Infektsiya va invaziya rezervuarlari (tabiiy o’choqlari). Ma’lumki, kasalliklarning birlamchi tarqalish manbai tabiatda ushbu kasalliklarning rezervuarlari, ya’ni tabiiy o’choqlari mavjudligi bilan belgilanadi. Ma’lum bir infektsiya yoki invaziyaning zahiralari saqlanuvchi joy o’choqlar deb nomlanadi. Infektsiya o’choqlarini, tabiatdagi rezervuarlarini o’rganish bo’yicha akademik Ye.N.Pavlovskiy ko’plab tadqiqotlarni amalga oshirgan. Ushbu tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan ta’limotga ko’ra infektsiyalarning o’choq hosil qilishi, bu o’choqlarning vujudga kelishi, kasallik qo’zg’atuvchilarining ko’p miqdorda to’planishi bevosita bir qator iqlim va ekologik sharoitlarga bog’liq hisoblanadi. Tibbiyot va ixtiopatologiya amaliyotida kuzatilgan bir qator misollarni keltirib o’tamiz. Odamlarda o’lat kasalligi odatda cho’l mintaqasida yashovchi populyatsiya orasida tarqalishi qayd qilingan. Kuzatishlar natijalari ko’rsatishicha, o’lat epidemiyasi odatda cho’l mintaqasida yashovchi kemiruvchi hayvonlar (yumronqoziq, qo’shoyoq) orqali yuqishi aniqlangan. SHu sababli tabiatda o’lat rezervuarlari cho’l mintaqasida aynan ushbu kemiruvchi hayvonlar hisoblanishi qayd qilingan.
Sobiq Itifoqning shimoliy hududlarida karp balig’i odatda asosan suv xavzalari xo’jaliklarida yetishtirilib, ularning ko’p holatlarda suv oqimi orqali kostiazis, daktilogiroz A va boshqa bir qator kasalliklar bilan kasallanishi qayd qilingan. Bunda bu kasalliklarning invazion rezervuarlari o’rganilganda ularning manbalari ko’l – daryolar sharoitlarida yashovchi baliqlar hisoblanishi aniqlangan. Ushbu ko’rinishda, masalan daktilogiroz kasalligi rezervuari karas balig’i hisoblanishi kuzatilgan. Bu baliq jabrasida ushbu kasallik qo’zg’atuvchisi tabiatda kasallik rezervuari sifatida mavjud bo’lishi aniqlangan. Ko’l – daryolar sharoitlarida yashovchi baliqlar ko’pincha holatlarda jabrasining yuzasida eshkakoyoqli kostiya parazitini xam saqlashi kuzatiladi, ushbu nuqtai nazardan ular suv havzalari sharoitida karp, gulmoy baliqlarida ushbu parazitlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkinligi tasdiqlangan.
Linь balig’i ergazilyus rezervuari sifatida qayd qilingan, karas balig’i – karp baliqlarida daktilogroz A kasalligi qo’zg’atuvchisi rezervuari sifatida, karas balig’i esa lerneoz rezervuari, cho’rtan baliqlar rafidaskaridoz rezervuari sifatida ro’yxatga olingan. Tabiatda ma’lum bir kasallikning tabiiy rezervuarlari haqida bilimlarga ega bo’lish orqali sanoat miqyosida ovlanadigan baliqlarda epizootiyalarning yuzaga kelishining oldini olish imkoniyatlari tug’iladi. Infektsiya va invaziyalarning tabiiy rezervuarlarini aniqlashda boshlang’ich punktlarni topish muhim ahamiyatga ega hisoblanib, parazitar kasalliklarga qarshi kurash chora – tadbirlarini ishlab chiqishda asos sifatida belgilan.
O’zbekiston suv havzalarida aksariyat kasallik keltiruvchi bir hujayralilar va ko’p hujayrali organizmlardir (parazit chuvalchanglar). Baliqlar kasalliklari qo’zg’atuvchilari hayvonot olami tarkibida 7 ta dan ortiq tipdagi (Sarkomastigoforalar, Sporalilar, Mikrosporadiyalar, Miksosporadiyalar, Infuzoriyalar, Yassi chuvalchanglar, To’garak chuvalchanglar, Tikanboshlilar, Xalqali chuvalchanglar, Mollyuskalar – lichinkalari va Bo’shliqichlilar tiplari) turlarni tashkil qilib, shuningdek bu parazitlar tarkibini o’simlik olamining 3 ta tipiga mansub turlar tashkil qilishi qayd qilinadi.
Baliqlarning quyidagi kasallik turlari mavjud:
A. Yuqumli bo’lmagan kasalliklar
V. Yuqumli bo’lgan kasalliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |