Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


Krasnuxa-qizilcha kasalligi



Download 210 Kb.
bet38/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Krasnuxa-qizilcha kasalligi. Etiologiyasi. Karp krasnuxasi (tanani qizilcha bosish) – eng ko’p tarqalgan yuqumli kasallik. Qizilcha baliqchilik ho’jaligi iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Bu kasallikning tarqatuvchisi yoki qo’zg’atuvchisi aniqlanmagan, ammo hovuz baliqchiligi ho’jaligida keng tarqalgan. Xususan sadoq (to’rlada) usulida boqilganda, karp baliqlari orasida ko’p uchraydi. (Toj. Resp. Nurek suv ombori, 1980 y, muallif guvox bo’lgan). Asosiy sabab, sadoqda tig’iz o’tkazishdir.

Krasnuxa kasallikka beriluvchan baliqlar-karp va zog’aradir. Ma’lumki, baliqlar barchasi kasallikka bir xil berilmaydi. Nisbatan kamroq yo’liqadigan baliqlar karas, oq amur hisoblanadi. Baliqlarning kasallikka beriluvchanligi yoshga ham bog’liq. Barcha yosh baliqlar qizilchaga beriluvchandir. Lekin eng ko’p yo’liqish yoshi bu ikki va uch yoshdagi zotlardir. Qizilchaning inkubatsion (yashirin davr) davri bizning sharoitda 3-8 kun.

Kasallik o’tkir va surunkali (xronik) tus olishi mumkin. Krasnuxa kasalligining ham o’tkir va surunkali formalari mavjud. O’tkir formasining belgilari: baliqning butun tanasida qip-qizil yarachalar bosadi. Baliqlar kam harakat bo’lib, o’smaydi, ularni bemalol qo’lga olasiz, qochmaydi. Qo’lga olgandan keyin qo’l bilan qorin tomoni bosilganda anal teshigidan shilimshiq modda chiqadi.

O’tkir kasallik formasi, ko’pincha bahor (aprel) va yoz boshlanishida sodir bo’ladi. Bu formada baliqning (iyun) tana va suzgich qanotlari qizaradi. Tanada shishlar paydo bo’ladi va tangachalar tushadi, ko’z pukaklashadi. Baliq ichi suyuqlik bilan to’lgandan keyin baliq ichida suvli astsit-istisko rivojlanadi. Kasallik qizg’in va tez tarqaladi (taxminan 2 hafta). Bu muddat ichida 80-95 % nobud bo’ladi.



Qizilchaning xronik (surunkali ) yallig’lanishi ko’pincha yozning o’rtalarida kuzatiladi. Kasal bo’lgan baliq tanasida qoramtir-qizg’ish aylanma pufaklar paydo bo’lib, to 2% gacha bitmaydigan yaraga aylanadi. Agarda yaralar bitib ketsa ularning o’rnida chandiq qoladi. CHandiqli qizilchada baliqlarning 10-20% nobud bo’ladi.

O’tkir-surunkali formali qizilchada vodyanka (istisqo)da baliqlarda tangachalarning to’kilishi kuzatiladi. Ko’z puchaklashishi va tanani yara bosish kabilar bir vaktning o’zida namoyon bo’ladi. Bu davrda baliqlarning o’limi keskin o’sadi. Kasallik paytida jigar shishadi, taloq, o’t pufagi kengayadi. Jigar rangi yashil bo’lib, ichakga quyilayotgan o’t moddasi qorin bo’shlig’i a’zolariga quyiladi. Natijada, to’qimalarning rangi sarg’ayadi-sariq-yashil tusda bo’ladi va ichak trakti (yo’li) yallig’lanadi. Ichak bo’shlig’ida shilimshik modda va yiring to’planadi.

Tabobat taьsirida sog’aygan karplarda immunitet paydo bo’ladi. Ikkinchi marotaba kasal bo’lganda, bu karplar kasallikni yengil o’tkazadi. Epizootiya davrida kasallikga yo’liqmaydi. Kizilcha kasaliga ancha chidamli bo’ladi. Bunday immunitet hosil qilgan baliqlardan qizilchaga chidamli nasl olishda nasldor zot sifatida selektsiyada ishlatiladi. Agarda baliqlarda qizilchaga xos belgilar aniqlansa darxol o’sha baliq izolyatsiya qilinadi va qoni analiz qilinadi. Analiz virusologiya, bakteriologiya va boshqa belgilarda asoslangan bo’ladi.

Profilaktika maqsadida kasalliklarni baliq xo’jaliklarida kirib kelmasligi uchun ixotaga olinadi, Yangi baliqchilik kompleksini shakllantirish uchun boshqa xo’jaliklardan sog’lom baliqlar olib kelinadi va sog’lom baliqlarni vaqtinchalik karantinda saqlanadi. Karantin xovuzlarida baliqlar 20-30 kun saqlanadi. Xo’jaliklarda asosan kasal bo’lib sog’aygan baliqlarda nasldor ota-onalar saqlanadi. Kuchli immunlashgan, immun sistemasi kuchli to’da tayyorlanadi.

Xo’jalik hovuzlarini va baliqlarini profilaktika uchun metil kuki va antibiotiklar bilan ishlov beriladi (vannalarda yoki oziqa bilan). Bunday ishlov berishlar zlyonka (ko’k dori eritmasi) orkali ham amalga oshirladi, 0,5 % zlyonka eritmasida baliqlar yuviladi. Kasallik paydo bo’lishi bilan umumiy sanitariya-gigiena chora-tadbirlar (karantin, hovuzlar dezenfektsiyasi-so’ndirilmagan ohak bilan yoki ohakli xlor) amalga oshirladi. Suv muhiti (rN) to 8,5 gacha yetkaziladi. Xovuzlarni insolyatsiyalash usulidan foydalaniladi (letovanie). Bu usul xar 4-5 yilda bir marta amalga oshiriladi. Ov anjomlarni (to’rlar, qayiqlar va boshqalar) dezenfektsiyalash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu maqsad uchun (xuddi profilaktika singari) antibiotik va antitseptik (biomitsin va sintomitsin va boshqa antibiotiklar) dan foydalaniladi. Bu antibiotiklar yordamida baliqlarga maxsus vannalarda ishlov beriladi. yoki antibiotiklarni qorin bo’shlig’iga yuboriladi. Yana bir boshqacha usul, preparatlarni baliq oziqasiga ko’shib berish usuli qo’llaniladi. Baliqlarni levomitsinli vannada 5 soat saqlanadi. Bunday profilaktik ishlarni bahor paytida, baliqlarni boshqa hovuzlarga o’tkazishda qo’llaniladi. Agarda uzoq masofada baliq tashiladigan bo’lsa (150-200 km) yulda bu eritmaning kontsentratsiyasi to 150 mg/l gacha kamayadi. SHuning uchun ham antibiotiklarni vannaga nisbatan baliqni qorniga yuborish yaxshi natija beradi. Buning uchun nasldor va remont uchun ajratilgan baliqlarni xar bir kg og’irligiga qarab ikki marotaba 20-30 mg levomitsin qorin bo’shlig’iga yuboriladi. Qizilchaga qarshi profilaktik va davolash chorasi sifatida metil kuki ishlatiladi. Metil kuki vannaga solinadi va eritma tayyorlanib baliq qo’yib yuboriladi. (2-4 soatli ishlov berilganda 200 mg\l, 12-16 soatli ishlov berilganda 50 mg\l eritma tayyorlanadi). Bu ishlar baliqni transportirovka qilish paytida amalga oshiriladi. Agarda metil kukini kombikormga qo’shib bermoqchi bo’lsa, segoletkalar (bir yoshli baliqlar) uchun norma 1-2 mg/ sutka, ikki yoshar baliqlar-uchun va 3,5 mg/sutka hisoblanadi. Agarda kombikormda sintomitsin qo’shib beriladigan bo’lsa-segoletkalar uchun 1-2 mg/sutka, ikki yoshli baliqlar uchun 2-3 mg/sutka norma sifatida beriladi. Bunday profilaktik choralar 8-1-0 kun davomida bajariladi.


Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish