Amur qizilchasi. Kasallik 2 turga bo’linadi: gemorragik septitsemiya va yarali shakl. Gemorragik septitsemiya hamma joyda tarqalgan va yarali shaklga qaraganda tez-tez qayd etiladi. Gemorragik septitsemiyaning qo’zg’atuvchisi bo’lib Pseudomonas fluorescens bakteriyasi hisoblanadi. Tana tuzilishi bir xivchinli, kalta harakatchan, uzunligi 0,7-0,75 mkm. keladigan aylana uchli tayoqcha. Gemorragik septitsemiyada ayniqsa, baliqlarning qorin qismida teri qoplamalarining giperrimeyasi kuzatiladi. Zararlangan joylarda baliq tangachalari tushib ketadi. Suzgichlar giperemirlanadi. Ayrim holatlarda suzgichlar mikrozi kuzatiladi. Yarali shaklning klinik belgilari abssetslarining hosil bo’lishi va muskul to’qimalarining shamollashi ko’rinishida namoyon bo’ladi, bunda abssetslar yorilganidan so’ng tanada yaralar hosil bo’ladi. Suzgichlar giperremiyasi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |