Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


Baliqlarning parazitlar bilan mavsumga bog’liq holatda zarralanishi



Download 210 Kb.
bet9/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Baliqlarning parazitlar bilan mavsumga bog’liq holatda zarralanishi. Baliqlarning parazitlar bilan zararlanish darajasi yil mavsumlariga xam sezilarli darajada bog’liq hisoblanadi. Yilning turli xil mavsumlari davomida baliqlarga tashqi muhit sharoitlarining ta’siri o’zgaradi. Bu o’zgarishlar bevosita baliqlar tanasining teri qatlamida, jabrasida va shuningdek ichki organlarida mavjud bo’lgan parazitlarga xam sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Birinchi navbatda, baliqlar yashash muhitining harorat o’zgarishlari parazitlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu ko’rinishda, masalan eshkakoyoqli Costia va so’rg’ichli Dactylogyrus vastator parazitlari asosan yilning issiq mavsumida nisbatan faol bo’lishi kuzatiladi. Bu sharoitda kostiya ko’ndalang bo’linish usulida ko’payadi. Haroratning pasayishi bilan parazitning bo’linish jadalligi darajasi susayadi, keyin esa ularning ko’payish jarayoni butunlay to’xtaydi. Parazitlar xivchinlarini tashlab, tsista bosqichiga o’tadi. Yilning qish mavsumida suv havzalarida haroratning nisbatan sezilarli darajada pasayishi sharoitida kostiya parazitining katta qismi tsista holatida kuzatiladi. Dactylogyrus vastator suv haroratining nisbatan ko’tarilishi sharoitlarida (25-30oS) jadal tarzda harakatlanadi va ko’p miqdorda tuxum qo’yadi. Harorat pasayishi bilan ularning tuxum qo’yish faolligi susayadi va asta – sekin ularning miqdori kamayadi. Ushbu parazitlarning lichinkalari yilning qish mavsumida juda sekin rivojlanadi va baliqlar tanasida xam o’z navbatida bu mavsumda so’rg’ichlilar soni kamayishi qayd qilinadi. Biroq, barcha parazitlarga haroratning pasayishi bir xilda susaytiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi. Ushbu ko’rinishda, masalan Gyrodactylus avlodiga mansub parazitlar aksincha, qish mavsumida karp baliqlarini kuchli darajada zararlashi kuzatiladi, ularning ko’payishi va rivojlanishi sovuq harorat ta’sirida sezilarli darajada susaymasligi aniqlangan. Xilodonella infuzoriyasi (Chilodonella) xam qish mavsumida bo’linish yo’li bilan jadal tarzda ko’payish xususiyatini saqlab qoladi. Baliqlarning parazitlar bilan yil mavsumlariga bog’liq holatda zararlanish darajasi qiymatiga harorat o’zgarishlaridan tashqari yil davomida baliqlar ozuqasi tarkibidagi o’zgarishlar xam katta ta’sir ko’rsatadi. CHunki suv havzalarida harorat o’zgarishlariga bog’liq holatda plankton va bentosning tarkibiy xususiyatlari o’zgarishga uchraydi. Baliqlarning yilning turli mavsumlarida parazitlar bilan zararlanish darajasidagi o’zgarishlar ushbu holat bilan xam izohlanishi mumkin. SHuningdek, baliqlarning parazitlar bilan yilning turli xil mavsumlarida zararlanish darajasi parazitlarning yil davomida tsiklik tarzda rivojlanish jarayonlari bilan xam bog’liq hisoblanadi. Ushbu ko’rinishda, bunodera so’rg’ichlisi okun, sudak, yorsh baliqlari ichagida iyul oyining oxiridan navbatdagi yilning iyun oyi boshlarigacha mavjud bo’lishi qayd qilinadi. Iyun va iyul oyining ko’p qismida baliqlar bu turdagi parazitlardan holi hisoblanadi. Baliqlarning yil mavsumlariga bog’liq holatda parazitlar bilan zararlanish darajasi shuningdek, ularning migratsiyasi (ko’chishi) bilan bog’liq holatda izohlanadi. Baliqlarning mavsumiy migratsiyasi davomida ularning ayrim holatlarda dengiz suvidan chuchuk suv sharoitlariga o’tishi qayd qilinadi. Bu ko’rinishdagi tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishlari bevosita baliqlarning parazitlar bilan kasallanish darajasiga keskin ta’sir ko’rsatishi, tabiiy hol hisoblanadi. V.A.Dogel va G.K.Petrushevskiy (1935) tomonidan amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida semga balig’ining migratsiyasi davomida dengiz suvida baliqlarning ektoparazitlardan tozalanishi kuzatilib, biroq ular bu sharoitda endoparazitlarni yuqtirishi qayd qilingan.


Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish