Hayvonlarning parazitlar bilan xo’jayinning iqlimlashtirilishi bilan bog’liq holatda zarralanishi. Bu ko’rinishdagi hodisaga shimol balig’ining boshqa suv havzalariga ko’chirilishini misol qilib keltirish mumkin. Bunda sig baliqlari umuman boshqa sharoitlarga ega suv xavzasi va butunlay umurtqasiz hayvonlar populyatsiyalari va baliq turlariga ko’ra farqlanuvchi sharoitlarga o’tkazilishi amalga oshirilgan. Ushbu holatda sig baliqlari tanasida mavjud bo’lgan parazitlar deyarli butunlay nobud bo’lishi qayd qilingan, shuningdek yangi suv havzasida ushbu yangi tur hisoblangan baliqlar tanasida yashashga moslashgan parazitlar turlari juda kam bo’lib chiqqan. Ayrim holatlarda baliqlar yangi suv havzalariga ko’chirilgan sharoitda tasodifiy tarzda ularning ushbu yangi suv havzasida mavjud bo’lgan parazitlar bilan yoppasiga zararlanishi xam kuzatilgan. V.A.Dogel tomonidan keltirilgan qiziqarli faktga ko’ra, losos baliqlarining yangi sharoitlarga iqlimlashtirilishi davomida baliqlarning butunlay ushbu tur uchun xos bo’lmagan parazitlar bilan yoppasiga zararlanishi qayd qilinib, bu holat baliq turida ushbu parazit turiga nisbatan immunitet sustligi bilan izohlangan. Ushbu ko’rinishda, V.A.Bogatova (1936) tomonidan CHud ko’lidan sig baliqlarining Turgoyas ko’liga uvildiriq holida ko’chirilishida losossimon baliqlar uchun bu vaqtgacha umuman qayd qilinmagan baliq kanalari bilan kasallanishi kuzatilgan.
V.A.Dogel va B.E.Bыxovskiy tomonidan 1934 yilda Orol dengizi suvlari sharoitida baliqlarning tikanboshlilar (Acanthocephala) guruhiga kirtiluvchi parazitlar umuman mavjud emasligi aniqlangan. Bu hodisa ushbu dengiz suvining ushbu parazitlarning asosiy oraliq xo’jayini hisoblangan amfipodalar faunasiga juda kambag’alligi bilan bog’liq holatda izohlangan. Ayrim holatlarda baliqlarni yangi suv havzalariga ko’chirish, iqlimlashtirish davomida baliqlar bilan birgalikda parazitlarning xam yangi joyga ko’chishi kuzatiladi. V.A.Dogel va A.S.Lutta tomonidan 1934 yilda amalga oshirilgan kuzatishlarda Orol denigiziga Volga-Kaspiy havzasi suvlaridan ko’chirib keltirilgan sevryuga balig’i bilan birgalikda nitsshiya monogenetik so’rg’ichli paraziti xam keltirilganligi tasdiqlangan. Mahalliy osyotrsimon baliq turi baqra balig’i oldin bu parazit bilan kasallanmagan va yangi parazit keltirilganidan keyin bu parazitga nisbatan immuniteti mavjud bo’lmaganligi sababli 2 yil o’tganidan keyin yoppasiga nobud bo’la boshlagan. Amur suvlaridan zog’ora baliq bilan birgalikda Sobiq Ittifoqning Yevropa mintaqasiga karpsimon baliqlar uchun havfli hisoblangan jabra monogenetik so’rg’ichli paraziti Dactylogyrus extensus keng tarqalgan.
So’nggi yillarda Xitoy suvlari uchun xos bo’lgan baliqlarning (oq amur, oq va ola-chipor do’ngpeshona, amur zag’orabalig’i va boshqalar) iqlimlashtirilishi natijasida Sobiq Ittifoqning Yevropa mintaqasiga oldin bu mintaqa suv havzalarida mavjud bo’lmagan ko’pgina baliq parazitlari keltirilgan. Ushbu ko’rinishda, baliqlar ichagida parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchang turlari Khawia sinensis, Botryocephalus gowkongensis, baliq jabrasida parazitlik qiluvchi Cryptobia branchialis eshkakoyoqli paraziti kabilar keng tarqalgan. Albatta, baliqlarni yangi suv havzalariga ko’chirishda, yangi joyga iqlimlashtirishda keltirilayotgan baliqlar ustida qat’iy ravishda ixtiopatologik tekshirish nazorati o’rnatilishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |