqlarning ko’z olmasi tekshirildi. Buning uchun baliq ko’zi olmasidan xrustali va shishasimon tanasi ajratib olindi va I.E. Bixovskaya-Pavlovskaya metodi yordamida o’rganildi.
Ichki organlarining parazitlari esa patologo-anotomik usullar yordamida so’yib tekshiriladi. Buning uchun faqat tirik baliq yoki endigina o’lgan baliqlardan foydalaniladi. Tadqiqotlarda baliqlarning og’irligini o’lchash ishlarida tarozidan foydalaniladi. SHuningdek baliqlarning tana o’lchamlarini o’lchashda lineykadan foydalaniladi.
Baliqlardagi bir hujayrali parazitlar – mastigoforalar (xivchinlilar), sporalilar, miksosporidiyalar, infuzoriyalarni aniqlash uchun yangi tutilgan yoki yangi o’ldirilgan baliqlardan olingan parazitlaridan doimiy preparatlar tayyorlanadi, organlari yaxshi ko’rinishi uchun gemotaksilin bilan bo’yaladi.
Baliqlardagi parazit chuvalchanglar yoki gelmintlar - monogenetik so’rg’ichlilar, trematodalar, qestodalar, nematodalarni o’rganish uchun yangi tutilgan yoki yangi o’ldirilgan baliqlarning parazitlari olinib, parazitlardan gliqerin-jelatinli preparatlar tayyorlanadi va o’rganiladi.
Trematodalar va qestodalar ham 70 gradusli spirtda fiksaqiya qilinadi va total (doimiy) preparatlar tayyorlanadi. So’ng preparatdan parazitning turi aniqlanadi.
Baliqlar parazitofaunasini o’rganish suv havzalarida va ular parazitlarini aniq hisobga olish suv havzalari holatini baholashda va ixtofaunaning alohida vakillarini rolini hamda kasallikning epizootologik holatini bilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |